O. T. Alyaviya, s h. Q. Q o d ir o V, A. N. Q o d ir o V, s h. H. H a m r o q u L o V, E. H. H a u L o V



Yüklə 13,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə165/238
tarix22.10.2023
ölçüsü13,57 Mb.
#159708
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   238
Normal fiziologiya (O.Alyaviya va b.)

Markaziy xemoretseptorlar.
M arkaziy xemoretseptorlamingjoylashgan nuqtasi 
oxirigacha aniqlanmagan. Uzunchoq miyaning ventral yuzasidajoylashgan neyronlar 
yig‘indisi to ‘qimalararo suyuqlikda C 0 2 tarangligiga va vodorod ionlari miqdori 
o ‘zgarishiga ta’sirchan.
Markaziy xemoretseptorlarmavjudligini oddiyyo‘l bilan isbotlash mumkin: agar 
tajribada hayvonlaming arterial va sinokaroti nervlari kesib q o ‘yilsa, ular nafas 
markazining gipoksiyaga sezgirligi yo‘qoladi, lekin giperkapniya va atsidozga 
sezgirligi to ‘liq saqlanib qoladi. M iya o ‘zagi uzunchoq miyaning yuqorisidan kesib 
q o ‘yilsa, yuqoridagi xarakterdagi reaksiya kuzatilmaydi. Markaziy xemoretseptorlar 
m iyam oddasida0,2 mm qalinlikdajoylashgan. Ikkita retseptor maydon farqqilinadi 
va ular o'rtasida alohida maydon bor. 0 ‘rtadagi maydon H* ionlari miqdorini 
sezmaydi. Agar shu maydon buzilsa, ikki yon tomondagi m aydonlar sezgirligi 
y o ‘qoladi.
M arkaziy xem oretseptorlar p eriferik xem oretseptorlarga nisbatan nafas 
markaziga kuchliroq ta’sir ko'rsatadi. 0 ‘pka ventilyatsiyasini sezilarli o ‘zgartiradi. 
O rq a m iya suyuqligi faol re a k s iy a s in in g (P H ) 0,01 g a p a s a y is h i o ‘pka 
ventilyatsiyasini 4 l/'min ga oshiradi.
Geperkapniya va atsidoz m arkaziy xemoretseptorlar faoliyatini kuchaytiradi, 
gipokapniya va alkaloz tormozlaydi. Arterial qonda C 0 2 tarangligi o ‘zgarishini 
markaziy xemoretseptorlar (20-30 sek) periferik xemoresetorlarga (3-5sek) nisbatan 
sekinroq sezadi.
Nafas boshqarilishida boshmiyayarim sharlari po ‘stlog 'ining ahamiyati.
Nafesni 
boshqarishda uzunchoq miya markazlaridan tashqari M NT ning boshqa qismlari 
ham qatnashadi. Ayniqsa bosh m iya katta yarim sharlari p o ‘st!o g ‘i alohida 
ahamiyatga ega. Ular tashqi rauhit o ‘zgarishlari va organizm ning hayot faoliyati, 
shuningdek, ehtiyojiga qarab nafasni moslashtiradi.
Nafas harakatlariningritmik va chuqurligining ixtiyoriy ravishda o ‘zgartirilishi, 
shuningdek, nafasning 4 0 -6 0 sek va undan ortiq vaqt ushlab turilishi, bosh miya 
yarim sharlari po‘st!og‘ining nafasni boshqarishda ishtirok etishini isbotlovchi 
misol bo'la oladi.
Inson va hayvonlarda bosh m iya yarim sharlari p o ‘stlog‘ining ayrim sohalari 
ta ’sirlanganda o ‘pka venlilyatsiyasi kuchayganligi, ayrim sohalari ta ’sirlanganda 
esa o ‘pka vensilyatsiyasi pasayganligi kuzatiladi. Limbik soha ta ’sirianganda o ‘pka 
ventilyatsiyasi keskin pasayganligi kuzatiladi. Boshmiyayarim sharlari po‘stlog‘ida
263
www.ziyouz.com kutubxonasi


nafas faoliyatiga ta ’sir etuvchi aiohida sohalar yo‘q. Nafasga bog'liq o ‘zgarishlami 
uning turli sohalarini la ’sirlash yo‘li bilan hosii qilish mumkin. Somatosensor va 
orbital so h a la r ta ’sirlanganda sezilarli o ‘zgarishlar namoyon b o ‘ladi. Agar 
hayvonlarning bosh miya yarim sharlari p o ‘stlog‘i olib tashlansa va 1-2 min 
davomida b ir necha qadam qilishga to ‘g ‘ri kelsa, u holda hayvonda rivojlangan, 
uzoq davom etadigan nafas yetishmovchiligini kuzatish mumkin, y a’ni tez-tez va 
kuchaygan nafas. Sliundan ko'rinib turibdiki, MNS ning yuqori qismiari ishtirokisiz 
nafas faoliyati tashqi muhit o ‘zgarishlariga va organizmga qo‘yi!gan talabga 
m oslasha olm as ekan.
Nafasning shartli refleks yo‘li bilan o ‘zgarishi mumkinligi sportchilarda startdan 
oldin nafasning o'zgarish faktlarini, ya’ni musobaqa boshlanishdan a w a l nafasning 
chuqurlashishi va tezlashishini tushuntirib beradi. Nafasning start oldidagi bu 
o ‘zgarishlari moslanish uchun ahamiyatli bo‘lib, sportchi organizmida ko‘p energiya 
sarflanishini ham da oksidlanish jarayonlarining kuchayishini talab qiladigan 
mashg‘ulotlarga tayyorlash imkonini beradi. 0 ‘pka ventilyatsiyasining hajmini 
oshiradigan nafas harakatlarining shartli refleks yo‘li bilan chuqurlashishi va 
tezlashishi, shuningdek, yurak qisqarishlarining tezlashishi va kuchayishi, natijada 
qonning m inutlik hajmi ortishi tufayli ishlayotgan muskullarga zarur kislorodning 
q o ‘shim cha miqdori yetkazib beriladi, hosii bo‘lgan karbonat angidrid esa jadal, 
jismoniy ish vaqtida qonda karbonat kislota va almashinuvning boshqa mahsulotlari 
(sut kislotasi va h. k) to ‘píana boshlashdan ancha ilgariyoq chiqarib tashlanadi. 
Nafasni boshqaruvchi shartli reflekslar muayyan jism oniy ishni mashq qilish 
jarayonida vujudga keladi. Mashq qilgan odamlarda nafas boshqarilishining shartli 
reflektor mexanizmi ancha takomillashgan.
Odam gapirganda va ashula aytganda nafas harakatlariga bosh miya katta yarim 
sharlari p o ‘stlog‘ining boshqaruvchi ta ’siri ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi.
T u rli sh a ro itla rd a nafas oiish. Jism o n iy ish vaqtida nafas. Jismoniy ish 
bajarayotganda organizmning kislorodga boMgan ehtiyoji va karbonat angidrid ishlab 
chiqarishi o ‘rta hisobda 15-20 baravar ortadi. Bir vaqtning o‘zidao‘pka ventilyatsiyasi 
to‘qimalarga kerakli boMgan 0 2 ni yetkazib beradi v a C 0 2 dan halos qiladi.
H ar b ir insonda tashqi nafas ko'rsatkichi o'ziga xos b o lib , nafas olish soni 
m inutda 16-25 tagacha yetadi, nafas hajm i esa 0 ,5 0 -2 ,5 1 gacha boMishi mumkin. 
Jism oniy ish bajarganda o‘pka ventilyatsiyasi, bajarayotgan ishga va 0 2 iste’mol 
qilishga proporsional ravishda o ‘zgaradi. Chiniqmagan, muntazam jism oniy ish 
bilan shug‘ullanmagan odamlarda kuchli ish bajarganda o ‘pkaning minutlik hajmi 
m inutiga 80 l/min dan ortmaydi. Chiniqqan odamlarda esa minutiga 1 2 0 -1 5 0 1 va 
undan yuqori bo‘lishi mumkin.
Jism oniy ish vaqtida kislorod iste’mol qilish minutiga 100 

Yüklə 13,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   238




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin