Ko‘ngillarda qayg‘u jo ‘sh urdi. Aziz xastani mahofaga yotqizib, Hirot sari yurdik, hakimlar yo‘lda qon oldilar. Le kin foyda bermadi. Yarim kechada bu mu- borak manzilga yetib keldik... Ey voh, baqosiz falak! Xondamir ko‘z yoshini artib, jim bo‘ldi. Hammaning boshi bukik, ko‘ngli siniq edi. Xondamir hikoyasidan keyin hech kim og‘iz ochmadi. Hamma dardli, og‘ir sukutga botdi. Rangida qon qolmagan odamlar ustma-ust kelardi. Tabiblar benihoyat g‘ayrat ko‘rsatar, yangi-yangilari kelib, davolashga urinardilar. Bu dard ilaki o ‘larmen m araz chu zohir emas, Tabiblar bu baloga ne chora qilg ‘aylar? Shoir o ‘z kasali haqida to ‘g‘ri aytgan ekan shekilli, kasal soat sayin og‘irlashardi. Ertasi, yakshanba kuni, tong chog‘ida shoir hayot bilan vidolashdi. Bukun — hijriy 906-yil, 12-jumodiloxir — tarixda ulug‘ motam kuni bo‘ldi. Butun Hirot hasrat bilan uyg‘ondi. Qora xabar yuraklarga singdi, dardning olovida ko‘mir bo‘lib yondi. Hamma o ‘z boshida o‘lim ko‘lkasini sezar, iqror qilar, lekin ulug‘ shoir uchun buni hatto faraz etishga ham botinmas edi shekilli! Har bir hirotlik yolg‘iz o ‘z yuragida emas, butun shaharda, butun mamlakatda qandaydir ezuvchi bo‘shliq sezardi. G o‘yo hayotga ruh bag‘ishlagan, narsalarga ma’no bergan nimadir g‘oyib bo‘ldi. Katta bog‘lar, xiyobonlar, madrasalar, jomelar, maydonlar, ko‘chalar xalq bilan lim-lim. Lekin butun shahar qan- 1 Podshohning aravasi m a’nosida.
4 8 7
daydir bo‘sh va o ‘ksiz... Qarilaming ko‘rkam soqolla-