17
O‘lchash jarayonida biz o‘lchanayotgan kattalikning qiymati haqidagi
ma’lumotga - o‘lchash natijasiga ega bo‘lamiz.
Bu tajribadan, ya’ni o‘lchashdan
olingan qiymat haqiqiy qiymatdan farq qiladi va bu farqni
o‘lchash xatoligi
deb
ataymiz.
O‘lchash xatoligi
– o‘lchash natijasining chinakam (haqiqiy)
qiymatdan
chetlashuvini (og‘ishuvini) ifodalovchi o‘lchashning sifat mezonidir.
O‘lchash xatoliklari turli sabablarga ko‘ra turlicha ko‘rinishda namoyon
bo‘lishi mumkin. Bu sabablar qatoriga quyidagilarni kiritishimiz mumkin:
– o‘lchash vositasidan foydalanishda uni sozlashdan yoki sozlash darajasini
siljishidan kelib chiquvchi sabablar;
– o‘lchash ob’yektini o‘lchash joyiga (pozitsiyasiga) o‘rnatishdan
kelib
chiquvchi sabablar;
– o‘lchash vositalarining zanjirida o‘lchash ma’lumotini olish, saqlash,
o‘zgartirish va tavsiya etish bilan bog‘liq sabablar;
– o‘lchash vositasi va ob’yektiga nisbatan tashqi ta’sirlar (temperatura yoki
bosimning o‘zgarishi, elektr va magnit maydonlarining ta’siri, turli tebranishlar va
hokazolar)dan kelib chiquvchi sabablar;
– o‘lchash ob’yektning xususiyatlaridan kelib chiquvchi sabablar;
– operatorning malakasi va holatiga bog‘liq sabablar va shu kabilar.
Dostları ilə paylaş: