37
Kattalik birliklari о‘lchamlarini qaytarish,
saqlash va yetkazib berish
etalonlar va namunaviy о‘lchash vositalari yordamida amalga oshiriladi.
Metrologik zanjirda о‘lchov birliklari qiymatlarini yetkazib berishning eng yuqori
zvenosi etalonlar hisoblanadi.
Etalon bizga fizik kattalikning o‘lchov birligini hosil qilib beradi va u fan-
texnikaning yutuqlariga asoslangan holda yuqori aniqlikda tayyorlanadi.
Etalon
o‘zgarmaslik, qaytariluvchanlik va solishtiruvchanlik alomatlariga ega bo‘lishi
lozim.
Etalonlarning tabaqalanish pog‘anasi quyidagicha:
-
birlamchi etalonlar;
-
ikkilamchi etalonlar;
-
ishchi etalonlar.
Etalonlar bir qancha turlarga bo‘linadi, bular – xalqaro etalon, milliy etalon,
boshlang‘ich etalon, davlat etaloni, maxsus etalon, ikkilamchi etalon, yakka etalon,
guruhli etalon, tashiladigan etalon va boshqalar.
Xalqaro etalon
– milliy etalonlar bilan qayta tiklanadigan va saqlanadigan
birliklar o‘lchamlarini muvofiqlashtirish uchun xalqaro kelishuv bo‘yicha
xalqaro
asos sifatida qabul qilingan etalon.
Xalqaro etalonga misol qilib massa birligi etaloni – kilogramm-prototipini
keltirish mumkin. U diametri va balandligi 39 mm ga teng bo‘lgan silindr shaklida
bo‘lib, platinadan tayyorlangan (10-rasm). Uning massasi 1872 yilda tayyorlangan
“arxiv kilogramm”, ya’ni temperaturai 4
o
C bo‘lgan 1 dm
3
hajmdagi toza suvning
massasiga teng qilib olingan.
Dostları ilə paylaş: