Umuminsoniy qadriyatlar. Hozirgi sharoitga tatbiqan muayyan universal asos
sifatidagi «yangi insonparvarlik» ning mohiyati er kurrasida yashovchi barcha
odamlarning muhim manfaatlarini aks ettiradigan va shu sababli butun dunyoda
umumiy qadriyatlar sifatida idrok etiladigan borliq me’yorlari va tamoyillarini qaror
toptirishdan iborat. Bunday qadriyatlarning ayrimlari ilk bor jahon dinlarida
umuminsoniy qoidalar sifatida ta’riflangan.
Keyinchalik muayyan inson dunyoviy axloq va qadriyatlar umumiy tizimini
yaratishning boshlang‘ich tayanch nuqtasiga aylandi. Bu odamlar, davlatlar va
xalqlar o‘rtasidagi munosabatlarda axloq «oltin qoidasi»ni ro‘yobga chiqarish
mumkinligi va zarurligini e’lon qilgan Forobiy, IbnSino, T.Gobbs, P.Gassendi,
M.Volter, J.J.Russo, I.Kant, G.Gerder va boshqa mutafakkirlar etikasida ayniqsa
bo‘rtib namoyon bo‘ldi. Uning bizgacha turli ko‘rinishlarda etib kelgan mazmuni
Volter bayonida barcha odamlarga qaratilgan insoniy chorlov sifatida yangraydi:
«O‘zing bilan qanday muomala qilishlarini istasang, boshqalar bilan shunday
muomala qil». Ayni shu XVII asrda ingliz liberalizmining yorqin vakili J.Lokk
(1632-1704) insonning uzviy huquqlari (yashash, erkinlik, mulk huquqi va b.) daxlsiz
ekanligi haqidagi g‘oyani ilgari surdi. Alisher Navoiy o‘zining mashhur «erkinlik»,
«tenglik», «birdamlik», «adolat» shiorlarini e’lon qilib, odamlarning umuminsoniy
qadriyatlarga bo‘lgan ishonchini mustahkamladi.
Ular to‘la holda BMT Bosh Assambleyasi 1948 yil 10 dekabrda qabulqilgan Inson
huquqlari umumjahon deklaratsiyasida o‘z ifodasini topdi va 1975 yilda xalqaro
Xelsinki bitimi bilan tasdiqlanib, jahon hamjamiyati tan oluvchi umumiy normaga
aylandi.
Insoniyat o‘zini o‘zi tashkil etuvchi jonli tizim sifatida o‘z mavjudligi uchun kurash
olib bormoqda, yaxshiroq kelajakka erishishga harakat qilmoqda. Bunda hozirgi
globallashuv jarayonlari va ular yuzagakeltirayotgan turli muammolar insoniyat
oldida tarqoqlik va ixtiloflarni engib, o‘z birligi sari harakat qilish, ayni vaqtda
madaniyatlar, asriy an’analarning o‘ziga xosligini, ayrim millatlar va xalqlarning
xususiyatlarini saqlashdan boshqa chora qoldirayotgani yo‘q. Bunday birlashuvga
esa, faqat umuminsoniy qadriyatlarni e’tirof etish va ularga rioya qilish orqali erishish
mumkin.