8-Mavzu. Global jarayonlar va barqaror taraqqiyot Reja



Yüklə 415,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/25
tarix21.10.2023
ölçüsü415,27 Kb.
#159349
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   25
61916 (1)

Ta’lim muammosi.
Demografik portlash sabablari ta’lim muammosi bilan uzviy
bog‘liq. So‘nggi yillarda jahonda savodsizlar soni foiz hisobida kamaygan bo‘lsa,
mutlaq hisobda o‘sishda davom etmoqda. Bunda ma’lumotsiz odamlarning hayoti
amalda ko‘p bolalikni xurofiy aqidalar bilan oqlaydigan arxaik oilaviy an’analarga 
bo‘ysunadi. Pirovardda rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar o‘rtasidagi tafovut 
bu jihatdan ham ortishda davom etmoqda. Hozirgi vaqtda ajabtovur vaziyatni kuzatish
mumkin: savodxonlik mutlaq raqamlarda o‘sayotgan bir paytda, savodsizlar, ya’ni
o‘qish, yozish, oddiy arifmetik amallarni bajarishni bilmaydigan odamlar soni ham 
o‘sib bormoqda (Hindiston aholisining70%, Pokiston aholisining 60%, Afrika
mamlakatlari aholisining 80% savodsiz). 
SHu bilan bir qatorda aksariyat odamlarning ma’lumot darajasi yangi texnologiyalar
va kompyuter texnikasidan keng foydalanuvchi hozirgi jamiyatda to‘laqonli
yashash va mehnat qilish imkonini bermasligi bilan bog‘liq funksional savodsizlik 
ham o‘sib bormoqda. 
Bu muammoning boshqa bir jihati shundan iboratki, jahonning aksariyat
davlatlarida ta’lim olish imkoniyati barchaga teng darajada ta’minlanmagan bo‘lib,
bu ijtimoiy keskinlikning qo‘shimcha manbai hisoblanadi. SHuningdek hozirgi davrda 
ta’lim sifatini yaxshilash, uning mazmunini ijtimoiylashtirish masalasi ko‘ndalang 
bo‘lib turmoqda. SHuni alohida ta’kidlash lozimki ta’limning ijtimoiylashuvi o‘quv
jarayonida gumanitar fanlarning o‘quv soatlari yoki fanlar sonini ko‘paytirish emas 
balki, tabiiy ilmiy fanlar mazmunini gumanitarlashtirish, har qanday ilmiy
kashfiyotni inson manfaatlarini himoya qilishga yo‘naltirishi lozim. SHundagina
inson o‘z mavjudligini saqlab qolish imkoniyatiga ega bo‘ladi. SHu nuqtai
nazardan O‘zbekistonda 1997 yilda qabul qilingan “Kadrlar tayyorlash Milliy
dasturida” aynan shu maqsadlarni o‘zida ifodalaydi. Zero, insonning nafaqat bilim
olishi, balki kasbiy malakalarga ega bo‘lishi ijtimoiy savodsizlikni bartaraf
qilishning muhim omili hisoblanadi. 

Yüklə 415,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin