mikronaychadan markazga qarab bog`lamcha chiqqan bwlib u markazdagi mikronaychalarni
wrab turgan tuzilmaga ywnalgan.
BT va aksonema bir-biri bilan bog`langan bwlib, bazal tanacha tripletining A va V
mikronaychalari wz davomini aksonema dupletidagi A va V mikronaychalarda topadi.
Kiprikcha va xivchinlar asosida kwpincha ildizchalar
yoki kinetodesmalar
uchrab,ingichka fibrill tolalari tutamidan iborat bwladi.Kinetodesmalar bazal tanachadan wtib
tsitoplazmaning quyi qatlamigacha yadrogacha wsib kiradi uning vazifasi xali aniqlanmagan.
Tsentriolalar va bazal tanachalar wrtasidagi bunday wxshashliklar ular kelib
chiqishining gomologikligi twg`risidagi fikrni keltirib chiqaradi.
Bu taxminlarga asosan tsentriolalar ham bwlinish mikronaychalarini ham kiprikcha va
xivchinlarni xosil qilishda ishtirok etadi. Bular wrtasidagi wxshashliklar
faqat morfologik
jixatdan emas balki kwpayish xususiyatlari jixatidan ham bir xil. Bazal tanachalar oldida
protsentriolaga wxshash tuzilma yuzaga kelib kattalashishi kuzatilgan.
Xulosa qilib aytish mumkinki kiprikchalar tsentriolaning aktivlashib aksonemani
wstirishi va natijada wzi
shu kiprikchaning bazal tanachasiga aylanishi natijasida xosil bwladi.
Dostları ilə paylaş: