Asr oshgan asarlar


Navoiyga. — Qonli g‘avg‘odan so‘ng tinchlik, deng! — kino-



Yüklə 7,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə125/161
tarix22.10.2023
ölçüsü7,98 Mb.
#159903
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   161
Navoiy romani. Oybek

Navoiyga.
— Qonli g‘avg‘odan so‘ng tinchlik, deng! — kino-
yali ovoz bilan dedi Navoiy.
Ba’zilar beixtiyor kulib qo‘yishdi. Arslonqul nima
deyishini bilmay, uyalganday, atrofga alangladi.
Mudofi’lardan biri voqeani tafsili bilan bayon qildi.
Navoiy yigitlarga dalda beruvchi so‘zlaridan keyin
hushyor bo‘lmoq kerakligini uqtirdi.
469


— Endi yaqinlashsalar, shoti-potisi bilan ag‘dara-
miz! — dedi mudofi’lardan biri beparvolik bilan
qo‘lini siltab.
— Ogoh bo‘lsangiz, ag‘darursiz, aks holda, bu
azim tog'dan sizni uloqtirurlar! — oy nurida kumush-
langan soqollariga yoyilgan tabassum bilan dedi
Navoiy.
Keyin jasadlami ehtiyot bilan yig‘ishga buyurdi
ham asta-asta yurib ketdi. Oydinda turli vaziyatda
ch o‘zilib yotgan qonli gavdalarga ko‘z tashlab,
Valibekka qaradi, chuqur afsusni ifoda qilgan bir
harakat bilan boshini tebratdi. Valibek keskinlik bilan
dedi: «Uvollari shahzodaning bo‘yniga!»
Jasadlami yig‘ishtira boshladilar. Yigirma qadam-
cha narida katta sallasining pechini yelkaga tushirgan,
uzun to‘ni ustidan qilich taqqan qandaydir bir mul-
labachcha bir gavda yonida cho‘kkalab, birdan dardli
qichqirdi: «Hey, ko‘hna falak, ey g ‘addor qismat!
Xurosonning bu bebaho gavharini zulm tig‘i bilan
sindirib, tuproqqa qorishtirdingmi?!» Arslonqul ichi-
da: «Mullaning saboqdoshi o ‘lganga o ‘xshaydi. Bu
xalq o ‘zi so‘zda lofchi bo‘ladi. Ular uchun bizlardan
boshqa hamma — Xurosonning bebaho gavhari!» deb
o ‘yladi, keyin mullabachchaga taskin bermoq uchun
bordi. Bir qo‘li bilan mullabachchaning yelkasini

Yüklə 7,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin