16
kattaliklar hisoblanadi. Bularga kuch, tezlik,
tezlanish, bosim, zichlik, elektr
kuchlanish va boshqalar kiradi.
O‘zDSt 8.010:2002 «O‘zbekiston Respublikasining o‘lchashlar birliligini
ta’minlash davlat tizimi. Metrologiya. Atamalar va ta’riflar. 1-qism.
Asosiy va
umumiy atamalar» standartida asosiy va hosilaviy kattalik tushunchalariga
quyidagicha ta’rif berilgan:
Asosiy kattalik
– tizimga kiradigan va tizimning
boshqa kattaliklaridan
mustaqil deb shartli ravishda qabul qilingan kattalik.
Hosilaviy kattalik
– tizimga kiradigan va bu tizimning asosiy kattaliklari
orqali aniqlanadigan kattalik.
Nofizik kattaliklar ijtimoiy fanlar (falsafa,
sotsiologiya, iqtisod, ...) da
qo‘llaniladi. Bu kattaliklarni qiymatlarini ifodalash uchun kattalik birliklari mavjud
emas, shu sababli ularni faqatgina baholash mumkin.
Kattaliklarni
additiv
va
noadditiv kattalilar
ga ham ajratiladi.
Additiv kattalik
– turli qiymatlarni jamlash, sonli koeffisiyentga ko‘paytirish,
bir-biriga bo‘lish mumkin bo‘lgan kattalikdir. Misol uchun, uzunlik, massa, vaqt,
kuch, bosim ba boshqalar additiv kattaliklarga kiradi.
Noadditiv kattalik
–
qiymatlarni jamlash, sonli koeffisiyentga ko‘paytirish
yoki bir-biriga bo‘lish ma’nosiz bo‘lgan kattalikdir. Masalan, termodinamik
temperatura (O‘zDSt 8.010:2002 «O‘zbekiston Respublikasining o‘lchashlar
birliligini ta’minlash davlat tizimi. Metrologiya. Atamalar va ta’riflar. 1-qism.
Asosiy va umumiy atamalar»).
Dostları ilə paylaş: