Qayta tiklanuvchi energiya manbalari


 Qayta tiklanuvchan energiya manbalari sohasida respublikamizda amalga



Yüklə 4,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/83
tarix21.10.2023
ölçüsü4,44 Mb.
#159411
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   83
Qayta tiklovchi energiya manbalari

1.2. Qayta tiklanuvchan energiya manbalari sohasida respublikamizda amalga 
oshirilayotgan ishlar 
 
So‘nggi yillarda respublikamizning iqtisodiyot tarmoqlarida va ijtimoiy 
sohasida energiya samaradorligini yuksaltirish va qayta tiklanuvchi energiya 
manbalaridan foydalanishni kengaytirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga 
oshirildi. Jumladan, Respublikada iqtisodiyot barqaror o‘sishini ta’minlashga va 
aholining farovonlik darajasini oshirishga, yoqilg‘i-energetika resurslariga bo‘lgan 
talab-ehtiyojni uzluksiz qanoatlantirishga qaratilgan neft-gaz, elektr energetika, 
ko‘mir, kimyo, qurilish industriyasini rivojlantirishning uzoq muddatli strategiyasi 
amalga oshirilmoqda. 
Shu bilan birga, yoqilg‘i-energetika tarmog‘ining mavjud quvvatlari energiya 
resurslariga ortib borayotgan talab-ehtiyojni to‘liq darajada ta’minlamayapti, 
mamlakatimiz iqtisodiyotining energiya sarfi hajmi rivojlangan mamlakatlarning 
o‘rtacha ko‘rsatkichidan ancha yuqoridir. 
Hozirgi vaqtda asosan gidroelektrostansiyalar ishlab chiqarayotgan qayta 
tiklanuvchi energiya manbalari hissasiga mamlakatda ishlab chiqarilayotgan elektr 
energiyasi umumiy hajmining atigi o‘n foizi to‘g‘ri kelmoqda. Nihoyatda katta 
salohiyat mavjud quyosh va shamol singari qayta tiklanuvchi energiya manbalarining 
imkoniyatlaridan to‘liq darajada foydalanish zarurdir. 
Ilg‘or xorijiy tajribani inobatga olib, mavjud resurslarni va ishga solinmagan 
salohiyatni jalb etish orqali energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi 
texnologiyalar va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish, iqtisodiyot 
tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya sarfi hajmini keskin kamaytirish borasidagi 
ishlarni kompleks tashkil etish, shuningdek, yoqilg‘i-energetika resurslaridan oqilona 
va samarali foydalanishni ta’minlash maqsadida «Qayta tiklanuvchi energiya 


19 
manbalaridan foydalanish to‘g‘risida»gi Qonunida qator imtiyoz va preferensiyalar 
berilgan, shu jumladan quyidagilar: 
qayta tiklanuvchi energiya manbalarining qurilmalarini ishlab chiqaruvchilar 
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan e’tiboran besh yil muddatga soliqning barcha 
turlarini to‘lashdan; 
qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini (nominal quvvati 0,1 MVt 
va undan ortiq bo‘lgan) o‘rnatganlik uchun ular foydalanishga topshirilgan paytdan 
e’tiboran o‘n yil muddatga mol-mulk solig‘ini hamda ushbu qurilmalar bilan band 
bo‘lgan uchastkalar bo‘yicha yer solig‘ini to‘lashdan; 
ishlab turgan energetika resurslari tarmoqlaridan to‘liq uzib qo‘yilgan yashash 
uchun mo‘ljallangan joylarda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanuvchi 
shaxslar qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanilgan oydan e’tiboran uch 
yil muddatga yer solig‘ini to‘lashdan ozod etilishi nazarda tutilgan. 
Bundan tashqari 2017 yil 8 noyabrdagi «Energiya resurslaridan oqilona 
foydalanishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3379-son qarori bilan 
o‘rnatilgan tartibga muvofiq, 2018 yil 1 yanvardan boshlab:
davlat organlari va muassasalarining bino va inshootlari, shuningdek, ko‘p 
kvartirali uy-joy fondini loyihalashtirish, rekonstruksiya qilish, qurish va 
foydalanishga topshirishda ularda energiya samarador va energiya tejamkor 
texnologiyalardan foydalanilganligi yuzasidan shaharsozlik normalari va qoidalariga 
muvofiqligi tekshiriladi; 
yakka tartibdagi uy-joy qurilishidan tashqari, barcha bino va inshootlarni 
loyihalashtirish, rekonstruksiya qilish va qurishda, issiq suv ta’minoti uchun 
sertifikatlangan quyosh suv isitkich qurilmalarini, shuningdek, energiya tejamkor 
lampalarni majburiy tartibda o‘rnatish ko‘zda tutiladi.
O‘zbekiston Respublikasida 2019-2022 yillarda iqtisodiyot tarmoqlari va 
ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini yanada oshirish, energiya tejovchi 
texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish 
kompleks dasturi muvofiq quyidagilarni amalga oshirilmoqda: 


20 
qayta tiklanuvchi energiya manbalarini yanada rivojlantirishning maqsadida 
iste’mol ulushini 2030-yilga borib elektr energiyasini ishlab chiqarish umumiy 
hajmining 25 foizga etkazish; 
mintaqalarda ijtimoiy soha ob’ektlarini (ta’lim muassasalari, shu jumladan 
maktabgacha ta’lim muassasalari, sog‘liqni saqlash ob’ektlarini) energiya resurslari 
bilan uzluksiz ta’minlash;
xususiy xonadonlarda quyosh fotoelektrik stansiyalari (o‘rtacha 2 kVt) va 
quyosh suv isitkichlarini (o‘rtacha 200 litr) o‘rnatish;
maishiy iste’molchilarning, shuningdek, yuridik shaxslarning nostandart gaz-
gorelkali qurilmalarini zamonaviy va energiya samarador gaz-gorelkali qurilmalarga 
almashtirish belgilangan. 
Iqtisodiyotning energiya resurslari bilan ikkita vazifani hal etish orqali 
ta’minlanishi nazarda tutilmoqda. Birinchidan, qayta tiklanuvchi energiya 
resurslaridan keng foydalanish orqali yoqilg‘i balansini diversifikatsiyalash. Bunda 
an’anaviy yoqilg‘i turlarini qayta tiklanadigan energiya turlariga almashtirish 
hisobiga ularning elektr va issiqlik energiyasi ishlab chiqarishdagi hissasini 
kamaytirish nazarda tutilmoqda. Ikkinchidan, iqtisodiyot tarmoqlarida ishlab 
chiqarishning energiya sig‘imini qisqartirishning uzoq muddatli dasturini amalga 
oshirish, sanoat faoliyati hududlarining ekologik holatini yaxshilash orqali erishiladi. 
Yaqin istiqbolda ustuvor vazifa sifatida iqtisodiyotning energiya va resurs 
sig‘imini qisqartirish, ishlab chiqarishga energiyani tejaydigan texnologiyalarni keng 
joriy qilish, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish
mehnat samaradorligini oshirish ko‘zda tutilmoqda. 
Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan jadal foydalanish bo’yicha kompleks 
chora-tadbirlarni amalga oshirish issiqlik va elektr energiyasi kabi energiyaning 
sanoat turlarini olishni ta’minlashga yo‘naltirilgan bo‘lib, bu uglevodorodlarning 
o‘rnini bosishga va ularni yuqori likvidli mahsulotlar, jumladan, polimerlar, 
yoqilg‘ining sintetik turlarini ishlab chiqarishga yo‘naltirish imkonini beradi. 
Xususan, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi, Fan va texnologiyalar agentligi, 
“O‘zbekgidroenergo” AJ, Xalqaro quyosh energiyasi instituti, “O‘zbekenergo” AJ 


21 
Ilmiy-texnik markazi ikki oy muddatda qayta tiklanuvchi manbalar energiyasidan 
foydalanish, jumladan, quyosh energetikasini rivojlantirish, energiya samaradorligi 
sohasidagi mahalliy ishlanmalar va amaliy tadqiqotlarni, shuningdek, sinovdan 
o‘tgan ilg‘or xorijiy texnologiyalarni transfer qilish imkoniyatini tahlil etish asosida 
iqtisodiyot va ijtimoiy soha tarmoqlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini 
maqsadli joriy qilish va quyosh energetikasini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar 
rejasini ishlab chiqishi va Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritishi 
belgilangan.
Bundan tashqari,
energiyani tejaydigan texnologiyalarning kirib kelishini kengaytirish, soliq va 
bojxona imtiyozlari berish hisobiga qayta tiklanuvchi manbalardan energiya hosil 
qiluvchi uskunalarni qo‘llagan holda, energiyadan foydalanishni rag‘batlantirish; 
qayta tiklanmaydigan uglevodorod resurslaridan oqilona foydalanish, ishlab 
chiqarilayotgan mahsulotning raqobatdoshligini oshirish, shu asosda iqtisodiyot 
tarmoqlarini va aholini yoqilg‘i-energetika resurslari bilan barqaror ta’minlab borish; 
qayta tiklanuvchi energiya manbalari va energiya iste’moli jihatidan samarador 
texnologiyalarni transfer qilish, ushbu sohadagi uskunalar va butlovchi qismlarni 
mahalliy korxonalarda ishlab chiqarish
aholi uchun kafolatlangan energiya resurslarining ochiqligini ta’minlash, 
ayniqsa, uzoq qishloq hududlarida aholining hayot sifatini yaxshilash va ularning 
farovonligini oshirish. 
Bugun jahon ilm-fani qayta tiklanuvchi energiya manbalarini izlab topish, 
yaratish, foydalanish samaradorligini oshirish, bu borada targ‘ibot-tashviqot ishlari 
olib borishga alohida e’tibor qaratmoqda. Nima uchun? CHunki bosqichma-bosqich 
qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanishga o‘tilmas ekan, tabiiy boyliklarimiz 
bo‘lgan neft, gaz zaxiralari tugashi natijasida dunyo aholisi juda katta muammo bilan 
yuzma-yuz keladi. 

Yüklə 4,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin