Fiziologiyasi va gigiyenasi


G o‘d a k lik - emadigan yosh (10 kundan 1 yilgacha)



Yüklə 12,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/252
tarix22.10.2023
ölçüsü12,82 Mb.
#159515
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   252
Yosh-fiziologiyasi-va-gigiyenasi-Z.Rajamurodov-va-b.

G o‘d a k lik - emadigan yosh (10 kundan 1 yilgacha). 
Bu yosh­
da moddalar almashinuvi jarayonlari juda jadal kechadi va ularning 
bo'yini va vaznining ortishi kuzatiladi. Ovqat hazmi a'zolari funk- 
siyalarini tiklanishi jadal darajada boradi. lekin bu jarayonni tugal- 
lanishdan ancha orqada qolavotganligi sababli, emadigan bolalarda 
tez-tez m e'da-ichaklar tizim ining buzilishi kuzatilib turadi.
Ona organizmidan olingan immunitet tufayli bolalar 3 oylik 
yoshgacha yuqumli kasalliklar bilan kasallanmaydi. Bu davrda bo­
lalar (2,5-3 oylikkacha) boshini vertikal holatda ushlash qobiliya- 
tiga erishadi. Aynan ana shu davrda bolalarning nafas harakatlari­
ning (ritmining) tabiiy holdagi kamayish belgilari qayd qilinadi.
2,5-3 oylikdan 5 -6 oylikkacha bo'lgan davrda o'tira boshlay­
di, ona suti bilan qo'shim cha oziqalarni iste'm ol qila boshlaydilar. 
6 -7 - oylarda bolaning dastlabki sut tishlari chiqa boshlaydi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


5-6 oylikdan 11-12 oylikkacha tik turishni o'rgana boshlaydi 
va sekin-asta aralash ovqatlarni iste'm ol qilishga o ‘ta boshlaydilar.
Dastlabki 3 -4 - haftalar davomidagi hayotning katta qismida bo­
lalar uxlaydi. qisqa muddatli bedorlik tufayli shartli reflekslar hosil 
qilish ancha chegaralangan va katta miqdorda shartsiz reflekslar 
bilan birgalikda takrorlash zarur b o ia d i. Hayotning 1- oyida hosil 
qilingan shartli reflekslar chidamsiz b o ia d i. Oziqaviy q o ‘z g ‘atuv- 
chilar bilan hosil qilingan shartli reflekslar him ova va eksteroretsep- 
torlarni q o 'z g ’atishdan hosil qilingan shartli reflekslarga nisbatan 
ancha chidamli b o ia d i.
Bola onasini ko'rgan paytda «kompleks harakatlar» bilan o 'z 
quvonchini nam oyon qilsa, qoshiq bilan dorini ko'rganida esa qich- 
qirib y ig ia y d i va teskari o'girilib oladi.
A nalizatorlar tizimining morfologik yetilish darajasiga qarab 
yangi-yangi shartli reflekslar hosil b o ia d i. G o'daklik davrida bo­
laning barcha analizatorli tizimlari jiddiy darajadagi yetilishga ega 
b o ia d i va shartli reflektor bog'lanishlar hosil qilishga qo‘shiladi.
Bolalar hayotining birinchi yarim yilidagi oliy asab faoliyati­
ning ajralib turuvchi xususiyatlaridan biri b o ‘lib, bir vaqtning 
o'zidagi q o 'zg 'alish komplekslariga (oziqlantirish paytidagi tana- 
ning holatiga hosil b o ia d ig an refleks misol b o iib hisoblanadi) 
shartli reflekslar hosil qilaolish xususiyatidir. Bu davrdagi javob 
reaksiyalari yakka reflektor-aktlar bo'lib hisoblanadi (misol, ko'zni 
ochib-yumish). Bu davrda bir necha reflektor aktlardan zanjirlar 
shakllana olmaydi.
Bolalarning asab hujayralarining funksional imkoniyatlari past 
bo ig an lig i sababli. ular ancha oson chegaradan chiqqan torm ozla­
nish va uyqu holatiga tushadilar. Bolalar hayotining birinchi kun- 
laridanoq shartsiz torm ozlanishlar namoyon b o 'la boshlaydilar. 
Agar ularning biron joyida o g i'iq li nuqta b o is a , bolalar emchakni 
og'ziga olmaydi. Bolalarning bu hayoti davrida shartli torm ozla­
nishlar hosil b o 'la boshlaydi, lekin qo'zg'atuvchi jarayon kuchi- 
ning zaifligiga k o ‘ra, ya'ni chamalash refleksining aniqligiga qarab 
bu jarayon juda o g ir, katta shaxsiy farqlar bilan hosil b o ia d i.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Hayotning 3 -4 ovlarida sun'iy eshitish va k o iis h shartli 
q o ‘z g ‘atuvchi lam ing aniq tabaqalanishi kuzatiladi. Yana biroz ke- 
yinroq (5- oylikka yaqin) kechikuvchi torm ozlanishlar hosil bo'la 
boshlaydi.
Bolalar hayotining birinchi yilini, ikkinchi yarmida ularning be- 
dorlik vaqti 10 soatgacha yetadi. Bu esa bolalarda ko'plab yangi 
musbat va manfiy shartli reflekslarni hosil bo'lishiga olib keladi va 
kechikuvchi tormozlanish rivojlanadi. Bu davrda chamalash reak- 
siyalarini chaqiruvchi boshqa q o'zg'atuvchilar ta'siri natijasidagi 
bolalarning kerak bo'lm agan reaksiyalarini tormozlovchi. to'xta- 
tuvchi tashqi torm ozlanish muhim rol o'vnaydi.
Bolalar hayotining birinchi yili davomida uning normal rivojla- 
nishi uchun uyqu, bedorlik, oziqlanish va toza havoda aylanishlar- 
ning q at’iy tartibiga rioya qilish muhim hayotiy rol o'ynaydi, ya'ni 
shartli reflekslar tipini hosil qilish. ularning o'zgarishi. tartibini bu­
zilishi, bolalarni og'riqli reaksiyalarga olib boradi.
Bolalar nisbatan erta (1,5 oydan boshlab) atrofda o'tirganlarning 
so'zlariga reaksiya qila boshlaydilar. Bu paytda birgina aytilgan 
so'zlar tovushiga emas balki odamga. uning mimikasiga reaksi- 
yalar yuzaga keladi. Agar shu paytda bolaga gapirayotgan odamlar- 
ni aritukulatsion mimikasi ko'rinm asa unga gapirilgan gaplarga 
hech qanday reaksiya qilmaydi.
Aytilgan so ‘zlarni tushunish quyidagi tartibda bajariladi: dastlab 
bolani o ;rab turuvchi narsalarning nomlari qabul qilinadi, o'yin- 
choqlarning nomi, voyaga yetgan odamlarning ismi, keyin pred- 
metlarning ko'rinishi, so‘ngra tana va yuzning qismlarini nomlari 
tushuniladi.
1,5 oylikdan boshlab harakat tovusblarining rivojlanishi boshla­
nadi. Bolalar sekin-asta gapirishdan, tili chiqishdan oldingi tovush- 
li reaksiyalar deb ataluvchi ancha murakkab tovushlar chiqaradi. 
Ular orasidan kevinchalik alohida-alohida so'zlarning elementlari 
bo'lib qoluvchi ko'plab tovushlarni farqlash mumkin.
Normal rivojlanuvchi bolalarda til chiqish oldidan quyidagi nav- 
batlashuvning rivojlanishi aniqlanadi:
www.ziyouz.com kutubxonasi



Yüklə 12,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   252




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin