Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jarayonlarning


Sig‘imning namunaviy va ishchi o‘lchovlari



Yüklə 8,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/106
tarix22.10.2023
ölçüsü8,92 Mb.
#159508
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   106
Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jaray

Sig‘imning namunaviy va ishchi o‘lchovlari 
sifatida o‘zgarmas va 
o‘zgaruvchan sig‘imli havo yoki boshqa turdagi dielektrikli (slyuda) 
kondensatorlar xizmat qiladi. Sig‘im o‘lchovlariga qo‘yiladigan asosiy talablar - 


45 
chastota va temperaturaning o‘zgarishi hamda vaqt o‘tishi natijasida sig‘imning 
kam o‘zgarishi, dielektrik isrofni tavsiflovchi isrof burchagi tangensining 
kichikligi, izolyatsiya qarshiligining kattaligi va bardoshliligidir. Bu talablarga 
ko‘p jihatdan havo dielektrikli kondensatorlar javob bersa-da, sig‘im qiymatining 
kichikligi tufayli geometrik o‘lchamlari nisbatan katta bo‘ladi. Alohida sig‘im 
o‘lchovlari bilan bir qatorda sig‘im magazinlari ham ishlatiladi. Bu magazinlar 
yordamida 0,0001...1000
 
mkF oralig‘idagi sig‘imlarni olish mumkin. 
Magnit oqimining ishchi o‘lchovlari 
sifatida aktiv qarshiligi, induktivligi va 
o‘ramlararo sig‘imi kichik bo‘lgan o‘zaro induktiv g‘altaklar ishlatiladi. O‘zRST 
8.030-92 ga muvofiq bu o‘lchovning qiymati 0,01
 
Vb qilib belgilangan. 
 
Magnit maydon kuchlanganligining namunaviy va ishchi o‘lchovlari
tokli 
induktiv g‘altaklar ko‘rinishida yasaladi. O‘zRST 8.097-73 ga ko‘ra ushbu 
o‘lchamlarning nominal qiymatlari 0,01...30
 
MGs chastota diapazonida 2·10
-3
dan 
0,5·10
-5
 
A/m gacha qilib belgilangan. 
 
Magnit induksiyasining namunaviy va ishchi o‘lchovlari
kvars karkasga 
o‘ralgan induktiv g‘altak bo‘lib,
 
u toki 1
 
A bo‘lgan zanjirga ulanadi. Bu o‘lchovlar 
10
-10 
dan 5·10
-2
Tl gacha bo‘lgan magnit induksiyasini 0,0005% gacha bo‘lgan 
xatolik bilan hosil qilish uchun qo‘llaniladi. 
Elektr va magnit kattaliklari o‘lchovlarining asosiy parametri bo‘lib ularning 
nominal va haqiqiy qiymatlari xizmat qiladi. O‘lchovning pasportida keltirilgan 
qiymati
nominal,
aniq o‘lchash sharoitidagi qiymati esa uning
haqiqiy qiymatlari 
deb ataladi. Xatoliklarining qiymatlariga qarab o‘lchovlar
aniqlik sinflariga 
bo‘linadi. O‘lchovlarning aniqlik sinflari ularning umumlashgan tavsifi 
hisoblanadi. 

Yüklə 8,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin