4
SО‘Z BOSHI
Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda
texnologik jarayonlarning
avtomatik nazorat qilish va avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlaridan keng
foydalanilmoqda. Bu tizimlarning asosini zamonaviy texnologik о‘lchash
vositalari
tashkil etadi. Ular asosida murakkab va kо‘p parametrli jarayonlarning
parametrlari о‘lchanadi va boshqariladi. Shuning uchun texnologik о‘lchashlar va
asboblarga alohida talablar qо‘yiladi. О‘lchash natijalari
asosida boshqaruv
qarorlari qabul qilinib, ishlab chiqarishdagi sifat kо‘rsatkichlarini belgilab beruvchi
meyorlar tartibga solinadi.
Hozirgi kunda texnologik jarayonlarning о‘tish tezligi jadallashib,
agregatlarda о‘lchanadigan kattaliklar soni kо‘paymoqda. Shu boisdan о‘lchash
vositalarining va axborot-о‘lchov tizimlarining ishonchliligi kо‘p hollarda
agregatning ishonchliligini belgilaydi. Kattaliklarning tо‘g‘ri
qiymatlarini
bilmasdan va bu qiymatlarni avtomatik nazorat qilmasdan turib, texnologik
jarayonlarni yoki agregatlarni tо‘g‘ri boshqarib bо‘lmaydi va о‘lchash vositalarisiz
esa nazoratni va boshqaruvni avtomatlashtirib bо‘lmaydi. О‘lchash
texnikasini
ishlab chiqarishga keng joriy etish uchun har bir muxandis xodim, texnologik
о‘lchash
usullari va vositalari, hisoblash texnikasi, о‘lchash jarayonlarini
avtomatlashtirishga oid nazariy bilimlar va amaliy kunikmalarga ega bо‘lishi zarur.
Ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifatini ta’minlashga
qaratilgan barcha
faoliyatlarning negizini о‘lchashlar tashkil etadi. О‘lchash natijasining aniqligi
qanchalik yuqori bо‘lsa, mahsulot sifati ham shunchalik yuqori kо‘rsatkichga
erishib boradi. О‘lchash jarayoni о‘lchash obyekti, о‘lchash vositasi va о‘lchashni
о‘tkazuvchi shaxs (operator) ishtirokida amalga oshadi. О‘lchash natijasining
aniqligi, birinchi navbatda о‘lchash vositasiga bog‘liqdir. О‘lchash vositalari
boshqa texnik qurilmalardan farqli ravishda meyorlashtirilgan metrologik
xossalarga, ya’ni о‘lchash natijalarining aniqligi va ishonchligini belgilovchi
xossalar va kattaliklarning ma’lum son qiymatlariga ega.
О‘quv qо‘llanmada quyidagilar haqidagi nanzariy bilimlar yoritilgan:
5
- о‘lchashlar haqida umumiy ma’lumotlar;
- о‘lchash vositalari va ularning turlari;
- о‘lchash о‘zgartirgichlari, ularning turlari va qullanilish sohalari;
- о‘lchash
asboblarining tuzilishi, turlari, ishlash prinsilari va qо‘llanilish
sohalari;
- о‘lchash usullari va prinsiplari;
- о‘lchash xatoliklari va о‘lchashlar noaniqligi.
Ushbu о‘quv qо‘llanma umumkasbiy fanlardan biri hisoblangan “Texnologik
о‘lchashlar va asboblar” fani dasturi asosida ishlab chiqilgan bо‘lib, u о‘lchash
vositalarining ishlash prinsipi va ularning prinsipial sxemalarini tahlil qilishni о‘z
ichiga olgan.