Berkinov b. B., Yakubov I. O., Sunnatov m. N. Institutsional iqtisodiyot


–misol. Biznesni tashkil etish aktsiyadorlik shaklining mutlaq afzalligi



Yüklə 2,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/128
tarix21.10.2023
ölçüsü2,14 Mb.
#158626
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   128
Institutsional iqtisodiyot (2)

2–misol. Biznesni tashkil etish aktsiyadorlik shaklining mutlaq afzalligi 
to’g’risidagi fikr to’g’rimi? 
a) ha; 


60 
b) yo’q. 
Javob: b), 
biznesni tashkil etish u yoki bu shaklining afzalligihamma vaqt 
nisbiy bo’lib, biznesning tavsiflariga va taqqoslash mezonlariga, masalan, 
boshqa tashkiliy muqobil variantlar doirasida transaktsiya xarajatlarining 
miqdoriga bog’liq. 
3–misol. Ro’yxatdan davlatning subinstitutlarini tanlang (ya’ni 
davlat bajaradigan funktsiyalarni bajarishga qodir bo’lgan tashkiliy 
tuzilmalar):
a) tadbirkor; 
b) aktsiyadorlik jamiyati; 
v) klan (oilaviy-qarindoshchilik aloqalariga asoslangan tuzilma); 
g) universitet. 
Javob: g),
ishonchni xususiy qozonishga yo’naltirilgan tashkilotlar 
davlatning 
substitutlari 
hisoblanadi. 
Ushbu 
tuzilmalar 
doirasida 
munosabatlarni gavdalantirish axborot almashishning narxdan boshqa 
kanallaridan, masalan, shaxsiy nufuzdan foydalanish imkonini beradi. 
SHuningdek, shaxsiy nufuz shartnomalar bajarilishining kafolati rolini ham 
o’ynashi mumkin. 
KEYSLAR 
Ishbilarmonlik tarmoqlarining shakllanishi

Ishbilarmonlik tarmoqlarining shakllanishiga ishbilarmonlik madaniyati 
katta ta’sir ko’rsatadi. Masalan, Yaponiya, Singapur, Janubiy Koreya va Tay-
vanning oilalar, davlat tuzilmalari, mintaqaviy hamjamiyatlar bilan uzviy bog’lanib 
ketgan tarmoq bizneslari G’arb kompaniyalariga ichki va xalqaro bozorlarda jiddiy 
raqobat ko’rsatishga qodir. Sharq bilan raqiblik ham, hamkorlik ham G’arb 
kompaniyalarini huddi yapon keyretsulariga o’xshash «keyretsu»ni tashkil qilgan 
holda Sharq keyretsulari tuzilmasiga taqlid qilishga majbur etdi. Norasmiy 
kelishuvga tayangan holda bunday tarmoqlar sa’y-harakatlarni samarali 
muvofiqlashtiradi va bozorning katta qismini nazorat qiladi. Munosabatlarni saqlab 
turishga yo’naltirilgan Sharq ishbilarmonlik madaniyati yangi sharoitlarda 


61 
ko’pincha vazifaga yo’naltirilgan AQSH ishbilarmonlik madaniyatiga qaraganda 
raqobatbardosh 
hisoblanadi. 
O’zbekiston 
ishbilarmonlik 
madaniyatini 
munosabatlarni saqlab turishga yo’naltirish, shuningdek, mamlakat iqtisodiyotining 
o’ziga xos xususiyati O’zbekistonda bunday norasmiy aloqalarni rivojlanishning 
muhim shartiga aylantiradi. 
Savollar: 
Vertikal va gorizontal keyretsularni quyidagi parametrlar bo’yicha 
taqqoslang: 
-axborot oqimlari; 
-tovarlar va xizmatlar oqimlari;
-nufuzni shakllantirish
.
Madaniy 
o’ziga 
xos 
xususiyatlar 
ishbilarmonlik 
tarmoqlarining 
shakllanishiga qanday ta’sir ko’rsatadi


Yüklə 2,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin