Qayta tiklanuvchi energiya manbalari


Daniyadagi shamol tegirmonining umumiy ko‘rinish



Yüklə 4,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/83
tarix21.10.2023
ölçüsü4,44 Mb.
#159411
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   83
Qayta tiklovchi energiya manbalari

 Daniyadagi shamol tegirmonining umumiy ko‘rinish 
 
XX asrni 80-yillariga kelib shamol energiyasidan foydalanish 3 ta asosiy 
yo‘nalishda olib borildi. 
- 25 kVt gacha bo‘lgan kichik quvvatli shamol agregatlari bo‘lib. Bular 
yordamida mustaqil iste’molchi bo‘lgan suv nasoslari va sug‘orish qurilmalarini 
ishlatishda foydalanilgan. 
- 55 – 500 kVt gacha bo‘lgan o‘rta quvvatli shamol agregatlari guruh bo‘lib, 
birgalikda elektr energiyasini iste’mol qiluvchi fermer xo‘jaliklarida foydalanib 
kelingan. 


80 
- 1 MVt va undan katta bo‘lgan shamol agregatlari kam sonda yaratilinib
katta-katta xo‘jaliklarni elektr energiyasiga bo‘lgan talabni qondirishda, qishloqlarda 
aholisi zichroq joylashgan yerlarda samarali foydalanib kelmoqdalar. 
Shamol 
energiyasidan 
foydalanishda 
uni 
iqtisodiy 
tejamkorligini, 
samaradorligi va ekologik tozaligini e’tiborga olish lozim. Rivojlangan davlatlarda 
shamol elektr stansiyalaridan foydalanish shuni ko‘rsatdiki 100÷300 kVt energiyali 
shamol elektr stansiyalaridan foydalanish iqtisodiy tomondan eng samarali hisoblanar 
ekan. Bu o‘rta quvvatdagi SHES dizel-generatorlari bilan birgalikda (rezerv hisobida) 
ishlatilishi maqsadga muvofiq bo‘lib, energiyadan foydalanishda uzluksizlikni 
ta’minlaydi. Bunday alohida mustaqil va kombinatsiyalashgan SHES larni yaratish 
hozirda keng yo‘lga qo‘yilgan. 
SHES lardan foydalanishdagi salbiy sababga SHES larning agregatlarini 
o‘rnatish uchun zarur bo‘lgan katta maydon va bu maydonning holatini saqlash uchun 
ekologik va iqtisodiy qo‘shimcha xarajatlar. Masalan 1 km
2
maydonga joylashgan 
issiqlik elektr stansiyasidan 1000 MVt yoki quyosh elektr stansiyasidan 30÷60 MVt 
olinsa, SHES eng ko‘pi bilan 10 MVt energiya olsa bo‘ladi. Bundan tashqari SHES 
lardagi agregatlarni ishlashida vujudga keladigan shovqin hisoblanib, qurilma oldida 
o‘rtacha 50÷80 dB tashkil etadi. Shamol energiyasidan keng foydalanayotgan 
Germaniya, Daniya va Niderlandiya davlatlarida SHES lardagi agregatlarning 
shovqini kunduzi 50 dB, kechqurun 35 dB da oshmaslik bo‘yicha qonun qabul 
qilingan. SHES dan aholi yashaydigan uylargacha bo‘lgan eng qisqa masofa 20÷75 
metr, elektr uzatish tarmog‘igacha 39÷52 metr bo‘lishi ham qonun bilan belgilab 
qo‘yilgan. 
500 kVt va undan ko‘proq quvvatga ega bo‘lgan SHES lardan foydalanish ular 
egallagan maydonni sezilarli darajada ixchamlashtirish va elektr stansiyaning 
tannarxini arzonlashtirish imkoniyatlarini beradi. 
Shamol energetik qurilmalar (SHEQ) quyidagi xususiyatlari bilan sinflarga 
bo‘linadi: 

quvvat bo‘yicha – kichik (10 kVt gacha), o‘rta (10 dan – 100 kVt gacha), 
katta (100 dan – 1000 kVt gacha), o‘ta katta (1000 kVt dan ko‘proq). 


81 

ishchi aylananing parraklari – bir, ikki, uch va ko‘p parrakli. 

ishchi aylananing shamol oqimiga nisbatan yo‘nalishi 

gorizontal o‘qqa nisbatan tezlik vektorini parallel yoki perpendikulyar 
yo‘nalishlarida. 
SHEQ lar minorasining tuzilishi trubasimon shaklda bo‘lib, unda gandolning 
asosiy energetik, mexanik va yordamchi qurilmalari joylashtiriladi. Bulardan tashqari 
ishchi aylana yoki rotor parraklari bilan o‘rnatilib, shamol energiyasini elektr 
energiyasiga aylantirish vali hamda valning aylanish chastotasini oshiruvchi reduktor 
ham minoraga maxkamlanadi. Rotorning parraklari SHEQ sining foydali quvvatini 
oshirish maqsadida, uning vtulkasiga qattiq qo‘zg‘almas qilib yoki o‘z joylashuvini 
shamolning yo‘nalishiga qarab o‘zgartiradigan qilib o‘rnatiladi. SHEQ laridagi 
generatorlarga ko‘pgina holatlarda sinxron va asinxron hamda kamdan-kam 
holatlarda asinxronlashgan sinxron generatorlar ishlatiladi. Har bir SHEQ si shamol 
tezligining 3 ta qiymati bilan tavsiflanadi. Ularning xususiyatlarini ajratish mumkin: 
, bunda 
bo‘lib, SHEQ sining quvvati nolga teng bo‘ladi, 
- quvvat bo‘yicha shamol tezligini hisoblangan qiymati, bunda 
bo‘lib, SHEQ ning quvvati shamolni tezligi va rotorni aylanish 
chastotasiga bog‘liq o‘zgaradi. 
, bunda 
bo‘lib, SHEQ ning 
quvvati nolga teng bo‘ladi. Bunga, rotor aylanishining majburiy to‘xtatilishi yoki 
parraklarni shamol tezligi vektoriga parallel bo‘lishi sabab bo‘ladi. 

Yüklə 4,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin