Soploli changtutgichda changlangan gaz kurakli buragichlar bilan
burab, tepaga qarab harakatga keltiriladi va o‘z harakati yo'lida uchta
tangensial holda joylashgan soplodan kelayotgan
ikkilamchi gaz bilan
to ‘qnashadi. N atijada markazdan qochm a kuch ta ’sirida chang
zarrachalari chetga uloqtirilib, pastga qarab cho‘ka boshlaydi. Ikkilamchi
gaz spiral holdagi harakati tufayli tozalanayotgan gaz bilan to ‘liq
to ‘qnashadi. Tayanch shaybalar esa pastga tushayotgan chang
zarrachalari qaytadan tepaga ko‘tarilishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Quyunli changtutgichning kurakli turi soplolligidan shu bilan farq
qiladiki, u yerda tozalanayotgan gaz tashqarisidan
ikkilamchi gazni
ajratib olib, halqali kurakli moslama yordamida moslamaga beriladi.
Ikkilamchi gaz sifatida atmosfera havosi, tozalangan gazning bir
qismi yoki changlangan gazlar ishlatilishi mumkin.
Albatta iqtisodiy
nuqtayi nazardan changlangan gazlaming ishlatilishi maqsadga muvofiq.
Bunda jihozning quvvati 40—65 foizga ortadi, lekin tozalash
samaradorligi deyarli kamaymaydi. Xuddi
siklondagi kabi quyunli
jihozlarda ham uning diametri ortishi bilan samaradorligi kamayadi.
1000 m3 gazni quyunli changtutgich moslamada tozalash uchun
sarflanadigan energiya xarajatlari Kch quyidagi formula yordamida
aniqlanadi.
Kch= [(V '+ V ”)ARj+AR”V ”]l/V ’g
bu yerda:
V V0” — tozalanayotgan va ikkilamchi
gazlaming hajmiy
sarfi, m3/sek;
AR. — jihozning gidravlik qarshiligi, Pa;
AR — ikkilamchi gazning bosimi (soplo va jihozga kirishdagi
bosimlar farqi), Pa
Changtutgichda to ‘liq tutib qolinadigan chang zarrachalarining eng
kichik (kritik) diametri quyidagi formula bilan aniqlanadi:
Dostları ilə paylaş: