Global tendensiyalarni anglashning ahamiyati. Jahonda yuz berayotgan
o‘zgarishlarning ba’zi bir tendensiyalari olimlar va faylasuflar diqqat markazidan bu
o‘zgarishlar barchaga ravshan bo‘lishidan oldinroq o‘rin oldi. Masalan, ijtimoiy
rivojlanishga turli sivilizatsiyalarning oldinma-ketin almashishi sifatida qaragan
ingliz tarixchisi A.Toynbi (1889-1975) kompyuter inqilobidan ancha oldin «XX
asrda umumjahon tarixi boshlandi» degan xulosaga keldi. SHu tariqa tub
o‘zgarishlar nafaqat jamiyat qurilishi negizlarida, balki dunyo miqyosida yuz
berayotgan ijtimoiy jarayonlarning asosiy tendensiyalarida ham aks etgani ta’kidlandi.
Hozirgi zamon nemis falsafasining atoqli namoyandasi K.YAspers (1883-1969) bu
xususda yanada aniqroq fikr bildirdi. U 1948 yilda e’lon qilgan «Tarix ko‘rtaklari va
uning maqsadi» asarida, jumladan, shunday deb yozadi: «Ilk bor olamshumul
ahamiyat kasb etgan bizning tarixan yangi sharoitimiz Erda odamlarning real
birligidan iboratdir. Zamonaviy aloqa vositalarining texnik imkoniyatlari sharofati
bilan sayyoramiz insonga to‘la ochiq bo‘lgan yagona yaxlitlikka aylandi»
3
.
Bu, yuqorida ko‘rsatib o‘tilganidek, tarixiy o‘lchovlarga ko‘ra jadal sur’atlarda
emas, balki misli ko‘rilmagan shitob bilan yuz berdi. Bunda dunyoning yagonaligi
tarixiy taraqqiyotni belgilovchi muhim omilga aylandi. Ikkinchi jahon urushi jahon
hamjamiyatining parokandaligiga uzil-kesil chek qo‘ydi. Urush tugagani zahoti
K.YAspers «SHu davrdan e’tiboran yaxlit bir butunning yagona tarixi sifatidagi jahon
tarixi boshlanadi, - deb qayd etdi. Endi butun dunyo asosiy muammo va vazifaga
aylandi. SHu tariqa tarixning butunlay o‘zgarishi yuz beradi. Dunyo mamlakatlari
va xalqlari tutashdi. Er kurrasi yaxlit va yagona tus oldi. YAngi xavflar va
imkoniyatlar paydo bo‘lmoqda. Barcha muhim muammolar dunyo miqyosidagi
muammolarga, vaziyat – butun insoniyat vaziyatiga aylandi»
4
.