9
1. QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA MANBALARINING
QO‘LLANILISHI VA KELAJAGI
1.1. Qayta tiklanuvchi energiya manbalari haqida umumiy tushunchalar
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari - shamol, quyosh,
suv oqimlari,
biomassa, geotermal energiya kabilardan tashkil topadi.
Shamol elektrostansiyalari.
Birinchi shamol elektr stansiyalari IX asrning 90
– yillarida Daniyada ishlab chiqilgan. 1910-yilda ushbu mamlakatda bir necha yuz
dona kichik uskunalar qurilgan. Bundan bir necha o‘n yil o‘tib ishlab chiqarish va
sanoat korxonalari shamol generatorlarida ishlab chiqarilgan
energiyadan kerakli
miqdorda energiya bilan ta’minlana boshladi. Bu paytda umumiy quvvat 150 – 200
MVt ga teng bo‘lgan (1.2 - rasm).
1.2 - rasm.
Shamol elektrostansiyasining qir-adirlarda joylashuvi.
1982-yilda Xitoy bozorida 1280 dona, 1986-yilda 11 000 dan ortiq shamol
trubinalari sotilgan, bu Xitoyning avval elektr energiyasi
etib bormagan bir qator
tumanlarini energiya bilan ta’minlash imkonini yaratdi.
10
XX asrning boshlarida Rossiyada va xususan respublikamizda katta
miqdordagi 250 mingdan ortiq qishloq shamol va suv tegirmonlariga ega bo‘lib,
ularning umumiy quvvati 1 mln. kVt dan ortiqni tashkil etgan. Ushbu qurilmalar
yordamida 250 mlrd. pud bug‘doy yanchilgan bo‘lib, bu o‘z
navbatida uzoq
masofalarda joylashgan yirik aholi turar joylari (poselkalar) va shaharlarda katta
tegirmonlarga borib vaqt va mablag‘ sarflash kabi ortiqcha ovoragarchilikdan voz
kechish imkonini bergan.
Afsuslar bo‘lsinki, tabiiy resurslardan foydalanishga
ayovsiz munasabatda
bo‘lish oqibatida o‘tgan asrning 40 - yillarida sobiq SSSR aksariyat shamol va suv
elektr dvigatellar buzib tashlandi. 50 - yillarga kelib ushbu uskunalar qoloq texnika
sifatida batamom tugatildi.
Dostları ilə paylaş: