95
Moliyaviy hisobotga tushuntirish (hisobotni izohlash).
Biror bir
korporatsiya o‘z moliyaviy
hisobotini chop etar ekan, unga albatta tushun-tirish
xatini ilova qiladi. Bu tushuntirish xatida u qo‘llagan usullar va o‘zining moliyaviy
ahvoli to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumotlar o‘z ifodasini topadi. Ba’zida esa, bu
tushuntirish xatida kompaniyaning haqiqiy moliya-viy ahvoli to‘g‘risida
ma’lumotlar hisobotdagiga nisbatan ko‘proq va kengroq bo‘ladi. Ularda, odatda,
quyidagi ma’lumotlar keltiriladi:
1. Kompaniyaning qanday hisob usullaridan foydalangani ko‘rsatiladi.
Modomiki, firmalarga ba’zi xarajat turlari
75
bo‘yicha hisobotlarni tuzishda ma’lum
erkinlik berilgan ekan, u holda hisobotlarga ilova qili-nadigan tushuntirishda ushbu
usullardan qaysi biridan foydalanilgani ko‘rsatiladi.
Bundan tashqari, hisob
standartlari doimo o‘zgarib turishga moyil ekan, kompaniya tushuntirish xatlarida
hisobot yilidan oldingi yilning asosiy natijalari bo‘yicha yangi standartlarga rioya
qilgan holda hisob beradi.
2. Ba’zi aktivlar va majburiyatlarga batafsil tavsif beriladi.
Tushuntirish
xatida uzoq muddatli va qisqa muddatli qarzdorliklar,
ijara haqi va shu kabi
to‘lovlarni to‘lash shartlari va muddatlari batafsil bayon etiladi.
3. Firma aksiyadorlik kapitali tuzilmasi to‘g‘risida ma’lumot.
Tushuntirish
xatida aksiyalarga egalik qilish shartlari bayon etiladi. Mazkur firma boshqa
kompaniya tomonidan “yutib yuborilishi” xavfini baholashda mazkur ma’lumot
ayniqsa foydali hisoblanadi.
4. Asosiy operatsiyalar to‘g‘risida ma’lumotlar.
Agar kompaniya boshqa
kompaniyani sotib oladigan bo‘lsa (yoki sotib olinsa), yoki unga oldin qo‘shilgan
firmani ajratib chiqarsa (yoki o‘zi ajratilsa), uning
moliyaviy ahvoli keskin
o‘zgaradi. Moliyaviy hisobotga tushuntirish xatida bunday operatsiya oqibatlari
batafsil bayon etiladi.
5.
Balansdan tashqari hisob-varaqlar.
Tushuntirish xatida ko‘pincha firma
imzolagan, lekin
balansda aks ettirilmagan, ammo kompaniyaning moliyaviy
holatiga katta ta’sir ko‘rsatadigan moliyaviy shartnomalar bayon etiladi. Masalan,
hosilaviy instrumentlar bo‘yicha shartnomalar,
xususan forvard shartnomalar,
svoplar va opsionlar ana shular jumlasidandir. Ular, odatda, turli moliyaviy
shartnomalar bo‘yicha risk darajasini kamay-tirishga xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: