So‘nggi o‘n yilliklarda vaziyat yana rivojlanayotgan mamlakatlar zarariga o‘zgara
boshladi. Rivojlangan mamlakatlarda jamiyat hayotining barcha jabhalariga va
iqtisodiyotga kompyuterlar va mikroelektronika jadal sur’atlarda joriy etila
boshladi. SHuningdek texnologiknovatsiyalar va yangi (yuksak) texnologiyalar roli
ham
sezilarli darajada oshdi, bu esa ishlab chiqarishga ma’lumotli, malakali ishchi
kuchini jalb qilishni taqozo etdi. SHu sababli iqtisodiy o‘zaro aloqalar va jahon
savdosi asosan iqtisodiy rivojlangan davlatlar o‘rtasidagi almashinuv hisobiga
amalga
oshirila boshladi, rivojlanayotgan mamlakatlar esa, agar ular ko‘p
miqdorda xom ashyo resurslariga ega bo‘lmasa, jahon bozoridan siqib chiqarildi.
Dostları ilə paylaş: