Yoshlar qabulxonasi” tashkil etilib fuqarolarning 38904 ta
murojaati 9752ta yozma, 29152ta og’zaki ko’rib chiqildi.
“Yosh vatandoshlar festivali” o’tkazilib 18ta davlatda istiqomat qilayotgan 56 nafar yosh vatandoshlar tashrif
buyurdi.Xududlarda 281334 nafar yoshlar shuningdek 1480
“Fidoiy yoshlar otryadi ” tashkil
etilib ishlarga jalb qilinib mehnat daftarchasiga ega bo’ldilar.
Yoshlar ittifoqining tashabbusi bilan yoshlarga 84,2mld so’mlik ist’emol va 313,9mld
so’mlik ippoteka kreditlari ajratildi.
“Yoshlar press klubi” tashkil qilindi 30 yaqin sessiyada yoshlar muammolari bilan
bog’liq 100 ortiq masalalar muhokama qilindi.
Hozirgi pedagogika-psixologiya fanida yoshlarga ta’sir etadigan bevosita omillar bilan
birgalikda yoshlarga ta’sir etishning jamoa guruhlari asosida yo‘lga qo‘yilishiga katta e’tibor
berilmoqda. Yoshlar hayotini o‘rganish, yoshlarning yuqorida ko‘rsatilgan ta’sirlar bilan birga
turli jamoa guruhlarida bo‘lishi va bu guruhlarning uning shakllanishiga ta’sir etishi beqiyos
ekanligini ko‘rsatmoqda.
Ijtimoiy hamkorlik, hamjihatlik g’oyasi shu boisdan qadimiy ildizlarga va jamiyat
hayotida katta ahamiyatga ega. Ushbu g’oyalar ustun bo’lgan jamiyatda tinchlik, totuvlik,
mustahkam va barqaror taraqqiyot bo’ladi.
Bugungi kunda yoshlarni qiziqtirayotgan muhum masalalrdan biri bu – Yoshlar ittifoqi
a’zosi qanday maqomga ega ekanligidir. Bu masala yoshlarning
“ Yoshlar ittifoqiga mansublik
menga nima beradi?”
degan savolli bilan bog’liq.
Har bir shaxs farzand sifatida o’z oilasiga, ma’lum bir manzilda istiqomat qiluvchi
sifatida o’z mahallasiga, o’quvchi yoki ushchi sifatida o’z korxonasi jamoasiga mansubdir.
Ushbu holatni Xitoy donishmandi; Syun-szi shunday deydi:
“Insonlar baquvvatlik borasida ho’kizdan ojizlik qilib, chopqirlikdan otdan ortda qolsa-da, bu jonivorlarning har