Asr oshgan asarlar


Olib tushing pastga. Bechora Zayniddin



Yüklə 7,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə127/161
tarix22.10.2023
ölçüsü7,98 Mb.
#159903
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   161
Navoiy romani. Oybek

Olib tushing pastga. Bechora Zayniddin.
— Jang tomosha emas. Mana, bunday dahshatlari
ham bo‘ladi! — dedi Arslonqul xotiniga piching qilib.
— 0 ‘zim ham bilurmen... — o ‘pkalanib dedi
Dildor.
Uchovlari ehtiyot bilan ko‘tarib, choponga yotqiz-
dilar-da, qo‘rg‘onning qorong‘i zinalaridan pastga olib
tushdilar. Arslonqul bir tanishini arava topib kelishga
yubordi. Mullabachcha Zayniddinning uyiga ketdi.
— Qani, so‘zlangiz, bahodirim! — dedi Arslonqul
Zayniddinning boshida g‘amgin o ‘tirgan xotiniga.
— Kecha bir nafas bo‘lsin, uyga kirib chiqmadin-
giz, — jiddiy gapira boshladi Dildor. — Shahar qur-
shovda qolibdi, degan xabami eshitib, sizdan tashvish-
landim, ba’zi vaqtda haddan tashqari o ‘zingizga
ishonasiz. Xuftondan keyin uzoqdan vahimali tovush-
lar eshitildi. Yuragim hovliqdi. Sira uyqum kelmadi.
Kampimi uxlatdim, rahmatli cholning chakmonini
kiydim. Qalpoqni bostirib kiyib, sochimni yashirdim.
471


Ha, bundan awal Tangriberdi yasovulnikiga chiqib,
uning qizidan siz uchun, deb qilich so‘radim. Yaxshi
qilich berdi. Ko‘rdingizmi, buni qarang, yolg‘iz qini
qancha turadi? — qilichni ko‘rsatib, davom etdi
Dildor. — Qilichni taqib oldim. T o‘g‘ri Qipchoq dar-
vozasiga keldim. Bizga yaqin. Siz shu yerda bo‘lsangiz
kerak, deb o ‘yladim. Odam qalin. Har kim o ‘zi bilan
ovora. Hech kim menga qiyo boqmadi. Yigit — yigit!
Qo‘rg‘onga chiqib, aylanib, har uchraganga zimdan
bir qarab, qidirdim. Nihoyat, topolmasligimga ishon-
dim. Bir vaqt mendan naq ellik-oltmish qari1 narida
birdan g‘avg‘o qo‘pdi. Men beixtiyor yugurdim. Yov

Yüklə 7,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin