Tsitoplazma mikronaychalari.
Deyarli barcha eukariot hujayralar gialoplazmasida uzun
erkin mikronaychalar uchraydi. Kwp miqdorda ular wz shaklini wzgartiruvchi hujayralarda
bwladi. Bular ham tubulindan tarkib topgan.
Bu mikronaychalarning asosiy funktsional vazifasi hujayra shaklini ushlab turuvchi
elastik va mustaxkam ichki skeletni xosil qilish.
Undan tashqari bu mikronaychalar hujayraning wsishida ishtirok etadi. Wsimlik
hujayralarida vakuolning kattalashishi hisobiga hujayraning xajmi ortganda mikronaychalar
kwplab tsitoplazmaning periferik qismida yig`iladilar va hujayra devorini mustaxkamlaydilar.
Mikronaychalar hujayra ichida turli komponentlarining xarakatini ta`minlaydilar. Ular
bir tomonga ywnalgan oqimni (tsikloz) yuzaga keltirib molekulalar xarakatiga yordam
beradilar.
Tsitoplazmaning fibrillyar tuzilmalari.
Bularga ipsimon tuzilishga ega bwlgan
mikrofibrillalar (10nm) mikrofilamentlar (6nm) kiradi.
Mikrofibrillar hayvon hujayralari uchu xos, oqsildan tuzilgan. Epiteliy hujayralarida
mikrofibrillar plazmatik membrana yaqinida bwlib desmosomalar tarkibiga kiradi. Bular ham
tayanch vazifasini bajaradi.
Mikrofilamentlar. Plazmatik membrananing ostidagi kortikal qatlamda uchraydi.
Amyobalarning psevdopodiyalarida, ichak epiteliysi mikrovorsinkalarida, wsimlik hujayrasi
tsitoplazmasi oqimida uchraydi. Mikrofilamentlar hujayrada xarakat yuzaga keladigan
qismida uchraydi ,ular tarkibida mushak tolalarida uchraydigan oqsillar: aktin, miozin,
torpomiozinlar topilgan.
Tsentriolyar tsikl.
Hujayra tsikli davomida tsentriolalarning aktivligi wzgarib turadi. Mitoz vaqtida xujayra
markazlarida 2 tadan diplosomalar joylashib ularning biri ona ikkinchisi qiz tsentriol. Qiz
tsentriol uchi ona tsentriolga qaragan bwladi. Ona tsentriol mitozning xamma fazasida
maxsus ingichka fibrillalar zonasi bilan – tsentriolyar fibriollyar galo bilan wralgan bwladi.
Bu galodan mikronay chalar chiqadi. Qiz tsentriolda galo xam mikronaychalar xam
bwlmaydi. Bwlinish dukini xosil qilishda asosan ona tsentrioladan chiqqan mikronaychalar
ishtirok etadi. Yangi mikronaychalar tsentriolalarning wzidan emas ularning galo qismidan
wsib chiqadi. tsentriolalar bu mikronaychalarni polimerizatsiyasida ishtirok etadi.
Telofazani oxirida bwlinish dukining buzilishi kuzatiladi. 2ta tsentriol wzaro
perpendikulyarligini ywqotib birg`biridan biroz uzoqlashadi. Ona tsentriola atrofida
mikronaychalar kuzatilmaydi. Interfaza davrida ona tsentriol atrofida satellit deb ataluvchi
wsimtalar xosil bwlib ulardan mikronaychalar wsa boshlaydi. Bular tsitoplazma
mikronaychalari. Mikronaychalar wsgan sari tsentrioladan uzoqlashib u bilan aloqasi uziladi,
uning wrnida yana yangilari xosil bwladi, eskilari parchalanadi- shunday qilib xujayrada
mikronaychalarning xosil bwlish konveyri yuzaga keladi.
Hujayraning keyingi bwlinishiga tayyorgarchilik kwrganda ikkala endi ona
tsentriolalar atrofida satellitlar ywqolib fibrillyar galolar paydo bwladi va ikkala tsentriolalar
atrofida mikronaychalar wsa boshlaydi.
Bwlinmayotgan xujayralarda tsentriolalar tsitoplazma mikronaychalarini va
kiprikchalar mikronaychalarini xosil qiladi.
|