59
Xususiy mulkchilik
– individning jamoaviy xo’jalik faoliyatidan ajralib
chiqishini o’zida namoyon etadi.
Xususiy tadbirkorlik
– bu fuqarolar (alohida fuqarolar) tomonidan
o’zlarining tavakkalchiliklari va
mulkiy javobgarliklari ostida, shaxsiy daromad
(foyda) olish maqsadida amaldagi qonunchilik doirasida
amalga oshiriladigan
tashabbuskor xo’jalik faoliyatidir.
Shaxsiy mulk
– shaxs hamda xo’jalik munosabatlarining boshqa sub’ektlari
o’rtasida shaxsiy ne’matlarni o’zlashtirish borasida yuzaga keladigan
munosabatlarning ijtimoiy shakli.
MAVZUGA DOIR AMALIY MASHQLAR VA KEYSLAR:
Muammo hammaga ma’lum usullar orqali yechilishi mumkin deb
o’ylama!
1–misol. Siz – oldindan to’lash sharti bilan tovar partiyasini xarid
qilmoqchi bo’layotgan korxona menejerisiz. Siz (barcha talabnomalarda tovar
narxi va sifatining taxminan bir xil nisbati taklif etilayotganligini hisobga olgan
holda) kimning sotish uchun talabnomasini afzal ko’rgan bo’lardingiz?
a) davlat korxonasi;
b) MCHJ;
v) OAJ;
g) to’liq shirkat;
d) qo’shimcha mas’uliyatli jamiyat;
e) ishlab chiqarish kooperativi.
Javob: g)
aynan to’liq shirkat doirasida shartnomaviy
majburiyatlarni
ijro etishga rag’batlantiruvchi omillar eng yuqori: garov sifatida
muassislarning mol-mulki ham, ularning shaxsiy nufuzi ham ishtirok etadi.
Dostları ilə paylaş: