Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jarayonlarning



Yüklə 8,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/106
tarix22.10.2023
ölçüsü8,92 Mb.
#159508
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   106
Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jaray

 
 
Tayanch iboralar: 
o‘lchash, metrologiya, o‘lchash turi, o‘lchash usuli, 
aprior, apastrior, kattalik, kattalik birligi, aniqlik, ishonchlilik, to‘g‘rilik, mos 
keluvchanlik, qaytaruvchanlik. 
Nazorat va muhokama uchun savollar: 
1. Datslabki o‘lchovlar yoki o‘lchash birliklari nimaga asoslangan holda qabul 
qilingan? 
2. Metrologiya fani nima bilan shug‘ullanadi? 
3. O‘lchash jaroyoni va uning tashkil etuvchilari haqida tushuncha bering. 
4. O‘lchash turlari va usullari haqida ma’lumot bering. 
5. Kattalik deganda nimani tushunasiz? Kattaliklar va ularning birliklari qanday
turlarga bo‘linadi? 
6. Birliklar belgilarini yozish qoidalari qanday? 
7. O‘lchashlarning sifat mezonlariga nimalar kiradi? 
8. Kontaktsiz o‘lchashlarni hamma sohada va hamma fizik kattaliklarni o‘lchashda 
qo‘llash mumkinmi?
9. Kontaktli o‘lchashga mo‘ljallangan o‘lchash asboblari kontaktsiz o‘lchash 
asboblaridan nimasi bilan farq qiladi?
10. o‘lchashlar aniqligini ta’minlash uchun nimalarga e’tibor berish yoki qanday 
ishlarni amalga oshirish kerak? 


30 
II BOB. O‘LCHASH VOSITALARI 
2.1 §. O‘lchash vositalari haqida umumiy ma’lumotlar 
Amalga oshiriladigan har qanday o‘lchashlar o‘lchash vositalari yordamida 
bajariladi.
O‘lchash vositasi
– bu o‘lchashlar uchun qo‘llaniladigan va me’yorlangan 
metrologik xossalarga ega bo‘lgan texnikaviy vosita yoki ularning majmuasidir.
O‘lchash vositalarining bir qancha turlari mavjud. Ular tuzilishi jihatidan 
sodda yoki murakkab, aniqligi bo‘yicha aniqligi yuqori yoki aniqligi kichik 
bo‘lishi mumkin. O‘lchash vositalari me’yorlangan metrologik xossaga ega 
bo‘lishlari lozim va metrologik xossalar davriy ravishda tekshirilib turiladi.
O‘lchash vositalari funksional vazifalariga ko‘ra klassifikatsiyalanadi. Bu 
haqdagi ma’lumotlar quyidagi sxemada o‘z aksini topgan (7 - rasm).
7- rasm. O‘lchash vositalarining klassifikatsiyalanishi (bunda: IO‘T – information o‘lchash 
tizimlari; NO‘T – nazorat qiluvchi o‘lchash tizimlari; BO‘T – boshqaruvchi o‘lchash tizimlari; 
O‘-HM - o‘lchash-hisoblash majmualari). 
O‘lchash vositalarini ularning tarkibiy elementlariga qarab 
elementar
va 
kompleks (majmuiy) o‘lchash vositalari
ga ajratish mumkin ( 8-rasm). 

Yüklə 8,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin