dasturi qabul qilindi. Bu dasturda har bir oilada farzand tug‘ilishini rejalashtirishning
ona va bola sog‘ligini asrashga yo‘naltirilgan sa’y-harakatlardan biri bo‘lishi bilan
bir qatorda, mamlakatda demografik portlashning oldini olish vazifasini bosqichma-
bosqich amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Bu borada barcha viloyatlarda, qishloq va
ovullarda reproduktiv salomatlik bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.
Mazkur muammo rivojlangan mamlakatlarda ham keskinlashdi, lekin bu erda uning
aks ko‘rinishiga duch kelish mumkin. Umr uzunligining va keksa odamlar
sonining o‘sishi jarayonida hatto aholining oddiy ko‘payishini ham ta’minlamaydigan
tug‘ilish darajasining pasayishi kuzatilmoqda. Ayni holda depopulyasiya, ya’ni
aholi sonining kamayishi to‘g‘risida so‘z yuritiladiki, (Rossiya aholisi o‘rtacha 54
yoshni tashki lqiladi) bu ham milliy manfaatlar, ijtimoiy dasturlarni amalga oshirish,
pensiya ta’minoti va shu kabilarga tegishli qo‘shimcha qiyinchiliklarni yuzaga
keltiradi. Rossiyadagi so‘nggi 20 yillikdagi demografik jarayonlar bunga yorqin
misol bo‘ladi. Biroq, keyingi besh yilda bu masalada ijobiy o‘zgarishlar kuzatilmoqda.
Jumladan aholi soni ortishi va o‘rtacha umrguzaronlik 4 yilga oshdi.
Dostları ilə paylaş: