ishlanish uslubiga ko'ra monumental, dastgoh va dekorativ turlarga bo'linadi.
Monumental rangtasvir
Freska
Mozayka
Panno
Monumental rangtasvir me'morlik bilan chambarchas bog'liq bo'lib, bu
turdagi asarlar mustaqil mazmuniga ega hamda ularda
jamiyat hayotidan olingan
muhim voqealar aks ettiriladi. Bunday asarlar odatda uzoqdan ko'rishga
mo'ljallanganligi tufayli obrazlarni iloji boricha umumlashtirilgan holda tasvirirga,
mayda detallardan iloji boricha kamroq foydalanishga-harakat qilinadi. Ranglar
ham birmuncha shartli olinadi, shunga qaramasdan u borliq to'g'risida real tasavvur
berishi kerak. Monumental rangtasvir me'morchilikda ma'lum miqdorda bezash
vazifasini ham o'taydi, shuning uchun ham uni ba'zan monumental - dekorativ
rangtasvir deb ham yuritiladi. Monumental rangtasvir
asarlari bajarilish usuliga
qarab o'z navbatida bir necha turlarga bo'linadi. Bular: freska, mozaika va
pannodir. Freska odatda devorga to'g'ridan to'g'ri suvoq ustiga ishlanadi. Bolonka
rangli tosh, shisha, bo'yalgan oyna, sirli sopol parchalaridan ishlanadi. Devorga
ishlangan surat yoki o'yma naqshlar ba'zan
har xil shakldagi ramkalar
(to'rtburchak, kvadrat, beshburchak va hokazolar) bilan chegaralangan bo'ladi - bu
pannodir. Panno dastlab alohida yuzada (xolstda, ganchda, yog'ochda) ishlanib
olinib bitgandan so'ng devorlarda qoldirilgan maxsus o'rinlarga o'rnatiladi. Lekin
mazmun jihatdan mustaqil xarakterga ega bo’lishi ham mumkin. Ba'zi hollarda
panno dastlab xolstga moy bo'yoq
bilan ishlanib, keyin kerak bo'lgan o'ringa
yopishtiriladi.
Dekorativ rangtasvir me'morchilik va amaliy san'at bilan bog'liq bo'lib,
asosan bezash vazifasini o'taydi. Dekorativ rang tasvirga naqqoshlik san'ati, teatr,
kino dekoratsiyalari va qisman monumental rassomchilik ham kiradi. Dekorativ
rangtasvir monumental rangtasvir singari to'g'ridan to'g'ri devorga ishlanishi,
panno, mozayka tarzida bo'lishi mumkin. Dastgoh rangtasvir hozirgi zamon
tasviriy san'atida yetakchi o'rinni egallovchi san'at turlaridan biri hisoblanadi.
Odatda u maxsus ramkaga tortilgan matolar ustiga ishlanadi.
Bunday rasmlar
molbert deb ataladigan alohida dastgohda ishlangani uchun ham ularni dastgohli
rasmlar deyiladi.
Bunday rassomchilik asarlari jamiyatda bo'layotgan muhim voqea va
hodisalarni
aks
ettirishidan
tashqari,
shaxsning
individual
xislatlarini,
kechinmalari, his-tuyg'ularini to'liq ko'rsatish imkoniyatiga egadir. Shuningdek,
ularda tabiatda bo'layotgan o'zgarishlar o'zining yorqin ifodasini topadi.
Dastgoh
rangtasvir monumental va dekorativ rang tasvirdan farqli o'laroq, mustaqil
ahamiyatga ega, u boshqa biron san'atga bog'lanmaydi. Dastgoh rassomligi
birmuncha kech paydo bo'lgan bo'lib, uning rivojlanish davri Uyg'onish davriga
to'g'ri keladi. Hozirgi kunda esa tasviriy san'at turlari
ichida uning keng tarqalgan
turlaridan biri hisoblanadi.
O'zbekistonda rassomchilikning bu turi asosan XIX asrning ikkinchi
yarmidan boshlab paydo bo'lgan. Hozirgi kunda u o'zbek tasviriy san'atida yetakchi
o'rinlardan birini egallaydi.
Х. Stenveyk. «O’tkinchi dunyo». XVII аср
Peyjaj
- manzara janrida tabiat ko’rinishi
o’z aksini topadi. Unda real yoki hayolan
ko’z oldiga keltirilgan joylar, me’morlik
qurilishlari, shahar ko’rinishi (veduta),
dengiz ko’rinishi (marina) va hokazolar
tasvirlanadi. Voqelik tasviri va inson
atrofini o’rab olgan tabiat ko’rinishi
manzarada o’z aksini topadi.
Dostları ilə paylaş: