Tsentriola
1875 yilda Flemming,1876 yilda Beneden tomonidan topilgan. Hayvon hujayralari uchun xos
bwlib, yuksak wsimliklar, tuban zamburug`larda va ba`zi sodda organizmlarda uchramaydi.
Bwlinayotgan hujayralarda bwlinish dukini xosil qilishda ishtirok etadi.
Tsentriolani xosil qilishda aylana bwylab joylashgan mikronaychalarning 9 ta tripleti
ishtirok etadi. Tripletning 1 chi mikronaychasi(A) 13 subbirliklardan tuzilgan. 2chi va 3 chi
mikronaychalar (V S) A mikronaychadan twliqmasligi bilan ajralib 11
globulyar birlikdan
tuz. Amikronaychaning 2 ta qwlchasi bwlib uning biri qwshni tripletning S mikronaychasiga
2 chisi markazga ywnalgan. Tsentriolaning markaziy qismida g`ildirakning vtulkasiga
wxshash tuzilma bwlib undan 9 ta spitsa chiqadi va A mikronaychalarga ywnalgan bwladi.
Tsentriolalarning mikronaychalari sistemasini 27+0 deb ifodalanadi ya`ni
markazda
mikronaychalar ywq.
Interfaza hujayralarida 2 ta yonma-yon joylashgan tsentriolalar bwlib ular diplosoma
deyiladi. Ularning biri ona 2 chisi qiz tsentriola.
Har tsentriola atrofida matriksi tsentrosfera joylashadi.
Hujayralar mitotik bwlinishga wtganda tsentriolalarning kwpayishi kuzatiladi. Bunda
diplosomada tsentriolalar bir-biridan uzoqlashib har birining
yonida yangisi xosil
bwladi.Natijada bwlinishga kelib hujayrada 2 ta diplosoma ya`ni 4 ta tsentriola yuzaga keladi.
Kwpayish jarayoni quyidagicha amalga oshadi: Ona tsengtriolaning matriksi yaqinida
unga perpendikulyar ravishda yangi tsentriolaning kichik bwlagi xosil bwladi. 1 chi bwlib A
mikronaychalar swng V va S mikronaychalar xosil bwladi. Shu ywl bilan kalta protsentriol
xosilbwlib u wsib kattalashadi.
Tsentriolalar soning ortishi duplikatsiya deyiladi.
Tsentriolalar mitoxondriya va plastidalar singari wzini wzi reduplikatsiyalovchi
tuzilmalarga kiradi.
Taxmin qilinishicha tsentiolalar bwlinish duki iplarini xos.bwlishini regulyatsiyalaydi.
Lekin bwlinish duki tsentriolalari ywq hujayralarda ham xosil bwladiku. Taxmin qilinishicha
tsentriolalar mikronaychalar xosil bwlishida tubulin oqsili polimerizatsiyasida tashkilotchilik
vazifasini bajaradi.
Mitoz vaqtida ona tsentriola aktivlashib uni
wrab turgan tsentrosferada
mikronaychalar
xosil bwladi, tsentriolaning mikronaychalari bu jarayonda ishtirok etmaydi.
Tsentriolaning boshqa vazifasi bazal tanachalar kwrinishida kiprikcha va xivchinlarni
xosil qilishida ishtirok etishi.
Dostları ilə paylaş: