Mikrodarajada transaktsiya xarajatlari – bu korxonada ishlab chiqarish
jarayoni bilan bog’liq bo’lmagan xarajatlar hisoblanadi.
31
Transformatsiya xarajatlari – bu eski institutlarni tugatish, iqtisodiy tizimda
yangi institutlarni shakllantirish (yoki import qilish) va moslashtirish bilan bog’liq
xarajatlar.
MAVZUGA DOIR AMALIY MISOLLAR VA KEYSLAR:
Muammo hammaga ma’lum usullar orqali yechilishi mumkin deb o’ylama! 1–misol. Odatda o’qituvchi talabalarga nisbatan qo’yadigan talablar empatiya (birga qayg’urish) normalariga misol bo’ladimi? a) ha;
b) yo’q.
Javob: b), chunki o’qituvchi uning o’zi ham qachonlardir talaba
bo’lganligi, unga ham bir yo’la barcha fanlar bo’yicha tayyorgarlik ko’rish
to’g’ri zarur bo’lganligi, uning qiziqishlari X fan, xususan, umuman o’quv
dasturi bilan cheklanmaganligi haqida unutib qo’yadi.
2–misol. Qanaqa transaktsiya xarajatlari iqtisodiyotda kelishuvlar nazariyasi nuqtai nazaridan o’ta katta? a) axborotni qidirish;
b) monitoring va opportunizmning oldini olish;
v) o’lchash;
g) muzokaralar olib borish;
d) shartnoma tuzish.
Javob: a) va
b), kelishuvlar nazariyasi transaktsiya xarajatlari o’sishining
asosiy omili sifatida iqtisodiy muhitning bir xil emasligiga e’tiborni qaratadi.
Iqtisodiyotda kelishuvlar nisbati o’ta beqaror, bu iqtisodiy agentlarga umumiy
qabul qilingan “o’yinlar qoidalari” asosida harakat qilishga halaqit beradi.
Bunday sharoitda axborotni qidirish xarajatlari (axborotning yakuniy manbai
mavjud emas) va monitoring xarajatlari o’ta yuqori, chunki axborotning
32
asimmetrikligi va umumiy qabul qilingan “o’yinlar qoidalari”ning mavjud
emasligi opportunistik xatti-harakat uchun zamin hozirlaydi.