97
oshishiga ko‘p jihatdan ta’sir qiladi va ular moliyaviy qaror qabul qilishda
e’tiborga olinishi kerak.
Buxgalterlar o‘z firmasi balansiga ba’zi nomoddiy aktivlarni kiritadilar.
Ammo bu narsa ularning bozor qiymati (bahosi) bo‘yicha amalga oshirilmaydi.
Masalan, firma boshqa firmadan patent sotib olsa, patent qiymati (bahosi) balans
aktivining tegishli qismida aks ettiriladi va unga
amortizatsiya ajratmalari
(chegirmalari) hisoblanadi. Bundan
tashqari, kompaniya boshqa kompaniyani
uning balans qiymati (bahosi)dan qimmat (yuqori) bahoda sotib olsa, buxgalter
sotib oluvchi firma balansiga nomoddiy aktivni qo‘shadi.
Bu aktiv
gudvil
yoki
firmaning ishbilarmon sifatida obro‘si
(goodwill) deb ataladi. Firmaning
ishbilarmon sifatida obro‘si – bu u sotib olingan bozor qiymati (bahosi) va uning
balans qiymati (bahosi) o‘rtasidagi farqdan iboratdir. Ammo, yuqorida tilga
olingan, buxgalteriya balansida aks ettiriladigan nomoddiy aktivlardan farqli
o‘laroq, ko‘plab boshqa aktivlar borki, ular buxgalteriya balansida qayd etilmaydi.
Bundan tashqari, buxgalteriya balanslarida firma uchun iqtisodiy ahamiyatga
ega bo‘lgan uning ko‘plab majburiyatlari aks ettirilmaydi. Masalan, balansda firma
sud jarayonida javobgar sifatida qatnashayotgani o‘z ifodasini topmaydi. Bunday
shartli majburiyatlarning mavjudligi va ularning hajmi, nari borsa,
moliyaviy
hisobotga ilovada ko‘rsatiladi.
Keling, endi moliyaviy qarorlar qabul qilish jarayonida baho (qiymat)larning
qaysi biri inobatga olinishi kerakligini ko‘rib chiqamiz – bozor bahosi (qiymati)mi
yoki balans bahosi (qiymati)? Deyarli barcha hollarda bozor bahosi (qiymati)
hisobga olinadi. Masalan, faraz qilaylik, “Alfa” kompaniyasi bundan uch yil avval
39,0 mln. so‘mga kompyuterlar uchun sistema bloki korpuslari ishlab chiqaradigan
uskuna sotib oldi va bugungi kunga kelib, ushbu uskunaning balansi qiymati
(bahosi) uch yillik amortizatsiyani inobatga olganda 26,0 mln so‘mga teng. Ammo,
zamonaviy ishlab chiqarish jarayonida yuz berayotgan kompyuter korpuslari ishlab
chiqarish texnologiyasidagi o‘zgarishlar sababli ushbu uskunaning bozor qiymati
(bahosi) 12,0 mln so‘mdan oshmaydi.
Endi faraz qiling, Siz eski uskunani zamonaviy
uskunaga almashtirish
to‘g‘risida qaror qabul qilishingiz kerak. Xo‘sh, bunda taqqoslash uchun qaysi
qiymat (baho)ni inobatga olish kerak? Agar soliq to‘lash masalasini hisobga
olmasak, bizga iqtisodiy nazariyaning asosiy prinsiplaridan ma’lumki, aktivlarning
haqiqiy qiymati (bahosi)ni hammadan aniq ulardan foydalanishning eng yaxshi
muqobil varianti ko‘rsatib beradi. Ayonki, ushbu muqobil qiymat (baho) balansda
ko‘rsatilgan qiymat (baho)ga nisbatan uskunaning bozor qiymati (bahosi)ga (12,0
mln so‘m.) eng yaqin qiymat (baho)dir.
Boshqa bir misol. Bu safar pech ishlab chiqarish uchun mis tovar-moddiy
zaxiralari bilan bog‘liq vaziyatni ko‘rib chiqamiz.
Aytaylik, yil boshda Siz mis
uchun 29,0 mln.so‘m to‘ladingiz. Ammo bugungi kunga kelib, uning bozor
qiymati (bahosi) 60,0 mln. so‘mgacha ko‘tarildi. Navbatdagi ishlab chiqarish
qarorini qabul qilishda ushbu ko‘rsatkichlarning qaysi biriga asoslanish to‘g‘ri
bo‘ladi? Bu holda ham dastlabki narx (29,0 mln. so‘m) e’tiborga olinmaydi. Bu
paytga kelib Siz misni sotib yuborgan bo‘lishingiz mumkin.
Yangi partiyani esa
98
faqat 60,0 mln. so‘mga sotib olsangiz bo‘ladi. Shunday qilib, sotib olingan metalni
ishlatar ekansiz, aslida Siz ishlab chiqa-rishda haqiqiy bahosi 60,0 mln.so‘m
bo‘lgan resursni sarflaysiz.
Vaziyatga qarab, bozor qiymati (bahosi) va balans qiymati (bahosi)
o‘rtasidagi farq juda katta bo‘lishi mumkin. Masalan, agar so‘z pul mablag‘lari
to‘g‘risida ketsa, farq deyarli bo‘lmaydi. Asosiy vositalar, ya’ni zavod inshootlari
va uskunalari to‘g‘risida ketganda esa, farq juda katta bo‘lishi mumkin. Aslida
shunday bo‘ladi ham. Demak, aktivlarning bozor va balans qiymati (bahosi)
o‘rtasidagi farq to‘g‘ridan-to‘g‘ri aktivlar turiga bog‘liq va moliyaviy qaror qabul
qilish jarayonida, mumkin bo‘lsa, ularning aynan bozor qiymati (bahosi)ni
inobatga olish kerak.
Shuni alohida qayd etish kerakki, so‘nggi yillarda
buxgalterlar hisobotlarni
ko‘proq aktivlar va majburiyatlarning bozor qiymati (bahosi) asosida olib
bormoqdalar. Bu esa buxgalteriya ma’lumotlaridan moliyaviy qaror qabul qilishda
foydalanish
mumkinligidan
dalolat
beradi.
Shu
nuqtai-nazardan,
korporatsiyalarning pensiya fondlariga kirgan aktivlari bugungi kunda balanslarda
dastlabki sotib olingan qiymati (bahosi) bo‘yicha emas, balki o‘zining bozor
qiymati (bahosi) bo‘yicha aks ettirilishini aytishning o‘zi kifoya. Amaliyotda bozor
narxlarining joriy o‘zgarishini qayd qilish va ular asosida hisobot tuzish uchun
firmaning aktivlari va majburiyatlarini har kuni qayta baholash jarayoni
Dostları ilə paylaş: