diabetning rivojlanishiga olib keladi. Bu kasallik paytida to'qim a-
lar qandning o'zlashtirish xususiyatini y o ‘qotadi hamda uni gliko-
genga aylantirish va jigarda jamlanishi ham buziladi. Shu sababli
qondagi qandning miqdori doimo ko'tarilgan, bu esa uning siydik
bilan kuchli ajralishini chaqiradi.
Glukozaning organizm uchun ahamiyati uning energiya man-
bayi ekanligi bilan tamom b oim ayd i. U sitoplazm atarkibiga kiradi
va demak, ayniqsa, o'sish davrida yangi hujayralar hosil bo'lishi
uchun zarur. Uglevodlar nuklein kislotalar tarkibiga ham kiradi.
Uglevodlarning markaziy asab tizimidagi moddalar almashinu-
vida ham ahamiyati ju d a kattadir. Qon tarkibida qandning miqdori
keskin kam ayganida asab tizimi faoliyatida keskin buzilish kuzati-
ladi. M uskullarning tortilishi, alahsirash, hushini yo'qotish, yurak
faoliyatining o'zgarishi boshlanadi. Agarda bunday odamning qo-
niga glukoza kiritilsa yoki odatiy qand yedirilsa. m a’lum muddat-
dan keyin bu o g 'ir sim.ptoml.ar yo'qoladi.
Ovqatlar tarkibida qand yoki uglevodlar bo'lm aganida ham qon-
da qand yo'qolm avdi. chunki organizmda oqsillardan va yog'lar-
dan ham uglevodlar hosil b o ia d i.
Turli a'zolarning glukozaga bo'lgan talabi har xil. Masalan. jigar
o'ziga kelgan glukozaning 12 % gacha bo'lgan miqdorini ushlab
qolsa, ichaklar - 9 %, muskullar - 7 %, buyraklar - 5 % ushlab qola-
di. Taloq bilan o'pkalar umuman glukozani o'zida ushlab qolmaydi.
Dostları ilə paylaş: