Uchinchidan, bu muammolar dunyo rivojlanishining ob’ektiv omili hisoblanadi va
biron-bir mamlakat ularni e’tiborga olmasligi mumkin emas.
To‘rtinchidan, global muammolarning echilmagani kelajakda butun insoniyat va
uning yashash muhiti uchun jiddiy, balki tuzatib bo‘lmaydigan oqibatlarga olib kelishi
mumkin.
Qayd etilgan mezonlardan tashqari ba’zan global
muammolarning boshqa bir
qator xususiyatlari ham ko‘rsatiladi. Xususiy, mahalliy va mintaqaviy muammolardan
farqli o‘laroq, global muammolar nisbatan turg‘unroqdir. Ular globallikning
yuqorida sanab o‘tilgan barcha mezonlariga mos kelishdan
oldin zimdan va uzoq
shakllanadi, echilishiga qarab esa (nazariy jihatdan) quyiroq darajaga tushib, dunyo
miqyosida o‘z ahamiyatini yo‘qotishi mumkin. Ammo
tendensiyalarni teskari
yo‘nalishda o‘zgartirish kamida butun jahon hamjamiyatining izchil harakatlarini
talab etuvchi o‘ta og‘ir ish bo‘lib, hali bunga erishilganicha yo‘q. Global
muammolar mavjudligining nisbatan qisqa tarixiga
nafaqat ularning quyiroq
darajaga tushishi, balki susayish hollari ham ma’lum emasligining sababi ana
shundadir.
Global muammolarning boshqa bir muhim xususiyati –
ularning barchasi bir-
biriga shu darajada bog‘liqki, ulardan birini echish hech bo‘lmasa unga boshqa
muammolarning ta’sirini hisobga olishni nazarda tutadi.
Dostları ilə paylaş: