Fiziologiyasi va gigiyenasi


Bosh miya po‘stIog‘ida qo‘zg ‘alishlarning analizi



Yüklə 12,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/252
tarix22.10.2023
ölçüsü12,82 Mb.
#159515
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   252
Yosh-fiziologiyasi-va-gigiyenasi-Z.Rajamurodov-va-b.

5. 3. Bosh miya po‘stIog‘ida qo‘zg ‘alishlarning analizi
(tahlili) va sintezi (umum lashtirilishi)
A nalitik-sintetik faoliyat haqida tushunchalar. 
Katta yarim- 
sharlar po 'stlo g 'ig a tushayotgan impulslarning asosiy manbayi 
bo'lib organizmning retseptorlari bilan qabul qilinuvchi tashqi 
dunyoning va ichki muhitning ju d a ko'plab qo'zg'atuvchilari hi­
soblanadi. Po'stloqqa tushayotgan impulslar analizi farqlanadi va 
sintezlanadi — umumlashtiriladi va sharhlanadi.
Ayrim q o ‘zg"alishlarni po'stloqda farqlanishi, qismlarga ajrati- 
lishi va bo'linishi, y a ’ni ularning differensiyasi bosh miya po'st- 
log'ining tahlillovchi faoliyatining namoyon boiishidir.
Shuni qayd qilish kerakki, qo'zg'alishlarning dastlabki tahlili 
retseptorlardayoq boshlanadi (ulardan biri nur qo'zg'atuvchilarini, 
boshqasi - tovush, uchinchisi - kimyoviy va boshqalar). Tahlilning 
eng oliy shakli katta yarimsharlar p o 'stlog 'id a yuz beradi.
Bosh miy aning analitik faoliyati uning sintetik faoliyati bilan uz- 
viy bog'langan bo'lib, turli qismlarida turli qo'zg'atuvchilar ta ’siri 
ostida yuzaga kelgan qo'zg'alishlarni umumlashtiradi va sharhlash 
bilan namoyon boMadi. Katta yarim sharlarning sintetik faoliyati­
ga misol bo'lib har qanday refleksni hosil qilishda uning asosida 
votuvchi vaqtinchalik bog'lanishlar xizmat qiladi. M urakkab sin­
tetik faoliyat ikkinchi, uchinchi va oliy tartibdagi reflekslar hosil
www.ziyouz.com kutubxonasi


b o iish id a namoyon bo'ladi. Umumlashning asosida q o 'z g ’alish- 
ning irradiatsiya (to iq in sim o n tarqalishi) jarayoni yotadi.
Analiz va sintez bir-biri bilan uzviy bog'liq va po'stloqda m urak­
kab analitik-sintetik faoliyat kechadi.
Dinam ik steriotip. 
Organizmga tashqi dunyo ayrim. alohida 
qo'zg'atuvchilar bilan ta'sir etmay, balki, odatda. bir vaqtda va 
navbatma-navbat qo'zg 'atu v ch i tizim bilan ta'sir ko'rsatadi. Agar- 
da ushbu tizim shu tartibda. tez-tez takrorlansa, bu esa bosh miya 
p o 'stlo g 'i faoliyatida tizimli yoki dinamik steriotip hosil bo'lishiga 
olib keladi.
Dinam ik steriotip bu qat'iy bir vaqtda navbatma-navbat ba­
jariladigan m ustahkam langan shartli reflektor aktlam ing zanjiri va 
organizmning musbat (m ustahkamlangan) va manfiy (inustahkam- 
lanmagan) shartli qo'zg'atuvchilarning murakkab tizimli reaksi­
yasining natijasi hisoblanadi.
Steriotipni hosil qilish - bu po'stloqning murakkab sintezlov- 
chi faoliyatiga misoldir. Odatda. steriotipni hosil qilish juda qiyin, 
lekin u hosil qilinsa. uni q oilab-quvvatlab turish uchun po'stloq 
faoliyatida jiddiy kuchlanish talab qilinmaydi. K o'pchilik ta'sirlar 
bu paytda o 'z-o 'zid an bajariladi (avtomatik holda). Dinamik ste­
riotip odamlarda odatlarni hosil bo'lishi, mehnat operatsivalarida 
bajariladigan ishlarni m a'lum tarzda shakllanishi, turli murakkab 
ishlarni bajara olishiga asos bo'ladi.
Yurish. yugurush, chang'ida sayr qilish, royalda o'ynash, ovqat- 
lanishda pichoq, qoshiq. sanchqidan foydalanish, xat yozish -
bulam ing hammasi katta yarim sharlar p o 'stlo g 'id a hosil bo'luvchi 
dinam ik steriotipning asosida yotuvchi ko'nikm alar hisoblanadi.
Har bir odamning kun tartibining asosida dinamik steriotipning 
hosil bo'lishi yotadi. Steriotip uzoq yillar davomida saqlanib qoladi 
va odamlarning xulq-atvorini asosini tashkil qiladi. Steriotiplarni 
o'zgartirish juda qiyin kechadi. odatda, uni o'zgartirish m um kin 
emas. Esga oling bola yozishda ruchkani n o to 'g 'ri ushlashga, par- 
tada, stolda n o to 'g 'ri o'tirishga va boshqalarga o'rgangan bo'lsa, 
uni esidan chiqarish qanchalik qiyin. Steriotiplarni o'zgartirish-
www.ziyouz.com kutubxonasi


ni qiyin ekanligi bolalarni, ularning hayotini dastlabki yillaridan 
boshlab tarbiyalash va o'qitish usullarining to 'g 'ri ekanligiga aso­
siy e'tiborni berish kerak.

Yüklə 12,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   252




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin