Asr oshgan asarlar


Elga xizmat qilmoq burchimizdir, — Navoiyning



Yüklə 7,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə135/161
tarix22.10.2023
ölçüsü7,98 Mb.
#159903
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   161
Navoiy romani. Oybek

Elga xizmat qilmoq burchimizdir, — Navoiyning
ishonchi va iltifotidan ta’sirlanib, javob berdi Arslon­
qul.
— Rahmat, — dedi Navoiy, — Vatan va uning
salomatligi uchun har bir jon har lahza o ‘zini qurbon
etmoqqa hozir turmog‘i kerak.
— Ko‘nglingiz to‘q bo‘lsin, taqsir! — dedi ham qul-
luq qilib tashqari chiqdi Arslonqul.
n
Ota-bola orasidagi bema’ni urush, adovat kun sari
Navoiyning yuragini chuqurroq ezardi. Har ikki
tomon qat’iy, uzil-kesil janglarga botinmasdi. Goh-goh
shiddatli to ‘qinishlar ro‘y berar, lekin ular urush
taqdirini hal qilishdan ojiz edi. Urush uzoq davom
etib, inson hayotini oz-oz qamrab, oxirda «Toma-
toma ko‘l bo‘lar», deganday ko‘p qonlar behuda
to ‘kilishi mumkin edi. Yoki Badiuzzamon mamlakat-
ning bir burchiga chekilib, urush-janjal qidirib yurgan-
lar orasida yangi kuchlar to‘plab, yana harakat bosh-
lab, dahshatli falokatlar keltirishi mumkin edi. Bu
andisha Navoiyni qattiq tashvishga soldi, nihoyat,
baloning oldini olishga qaror berdi.
Husayn Boyqaro qoshiga kirib, vaziyatni tushuntir-
di. Isyonchi valiahdi bilan mustahkam sulh barpo
etish kerakligini talab qildi. 0 ‘g‘illarning yuragida
muhabbat va sadoqat, insof va nomusdan biron
uchqun qolmaganiga qattiq ishongan podshoh dastlab
478


bu taklifga e ’tibor bermagandek qaradi. Oylarcha
davom etgan qonli janglardan keyin shikast yeb, sulh
taklif etgan, hatto tiz cho‘kib, o‘z gunohining kechi-
rilishini tilagan o ‘g‘illar, sal o ‘tmay, uning orqasidan
yangi isyon ko‘tarar, u poytaxtga yetib, bir kun orom
olmasdan, qo'shinni orqaga surar edi. Qari, kasal

Yüklə 7,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin