Global muammolarni echishda falsafaning roli.
Og‘ir va murakkab vazifalarni
echishda insonga fan doim yordam bergan. Bir paytlar erishib bo‘lmaydigan, inson
imkoniyatlari darajasidan tashqarida bo‘lib tuyulgan narsalarning aksariyatiga aynan
fan yordamida erishilgan. Ayni shu sababli global muammolar xavf solayotgani
haqidagi ilk ogohlantirishlarningo‘ziyoq odamlarni fanga o‘z e’tiborini qaratishga,
olimlarni esa bu muammolarni echish yo‘llarini izlashga majbur qildi.
YUzaga kelgan vaziyatning o‘ziga xosligi va yangiligi shundan iboratki, har qanday
muayyan muammolarni ayrim fan yoki bir necha fanlar majmui doirasida
o‘rganish mumkin bo‘lsa, inson, jamiyat va tabiatni ularning ko‘p sonli o‘zaro
aloqalari va o‘zaro bog‘liqliklarida qamrab oluvchi murakkab tizimdan iborat global
muammolarni tadqiq etishga ayrim fanlar qodir emas. Zero o‘z tadqiqoti ob’ekti – u
yoki bu ayrim muammoni boshqa global muammolar kontekstida talqin qilishga
muayyan fanlar doirasi torlik qiladi. SHu sababli u yoki bu fan qaysi muayyan
vazifalarni echishidan qat’iy nazar, ular bilan bog‘liq jarayonlar va hodisalarga,
ya’ni butun vaziyatga, shu jumladan oxir-oqibatda olingan natijalarga nisbatan
falsafiy yondashuv doimo tadqiqotning zaruriy sharti hisoblanadi.
Har qanday ayrim fanlar muayyan bosqichda o‘z tadqiqot predmetini falsafiy
jihatdan anglab etishga u yoki bu darajada muhtoj bo‘ladi. Muayyan fan
predmetigava insoniyat oldida turgan muammolarga nisbatan bunday keng
yondashuvsiz fundamental kashfiyotlar qilish ham, umuman fanning rivojlanishi
ham mumkin emas.
SHunday qilib, ayni holda, bir tomondan, masalalarning falsafiy echimi
to‘g‘risida, boshqa tomondan esa – falsafa fanlarning keng doirasi o‘zaro aloqa
qilishini rag‘batlantirishi, bunda ularning fanlararo birlashuvi muhim o‘rin tutishi
to‘g‘risida so‘z yuritiladi.
Garchi falsafa odamlarning kundalik hayoti va amaliyotidan ancha uzoqda
bo‘lgan haddan tashqari umumiy masalalarni o‘rganadi, degan fikr mavjud bo‘lsa-
da, u (falsafa) global muammolarni echishda muhim rol o‘ynaydi. Zero, umumiy
nazariyalar ba’zan bilimning aksariyat muayyan sohalariga qaraganda ko‘proq
samara berishi mumkinligi yaxshi ma’lum.
9
Печчеи А. Человеческие качества. – М.: 1980. – С.123, 124.
Albatta, falsafa siyosiy va boshqa qarorlar qabul qilish jarayoniga muqarrar
tarzda va bevosita ta’sir ko‘rsatadi, deb aytish uncha o‘rinli bo‘lmaydi. Zero,
uning bosh vazifasi dunyoqarashni shakllantirish va shutariqa amaliy qarorlar
ishlab chiqish jarayoniga bilvosita ta’sir ko‘rsatishdan iborat. Uning vazifasi global
muammolarning tabiiy-ilmiyva texnikaviy jihatlarini bevosita o‘rganishdan emas, balki
boshqa fanlar taklif qiladigan tegishli echimlarning falsafiy, metodologik, madaniy va
axloqiy negizini ta’minlashdan iborat.
Falsafiy tadqiqot muayyan fanlarning mazkur sohadagi yutuqlariga tayanib,
masalaning ayrim jihatlarini mavhumlashtiradi va global muammolarni ular bir-
birini qay darajada taqozo etishi nuqtai nazaridan o‘rganadi. Boshqacha aytganda,
falsafiy yondashuv global muammolarni ularning ijtimoiy ahamiyati va ijtimoiy
belgilanganligi nuqtai nazaridan yaxlit o‘rganishni nazarda tutadi. Bunday tadqiqot
avvalo global muammolarning mohiyatini aniqlashni nazarda tutadi, chunki ularning
asl tabiati va genezisini aniqlash bu muammolarning ilmiy va amaliy echimini
topish yo‘llarini ko‘p jihatdan belgilab beradi. Global muammolarni falsafiy anglab
etishning o‘ziga xos xususiyatlarini tavsiflar ekanmiz, falsafaning asosiy
funksiyalaridan kelib chiqadigan va bilishning shu shakligagina xos bo‘lgan
xususiyatlarni qayd etib o‘tamiz.
Birinchidan, falsafa, dunyoqarashni shakllantirar ekan, inson faoliyati yo‘nalishini
ko‘p jihatdan belgilaydigan muayyan mo‘ljallar beradi. SHu tariqa falsafa o‘zining
dunyoqarashni shakllantirish va aksiologik funksiyalarini bajaradi.
Ikkinchidan, turli fanlar doirasida o‘rganiladigan murakkab tizimlar haqida yaxlit
tasavvur mavjud emasligi bu fanlarning o‘zaro hamkorligi yo‘lida jiddiy to‘siq
hisoblanadi. SHu ma’noda falsafaningmazkur fan doirasida yuzaga keladigan
nazariyalarni umumlashtiruvchi metodologik funksiyasi ayniqsa muhim ahamiyat
kasb etadi, chunki ilmiy bilimning integratsiyalashuviga ko‘maklashadi.
Uchinchidan, falsafa ijtimoiy hodisalar va jarayonlarni tarixiy kontekstda
tushuntirish imkonini beradi. U jamiyat va tabiat rivojlanishining umumiy qonunlarini
ta’riflaydi va shu sababli global muammolarni o‘rganishda ularni ijtimoiy taraqqiyot
bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan qonuniy hodisa sifatida tushunishga yo‘l ko‘rsatadi.
SHunday qilib, global muammolarning paydo bo‘lishi tasodif yoki insoniyatni
halokatga oldindan mahkum etuvchi taqdirning hukmi sifatida emas, balki qarama-
qarshiliklarga to‘la insoniyat tarixi ob’ektiv rivojlanish jarayonining mahsuli sifatida
qaraladi.
To‘rtinchidan, falsafa global muammolar rivojlanishining umumiy tendensiyasini,
ularning o‘zaro aloqasi va bir-birini taqozo etish darajasini falsafiy nuqtai nazardan
anglab etish imkonini beradi.
Beshinchidan, falsafa nazariy fikrlash madaniyatini rivojlantirish uchun imkoniyat
yaratish orqali ma’naviy - madaniy funksiyani bajaradi. Turli xalqlarning falsafa
tarixini o‘rganish, ularning madaniyati bilan ham tanishish imkonini beradi. Muayyan
xalqlar oldida turgan muammolarning birortasini ham ularning madaniyatiga
bog‘lamasdan echish mumkin emas.
Oltinchidan, global muammolarga oid ilmiy axborotning shiddat bilan o‘sib
borayotgan oqimida yanada aniqroq mo‘ljal olish imkoniyati tabiiy-tarixiy jarayonni
yaxlit ko‘rish va uni talqin qilishga nisbatan dialektik yondashuv mahsuli hisoblanadi.
Ettinchidan, falsafa inson hayotining mazmuni, o‘lim va umrboqiylik masalalarini
kun tartibiga qo‘yadiki, bu insoniyatga global muammolar tahdid solayotgan
sharoitda ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi. Nihoyat, falsafaning yana bir muhim
metodologik funksiyasi shundan iboratki, u insoniyatning hozirgi muhim
muammolari bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan va bashariyat rivojlanishining ob’ektiv
tendensiyalarini tushunish va anglab etishda ulkan rol o‘ynaydigan «tabiat»,
«jamiyat», «sivilizatsiya», «ijtimoiy taraqqiyot», «fan-texnika inqilobi» kabi boshqa
kategoriyalarni ishlab chiqadi.
Hozirgi davrning global muammolarini o‘rganishga nisbatan falsafiy yondashuv
haqida muayyan tasavvur hosil qilgach, endi globallashuv jarayonlari kuchayishiga
qarab ahamiyati oshib borayotgan muammolarning o‘zini shu nuqtai nazardan ko‘rib
chiqamiz.
Dostları ilə paylaş: |