muammolarni butun dunyo bahamjihat hal qilishi lozimligi to‘g‘risida so‘z yuritar
ekanmiz, insoniyat nazariyada muayyan yutuqlarga va ba’zi bir amaliy natijalarga
erishgan holda, dunyo rivojlanishining salbiy jarayonlarini to‘xtatishga hali
muvaffaq bo‘lmaganini e’tibordan chetda qoldirishimiz mumkin emas. Xalqaro
kuchlarning muayyan darajada birlashuvi, ularning muvofiqlashtirilgan, izchil va eng
muhimi, samarali harakatlari ham hali mavjud emas. Nega shunday bo‘lyapti va
bunga nima xalaqit beryapti? Hozirgi rang-barang va ziddiyatlarga to‘la dunyoda
kelishilgan harakatlarni amalga oshirish mumkinmi? Agar mumkin bo‘lsa,
bunga
qanday asosda erishish mumkin? Bular bugungi kunda ijtimoiy tafakkur, shu
jumladan falsafa echishga harakat qilayotgan bosh masalalardir.
Tarixiy tajriba turli xalqlarning yaqinlashuvi ularning manfaatlari mos kelgan
joyda ayniqsa yaxshiroq yuz berishini ko‘rsatadi. O‘zaro manfaatdorlik turli
qiyinchiliklarni tez bartaraf etish, savdo-sotiqni faol rivojlantirish, iqtisodiy,
siyosiy va madaniy aloqalarni mustahkamlashga ko‘maklashadi.
Odatda bu yo‘lda engishga to‘g‘ri keladigan eng katta qiyinchiliklar eskicha
qarashlar, qotib qolgan fikrlash uslubi, an’analar bilan bog‘liq bo‘ladi. Ular
o‘zgarish xususiyatiga ega, lekin bu juda uzoq, katta qiyinchiliklar bilan tashqi yoki
ichki omillar ta’sirida yuz beradi. Masalan, tashqi omillar qatoriga ekologik
tanglikning
kuchayishi, «demografik portlash» oqibatlari, urush xavfi va nafaqat
odamlarning turmush tarzini sezilarli darajada o‘zgartirgan, balki ularning ongiga
ham o‘z ta’sirini ko‘rsatgan boshqa global muammolar kiradi. Ichki omillar inson
manfaati, uning sub’ektiv, shaxsiy asosi bilan bog‘liq. U yoki bu muammolarning
keskinlik darajasi, hatto buning uchun zarur shart-sharoitva etarli asoslar paydo bo‘lgan
hollarda ham, nima uchun pasaymayapti, degan savolga javob topishda yuqorida zikr
etilgan omillar, ayniqsa manfaat omili albatta hisobga olinishi lozim.
Global muammolarni hal qilishda xususiy va umumiy manfaatlar. Har bir xalq, har
bir mamlakat xalqaro munosabatlarning uyoki bu tartibida, davlatlararo savdo
oqimlarining yo‘nalishi va kapitallarning taqsimlanishida o‘z muayyan manfaatiga
ega bo‘ladi. Ular tabiiy resurslardan foydalanish, atrof muhitni saqlash va shu kabi
masalalarda doim o‘z manfaatlarini himoya qiladiki, bu
ularning siyosatida umumiy
masalalarda ham, xususiy masalalarda ham bevosita aks etadi va boshqa
mamlakatlar siyosatiga o‘xshamasligiga sabab bo‘ladi. Ba’zan ichki manfaatlar
umumiy manfaatlardan ustunlik qiladi. Bunday hollarda mazkur siyosat boshqa
davlatlarning manfaatlariga zid ravishda amalga oshiriladi. Masalan, ekologiya
nuqtai nazaridan bu qo‘shni hududlarda yashovchi xalqlarning qarama-qarshi
manfaatlari to‘qnashgan hollarda ko‘p kuzatiladi.
Ammo hozir, jamiyat hayotining internatsionallashuvi va iqtisodiy aloqalarning
o‘sib borayotgan integratsiyalashuvi sharoitida, sayyoramizning turli burchaklarida
jahon hamjamiyatining yadro urushi, ekologik tanglik, demografik keskinlik va
resurslar taqchilligini bartaraf etishdan iborat ob’ektiv manfaatlarini o‘zlarining umumiy
manfaati deb biluvchi odamlar soni tobora ko‘payib bormoqda. Ma’rifatli siyosiy va
jamoat arboblari yanada aniqroq anglab etayotgan kelishilgan harakatlarga bo‘lgan bu
ob’ektiv ehtiyoj hozirning o‘zidayoq ayrim davlatlar xulq-atvoriga ta’sir
ko‘rsatmoqda va hatto ularning ichki va tashqi siyosatini ma’lum
darajada
belgilamoqda.
Inqiroz ildizlari. Ayrim mamlakatlarda ham, butun dunyoda ham barqaror ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanishga erishish texnokratik jamiyat tuzilishi va mohiyatidan kelib
chiqadigan katta qiyinchiliklar bilan bog‘liq. U kompyuter inqilobi ta’sirida
o‘zgarganiga qaramay, texnogen sivilizatsiyaning asosiy shakl-shamoyillarini saqlab
qolmoqda va shu sababli hozirda mavjud ko‘rinishda nafaqat bunday jamiyat
tanqidchilarini, balki texnika taraqqiyoti tarafdorlari (texnokratik optimistlar) sobiq
izdoshlarining bir qismini ham qanoatlantirmayapti.
Ularning aksariyati fikriga ko‘ra, hozirgi G‘arb sivilizatsiyasi insoniyat uchun
shikastli bo‘lgan ko‘pgina ziddiyatlarni yuzaga keltirdi, chunki uning zamirida
tabiat va uning resurslariga nisbatan iste’molchilik yondashuvi yotadi. Tegishli
qadriyatlar tizimidan mustahkam o‘rin olgan bunday tasavvurlar tarixan sanoat
inqilobi, keyinroq - fan-texnika inqilobi davrida shakllangan bo‘lib, o‘z ildizlari
bilan inson, xuddi Erdagi Xudo kabi, dunyoni bunyod etadi, uni tabiat imkoniyatlari va
o‘z imkoniyatlari bilan hisoblashmasdan o‘z ixtiyoriga ko‘ra o‘zgartiradi,
degan
dunyoqarashga borib taqaladi. Pirovardda nafaqat ekologik va demografik tangliklar,
balki ma’naviy inqiroz ham yuzaga keladi, bunda avvalgi dunyoqarash mo‘ljallari
ob’ektiv sharoit tazyiqi ostida o‘zgarayotgan amaliyot bilan to‘qnashadi.
YAngi qadriyatlar tizimi. Ayni shu sababli qadriyatlar muammosi, ijtimoiy
rivojlanishning yangi ustuvorliklarini va boshqa dunyoqarash mo‘ljallarini izlash
jamiyatni ma’naviy yangilashning bosh vazifalariga aylanadi. Bugungi kunda turli
mamlakatlarning olimlari boshqa qadriyatlarga muvofiq bunyod etilgan o‘zga
sivilizatsiyaga o‘tish amalga oshirilgan taqdirdagina insoniyat ekologik va boshqa
global muammolarni bartaraf eta olishi mumkinligini deyarli yakdillik bilan qayd
etmoqdalar. Ularning fikricha, mazkur qadriyatlar tabiat va uning ehtiyojlarini
tabiatdan ustun qo‘yuvchi antropotsentrizmga emas, balki hayot fenomenining
betakrorligiga va biosferani muvozanat holatida saqlash lozimligiga e’tiborni
qaratuvchi biosferotsentrizmga asoslanishi lozim.
Inson esa, aqlli mavjudot va
mazkur murakkab tizimning tarkibiy qismi sifatida, bubilan nafaqat hisoblashishi, balki
tegishli tarzda ish ko‘rishi ham lozim.
Uning dunyoga munosabatini o‘zgartirish, insonparvarlik va koevolyusiya, ya’ni
tabiat va jamiyatning mushtarak rivojlanishi tamoyillariga tayanib, yangi qadriyatlar
tizimini va ijtimoiy rivojlanish mo‘ljallarini yaratishdan boshqa yo‘li yo‘q.
Dunyo xalqlar o‘rtasida o‘zaro aloqa va asosli hamkorlik yo‘liga yanada ishonch bilan
kirishi, odamlarning ijtimoiy-iqtisodiy faoliyati esa tabiat bilan ziddiyatga
kirishmasligi uchun dunyoda yuz berayotgan hozirgi jarayonlar haqidagi ilmiy
bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirish, shuningdek odamlarning yuz berayotgan
hodisalar va jarayonlarga o‘z javobgarligini yanada teranroq tushunishiga erishish
lozim. Bu yana shuning uchun ham muhimki, zamonaviy elektron qurilmalar va
hisoblash texnikasi insonning o‘z
faoliyati natijalarini ham, ular olib kelishi mumkin
bo‘lgan oqibatlarni ham chamalash va bashorat qilish qobiliyatini ko‘p kara
oshiradi. SHu sababli ijtimoiy va ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarishda
olimning roli ortishi bilan bir qatorda uning inson uchun ham, atrof muhit uchun
ham muayyan ekologik, tibbiy va boshqa oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan
texnik loyihalar bo‘yicha qarorlar va tavsiyalar uchun javobgarligini mislsiz darajada
oshirish masalasi ham alohida ahamiyat kasb etadi.
So‘nggi yillarda genetika sohasidagi tadqiqotlar va amaliy ishlar o‘ziga tobora
ko‘proq e’tiborni tortmoqda. Bu erda jonli organizmlarni, shu jumladan insonni
ham klonlash imkonini beruvchi gen injeneriyasi uchun keng imkoniyatlar
ochilmoqda. Bu ko‘p sonli axloqiy va psixologik masalalarni yuzaga keltiradi,
chunki inson shaxs sifatida genlar ta’sirida faqat ellik foizga shakllanadi, qolgan
jihatdan u ijtimoiy muhit va muayyan yashash sharoitlari
bilan belgilanadigan
ijtimoiy mavjudotdir.
SHu munosabat bilan eng yangi falsafiy adabiyotlarda insonparvarlik masalalari yana
birinchi o‘ringa chiqmoqda. Fan-texnika taraqqiyotini nafaqat ayrim insonning,
balki butun insoniyatning axloqiy fazilatlariga bevosita bo‘ysundiruvchi inson
faoliyatini butunlay o‘zgartirish lozimligini ifodalovchi «ilmiy insonparvarlik»
atamasi faol ishlab chiqilmoqda. I.A.Karimov bu xususda: «Ma’naviyatga qarshi
qaratilgan har qanday tahdid o‘z-o‘zidan mamlakat xavfsizligini, uning milliy
manfaatlarini, sog‘lom avlod kelajagini ta’minlash yo‘lidagi jiddiy xatarlardan
biriga aylanishi va oxir – oqibatda jamiyatni inqirozga olib kelishi mumkin»
13
degan
edi.
13
И.А. Каримов. Юксак маънавият - енгилмас куч. –Т.: Маънавият, 2008. – Б.12.