8-Mavzu. Global jarayonlar va barqaror taraqqiyot Reja



Yüklə 415,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/25
tarix21.10.2023
ölçüsü415,27 Kb.
#159349
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   25
61916 (1)

Texnopessimizm
fan texnika yutuqlari insoniyatni boshi berk ko‘chaga olib
kiradi va pirovardda u halok bo‘ladi deb hisoblaydi. Ko‘rib chiqilayotgan
nazariyalarning ayrim tarafdorlari fan-texnika inqilobining salbiy oqibatlariga, 
xususan atrof muhitning ifloslanishi muammolariga ma’lum darajada e’tibor bergan 
bo‘lsalar-da, lekin, umuman olganda, ularning hech biri bundan 1980-yillarning
o‘rtalarigacha jiddiy tashvishga tushmadi. CHunki, fan-texnika taraqqiyoti hamma
narsaga qodir ekanligiga ishonch haddan tashqari katta edi. 
Ayni zamonda 1960-yillarning oxirlaridan ekologik qiyinchiliklardan tashqari 
aksariyat davlatlar va hatto qit’alarga tahdid solgan boshqa muammolar: aholining 
nazoratsiz o‘sishi, turli mamlakatlari jtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasining
notekisligi, xom ashyo resurslari va oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash va
boshqalar tobora bo‘rtibroq namoyon bo‘la boshladi. Tez orada ular fan va falsafa 
diqqat markazidan o‘rin olib, qizg‘in bahs va munozaralar predmetiga aylandi. 
Ko‘rsatilgan muammolarni falsafiy tahlil qilish borasidagi dastlabki
o‘rinishlarning o‘ziyoq texnokratik tendensiyalarga zid bo‘lgan, keyinchalik
«texnologik pessimizm» deb nomlangan qarashlarni namoyon etdi. «ekopessimizm»,
asosiy e’tibor inson faoliyatining salbiy oqibatlari va atrof muhit muammolariga
qaratilgan, ularni echish imkoniyatlari salbiy tusda ko‘rilgan holdir. 
Ko‘pgina taniqli olimlar va faylasuflar, xususan G.Markuze, T.Rozzak, P.Gudmen va
boshqalar o‘z o‘tmishdoshlarini shafqatsiz ssientizmda
8
, insonni fan va texnika
quliga aylantirishga o‘rinishda ayblab, fan-texnika taraqqiyotiga qarshi chiqdilar.
Fan-texnika taraqqiyotiga va umuman ijtimoiy taraqqiyotga qarshi norozilikning
yangi to‘lqini yuzaga kela boshladi. Bu to‘lqin ta’sirida paydo bo‘lgan g‘oyalar 
«aksiliste’mol» jamiyatini asoslashga harakat qilar va «o‘rtacha odam»ni ozginaga
qanoat qilish lozimligiga ishontirishga qaratilgan edi. Global muammolar paydo
bo‘lishining aybdorini topishga o‘rinish jarayonida asosiy ayb «zamonaviy
texnologiya»ga qo‘yildi. Nafaqat fan yutuqlari, balki taraqqiyot g‘oyasi ham
shubha ostiga olindi. O‘z davrida J.J.Russo ilgari surgan «tabiat bag‘riga qaytish»ga 
chorlovlar paydo bo‘ldi, iqtisodiy rivojlanishni erishilgan darajada «to‘xtatish» taklif 
qilindi. 

Yüklə 415,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin