O‘lchashlar usullari
– bu ma’lum bir o‘lchash vazifasini bajarish uchun
tanlab olingan o‘lchash usullari va vositalarining yig‘indisidir.
O‘lchovni qo‘llash usuliga qarab
bevosita baholash usuli
va
solishtirish
usullari
mavjud.
1.
Bevosita baholash usuli
– izlanayotgan kattalik qiymatini o‘lchash
vositasining ma’lum birliklarda graduirovkalangan moslamasidan bevosita
aniqlash demakdir.
13
2.
O‘lchov bilan solishtirish usuli
– o‘lchanayotgan kattalikni ma’lum bir
mavjud bo‘lgan o‘lchov bilan solishtirish demakdir.
3-rasm. O‘lchash usullari.
O‘lchov bilan solishtirish uslubi quyidagilarga bo‘linadi:
nol uslubi,
differensial(ayirmali o‘lchash) usuli, almashish usuli
va
mos kelish usuli.
Ayirmali o‘lchash (differensial) usuli
– o‘lchov bilan taqqoslash usulining
turi hisoblanib, o‘lchanayotgan kattalikning va o‘lchov orqali yaratilgan
kattalikning ayirmasini (farqini) o‘lchash asbobiga ta‘sir qilishdir. Misol qilib
uzunlik o‘lchovini qiyoslashda uni komparatorda namunaviy o‘lchov bilan
taqqoslab o‘tkaziladigan o‘lchash yoki, voltmetr yordamida ikki kuchlanish
orasidagi farq ∆U ni o‘lchash, bunda kuchlanishlardan biri U
0
juda yuqori
aniqlikda ma’lum, ikkinchisi U
x
esa izlanayotgan kattalik hisoblanadi.
∆U = U
0
– U
x
; U
x
= U
0
– ∆U
14
U
x
bilan U
0
qanchalik yaqin bo‘lsa, o‘lchash natijasi ham shunchalik aniq
bo‘ladi.
Nolga keltirish usuli (nol usuli)
– bu ham o‘lchov bilan taqqoslash usulining
bir turi hisoblanadi. Bunda kattalikning taqqoslash asbobiga ta‘siri natijasini nolga
keltirish lozim bo‘ladi. Masalan, elektr qarshiligini qarshiliklar ko‘prigi bilan to‘la
muvozanatlashtirib o‘lchash. Potensiometrlar, muvozanatlashtirilgan ko‘priklar
nolga keltirish usuliga asoslanib ishlovchi asboblar hisoblanadi. Bu usul
o‘lchashning yuqori aniqligini ta’minlaydi.
Almashish (o‘rindoshlik) usuli
– o‘lchov bilan taqqoslash usulining turi
hisoblanib, o‘lchanayotgan kattalikning o‘lchov orqali yaratilgan ma‘ lum qiymatli
kattalik bilan o‘rin almashishiga asoslangan.
Misol, o‘lchanadigan massa bilan tarozi toshini bir pallaga galma – gal
qo‘yib o‘lchash yoki qarshiliklar magazini yordamida tekshirilayotgan rezistorning
qarshiligini topish.
Mos kelish usuli
– o‘lchov bilan taqqoslash usulining turi. O‘lchanayotgan
kattalik bilan o‘lchov orqali yaratilgan kattalikning ayirmasini shkaladagi belgilar
yoki davriy signallarni mos keltirish orqali o‘tkaziladigan o‘lchash. Masalan,
kalibr yordamida val diametrini moslash.
O‘lchash asbobi va o‘lchash obyekti orasidagi munosabatga qarab o‘lchash
usullarini quyidagi ikki turga ajratish mumkin:
1). Kontaktli о‘lchash usuli -
asbobning sezgir elementi о‘lchash obyektiga
(jismga) tegizib о‘lchash usuli. Masalan: diametr, uzunlik va temperaturani
о‘lchash.
2). Kontaktsiz о‘lchash
- о‘lchash asbobining sezgir elementi obyektga
tegizmasdan о‘lchash. Masalan: masofani radiolakator bilan о‘lchash, elektr
kattaliklarni maxsus kontaktsiz o‘lchash asboblari yordamida o‘lchash.
Har bir tanlangan usul o‘z uslubiyotiga, ya’ni o‘lchashni bajarish
uslubiyotiga ega bo‘lishi lozim. O‘lchashni bajarish uslubiyoti deganda, ma’lum
usul bo‘yicha natijalarini olish uchun belgilangan tadbir, qoida va sharoitlar
tushuniladi.
|