18
Bu xatolik kattalik qanday birliklarda ifodalanayotgan bo‘lsa,
shu birlikda
tavsiflanadi.
Absolyut xatolikni teskari ishora bilan olingan qiymati
tuzatma
deb ataladi:
– ДX = k
t
.
Odatda, o‘lchash asboblarining xatoligi keltirilgan xatolik bilan ham
belgilanadi.
Keltirilgan xatolik
– absolyut xatolikning asbobning eng yuqori o‘lchash
chegarasi qiymatiga nisbati orqali aniqlanadigan va nisbiy xatolikka teng
kattalikdir:
= (ДX/а
mах
) 100%,
bu yerda:
- asbobning keltirilgan xatoligi; ДX – absolyut xatolik; а
mах
– o‘lchash
asbobining eng yuqori o‘lchash chegarasi.
Bu faqat o‘lchash asboblari uchun qo‘llanadi. Keltirilgan xatolikning ro‘xsat
etilgan qiymati bo‘yicha barcha o‘lchovlar va o‘lchash asboblarining aniqlik
klasslari aniqlanadi.
Keltirilgan xatolikning yana bir qulayligi shundan iboratki, u ko‘p chegarali
o‘lchash vositalari uchun ham bir xil qiymatga ega. Shuning uchun ham bu xatolik
o‘lchash vositalari xossalarini me’yorlashtirishda juda qulay hisoblanadi.
Nisbiy xatolik
– absolyut xatolikni o‘lchanayotgan
kattalikning haqiqiy
qiymatiga nisbatini bildiradi va foiz (%) da ifodalanadi:
Д=[(X
o‘l
– X
h
)/ X
h
]
100% = (ДX/ X
h
)
100%
Nisbiy xatolik o‘lchash asboblarining aniqligini o‘lchash diapazonining
faqat berilgan nuqtasidagina baholaydi. O‘lchash asbobining butun diapazoni
bo‘yicha aniqligini baholash uchun esa keltirilgan xatolikdan foydalaniladi.
Statik xatoliklar
– vaqt mobaynida kattalikning o‘zgarishiga bog‘liq
bo‘lmagan xatoliklar. O‘lchash vositalarining statik
xatoligi shu vosita bilan
o‘zgarmas kattalikni o‘lchashda hosil bo‘ladi. Agar o‘lchash vositasining
pasportida statik sharoitlardagi o‘lchashning chegaraviy xatoliklari ko‘rsatilgan
bo‘lsa, u holda bu ma’lumotlar dinamik sharoitlardagi aniqlikni tavsiflashga
nisbatan tadbiq etila olmaydi.
19
Dinamik xatoliklar
– o‘lchanayotgan
kattalikning vaqt mobaynida
o‘zgarishiga bog‘liq bo‘lgan xatoliklar sanaladi. Dinamik xatoliklarning vujudga
kelishi o‘lchash vositalarining o‘lchash zanjiridagi tarkibiy elementlarning
inertsiyasi tufayli deb izohlanadi. Bunda o‘lchash zanjiridagi o‘zgarishlar oniy
tarzda emas, balki muayyan vaqt davomida amalga oshirilishi asosiy sabab bo‘ladi.
Yuzaga kelish sharoitlariga ko‘ra xatoliklar
asosiy
va
qo‘shimcha
xatoliklarga bo‘linadi.
Asosiy xatolik
deb, normal (graduirovka) sharoitda ishlatiladigan
asboblarida hosil bo‘ladigan xatolikka aytiladi. Normal sharoit deganda havo (atrof
– muhit) temperaturai 20
0
С ± 5
0
С, havo namligi 65% ± 15%, atmosfera bosimi
(750 ± 30) mm s.u., ta’minlash kuchlanishi nominalidan ±2 % o‘zgarishi mumkin
va boshqalar.
Agar asbob shu sharoitdan farqli bo‘lgan tashqi sharoitda ishlatilsa, hosil
bo‘ladigan xatolik
qo‘shimcha xatolik
deyiladi.
Bundan tashqari o‘lchash
vositalari xatoliklari
o‘lchanayotgan kattalikka
bog‘liqligiga qarab
additiv
va
multiplikativ
xatoliklarga bo‘linadi. O‘lchanayotgan
kattalikning o‘zgarishiga bog‘liq bo‘lmagan o‘lchash vositasining xatoligi
additiv
(lotincha
addition - yig‘indi
)yoki nol xatolik, o‘lchanayotgan kattalikning
o‘zgarishiga mutanosib ravishda o‘zgaradigan xatolik
multiplikativ
(lotincha
multiplication - ko‘paytma
) xatolik yoki sezuvchanlik xatoligi deb ataladi.
Muntazam xatolik
deb, umumiy xatolikning takroriy o‘lchashlar mobaynida
muayyan qonuniyat asosida hosil bo‘ladigan, saqlanadigan yoki o‘zgaradigan
tashkil etuvchisiga aytiladi.
Yuqoridagilardan
kelib chiqib, o‘lchash natijasidagi bo‘lgan umumiy
xatolikni quyidagicha tasvirlashimiz mumkin.
Muntazam xatoliklarning kelib chiqish sabablari turli tuman bo‘lib, tahlil va
tekshiruv asosida ularni aniqlash va qisman yoki butkul bartaraf etish mumkin
bo‘ladi. Muntazam xatoliklarning asosiy guruhlari quyidagilar hisoblanadi:
– uslubiy xatoliklar;
– asbobiy (qurilmaviy) xatoliklar;
– sub’ektiv xatoliklar.
20
O‘lchash usulining nazariy jihatdan aniq assolanmaganligi natijasida
uslubiy
xatolik
kelib chiqadi.
O‘lchash vositalarining konstruktiv kamchiliklari
tufayli kelib chiqadigan
xatolik
asbobiy xatolik
deb ataladi. Masalan: asbob shkalasining noto‘g‘ri
graduirovkalanishi, qo‘zg‘aluvchan qismining noto‘g‘ri mahkamlanishi va
hokazolar.
Asbobning (qurilmaning) xatoligi
– asbobning noto‘g‘ri qo‘yilishidan yoki
uni ba’zi tashqi faktorlar ta’sirida ishlatilishidan kelib chiqadigan xatolikka
aytiladi.
Sub’ektiv xatolik
– kuzatuvchining aybi bilan chiqadigan xatolikdir.
Dostları ilə paylaş: