8-Mavzu. Global jarayonlar va barqaror taraqqiyot Reja



Yüklə 415,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/25
tarix21.10.2023
ölçüsü415,27 Kb.
#159349
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25
61916 (1)

Rim klubi.
YUqorida qayd etilgan qarashlardagi tub burilish asosan Rim klubi 
faoliyati ta’sirida yuz berdi. 1968 yil Rimda o‘zining birinchi majlisiga yig‘ilgan
olimlar, faylasuflar va jamoat arboblarining bu nufuzli xalqaro tashkiloti hozirgi 
davrning eng muhim umuminsoniy muammolari bo‘yicha ma’ruzalar tayyorlash va
e’lon qilishni o‘z oldiga vazifa qilib qo‘ydi. Bu tashkilotning 1972 yilda e’lon
qilingan «O‘sish chegaralari» deb nomlangan birinchi ma’ruzasiyoq juda katta
shov-shuvga sabab bo‘ldi, chunki insoniyat o‘zi anglamagan holda «poroxli bochka
ustida o‘tirib, gugurt o‘ynayotgani»ni ko‘rsatib berdi. Rim klubining asoschisi va 
birinchi prezidenti Aurelli Pechchei mazkur tadqiqotga yozgan so‘zboshisida shunday
deb qayd etgan edi: «Endilikda ona-Erimiz har qanday o‘sish sur’atlariga dosh 
6
Белл Д. Социальные рамки информационного общества / Новая технократическая волна на Западе. – М., 
1986. – С.342
7
Там же, – С.342
8
Сциентизм – (инглизча «science» - фан) – фаннинг жамият ҳаётидаги ролини мутлақлоштирувчи концепция


berishga, insonning har qanday erkaliklarini ko‘tarishga qodir ekanligiga sog‘lom 
fikrlaydigan odamlarning birortasi ham ishonmaydi. O‘sish chegaralari borligi 
ravshan, lekin ularning qandayligi va qaerdaligini hali aniqlash lozim»
9

Mazkur ma’ruza mualliflari shunday aniqlash bilan shug‘ullandilar. Olingan 
natijalarning muxtasar mazmuni shundan iborat ediki, sayyoramiz hajmining 
chegaralari muqarrar tarzda inson imkoniyatining chegaralariniham nazarda tutadi;
moddiy o‘sish cheksiz darajada davom etishi mumkin emas; ijtimoiy
rivojlanishning haqiqiy chegaralari moddiy omillar bilan emas, balki ekologik,
biologik va hatto madaniy omillar bilan belgilanadi. Ular jahon rivojlanishi asosiy
tendensiyalarining kompyuter modelini tuzib, mazkur tendensiyalar saqlangan holda
uchinchi ming yillik boshidayoq insoniyat voqealar ustidan nazoratni butunlay 
yo‘qotishi va natijada halokatga yuz tutishi mumkin, degan to‘xtamga keldilar.
Bundan ishlab chiqarishning o‘sishini to‘xtatish, tobora ko‘payib borayotgan aholi
sonini esa tegishli ijtimoiy siyosat yordamida barqarorlashtirish lozim, degan 
xulosaga kelindi. 
Ma’ruza jahonning ko‘plab tillariga o‘girildi va dunyo bo‘ylab keng tarqaldi,
ishlab chiqarishning o‘sishini to‘xtatish g‘oyasi tarafdorlari va muxoliflari o‘rtasida
qizg‘in bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi. So‘ngra navbatdagi ma’ruzalar majmui
(bugungi kunda ular yigirmatadan oshib ketdi) paydo bo‘ldi. Bu ma’ruzalar
umuminsoniy muammolarning ko‘pgina jihatlarini yoritib berdi va ularga nafaqat
olimlar va faylasuflar, balki siyosatchilar, jamoat arboblari, umuman jahon
hamjamiyati e’tiborini qaratdi. 

Yüklə 415,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin