(shaklining proporsivasining o'zgarishi). Yangi tug'ilgan bolaning
yuragi ko'ndalang holatda va deyarli sharsimon shaklda b o ‘ladi.
Nisbatan ancha katta b o ig a n jig ar diafragmaning gumbazini an
cha balandga ko'taradi, shundan yangi tug'ilgan bolaning yura
gi balandroqda (to'rtinchi chap qobirg‘alar oraligM darajasida)
joylashgan boMadi. Hayotning birinchi yilini oxirida o'tirish, tik
turish natijasida va diafragmani pastroqqa tushishi tufayli yurak
ko'ndalang joylashish holatini oladi. 2 -3 yoshga yetganda yurak
ning uchi V qobirg'agacha yetadi, 10 yoshli bolalarda esa deyarli
voyaga yetgan odam lardagidek holatni egallaydi.
Hayotning birinchi yilida bolalarning yuragining bo'lm acha-
lari qorinchalarga nisbatan tez o'sadi, so'ngra ular bir xil tezlikda
o'sishadi va faqat 10 yoshga yetganidagina qorinchalarning o'sishi
bo'lm achalarnikidan ustun bo'ladi.
Bolalarning yuragi voyaga yetgan odam larnikiga nisbatan kat
ta. Bolalarda yurakning massasi ularning tirik massasining 0 ,6 3 -
0,80 % ni tashkil qilsa, voyaga yetgan odamlarda esa 0,48-0,52 %
ni tashkil etadi. Yurak bolalarning hayotini birinchi yilida ancha
jadal cfsadi: sakkiz oylik bo'lganda yurakning massasi ikki marta-
ga, uch yoshga kelib uch martaga, besh yoshga kelib 4 martaga,
10 yoshga kelib esa 11 martaga kattalashadi.
0 ‘g ‘il. bolalarda tu g ‘ilganidan keyingi birinchi yilda yurakning
massasi qiz bolalarnikidan ortiq bo'ladi.
12-13 yoshga borganida qiz bolalarda yurakning kuchli o'sish
davri boshlanadi va uning massasi o 'g 'il bolalarnikidan ortiq b o 'la
di. 16 yoshga borganidan keyin yana qizlarning yuragi massa ji-
hatidan o 'g 'il bolalarnikidan orqada qola boshlaydi.
Dostları ilə paylaş: