O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a a. V. Narbekov dinshunoslik asoslari toshkent



Yüklə 489,79 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/69
tarix24.10.2023
ölçüsü489,79 Kb.
#160199
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   69
Dinshunoslik

Qadimgi Xitoy dini 
Miloddan avvalgi II ming yillikning boshlarida Qadimgi Xitoy dini 
vujudga kelgan. Qabila ittifoqi davlatga o‘sib o‘tishi natijasida hukmron In 
qabilasining homiysi Shandi bosh xudo sifatida qabul qilingan. Qudratli 
xudolarga sig‘inish urug‘-qabila dinlari negizida shakllanganligi sababli 
unda totemiz va animizmning ta’siri kuchli bo‘lgan. Xitoyliklar Shandini 
ulug‘ ajdod sifatida qadrlaganlar. U elat farovonligining himoyachisi, 
ajdodlar an’analariga amal qilinishining nazoratchisi sifatida mazkur tar-
tibni buzganlarni jazolagan. Odamlar unga o‘z kundalik muammolarini hal 
etishda ko‘mak so‘rab sig‘inganlar. Shandining ulug‘ ajdod sifatidagi 
vazifasi keyinchalik ajdodlar ruhiga sig‘inishning mamlakatda keng 
yoyilishiga shart-sharoit yaratgan. 
Miloddan avvalgi XI asrda Xitoyda Chjou sulolasining hukmronligi 
davrida Shandiga e’tiqod Osmon xudosi va ajdodlar ruhiga sig‘inish bilan 
almashgan. Shu bilan birga, hukmdorning Osmon xudosi bilan nasliy 
53


bog‘liqligi g‘oyasi vujudga kelgan va Xitoy «osmonosti imperiya» deb 
ataladigan bo‘lgan. 
Osmon xudosi borliqni belgilovchi o‘zgarmas koinot tartibini 
ifodalaydi. Koinotda amal qiluvchi tartib jamiyatda axloq normalarida 
namoyon bo‘ladi. Fozillikka intilish Osmon qonuniyatlariga amal qilish 
bilan ayniylashtirilgan. Bunda kishining asosiy vazifasi Osmon bilan 
to‘g‘ri munosabatda bo‘lish, jahoniy tartibga mos kelishdir. Jahoniy tartib 
borliqda, tabiatda o‘zini namoyon qiladi. Zero, borliq va tabiat ilohiy 
mukammallikning bir ko‘rinishi ekan, inson bu tartibni buzishga haqli 
emas. Kishi tabiat bilan uyg‘un yashashi, undagi mukammallikka intilishi 
kerak. Tabiatdagi mukammallikka intilish odamlar o‘rtasidagi 
munosabatlarga ta’sir etgan. Xitoyliklar har bir odamda ijtimoiy ahvolidan 
qat’i nazar mukammallik mavjud deb qaraydilar. 
Qadimgi Xitoy dinining xususiyatlaridan yana biri shundaki, kohinlar 
tabaqasi jamiyatda kuchli mavqega ega, lekin bu yerda kohin va davlat 
xizmatchisining vazifasi bir bo‘lgan. Chunki imperator Osmon xudosining 
yerdagi vakili, birinchi kohin sifatida diniy marosimlarni bajarish 
vazifasini davlat xizmatchilarining zimmasiga yuklagan. Ularning asosiy 
vazifasi davlatning barqarorligini ta’minlash bo‘lganligi sababli Osmon 
xudosiga sig‘inish rasmiy-byurokratik mazmun kasb etgan. 
Shandi, Osmonga va ajdodlar ruhiga sig‘inish Qadimgi Xitoy 
madaniyatining asosi vazifasini bajargan. Ularning asosida daosizm va 
konfutsiylik diniy-falsafiy ta’limotlari shakllangan.
Qadimgi Xitoy diniy falsafiy ta’limotlardan biri daosizmdir. U falsafiy 
ta’limot sifatida miloddan avvalgi VII asrda vujudga kelgan. Miloddan 
avvalgi IV–III asrlarda diniy ta’limot sifatida mustahkamlangan. Daosizm 
ta’limotning asoschisi – mutafakkir murabbiy Lao-sz=. 
Mazkur diniy ta’limotning asosini Dao to‘g‘risidagi qarashlar tashkil 
etadi. Dao – borliq, koinot to‘g‘risidagi qonun, dunyoning universal 
birligi, ilohiy absolut (lotincha 
absoluts
– cheklanmagan, so‘zsiz, 
shubhasiz degan ma’nolarni anglatadi, borliqning abadiy ibtidosi)dir. 
Daoni hech kim yaratmagan, borliq undan boshlanadi va unga qaytadi.
Dao ilohiy ibtido va ayni bir vaqtda ilohiy «yo‘l»dir. Dunyodagi 
barcha narsa va hodisalar, jumladan buyuk Osmon ham shu yo‘ldan 
boradi. Baxtga erishishni orzu qiladigan barcha odamlar shu yo‘ldan 
borishi, Daoni anglashi va unga qo‘shilishi kerak. Odam mikrokosm, Dao 
makrokosm va abadiydir. Uning o‘limi bu ruhning tanadan ajralib chiqishi 
54


va makrokosmga singib ketishidir. Odamning vazifasi ruhning jahon 
tartibi bilan qo‘shilib ketishiga harakat qilishdan iborat. Bunga 
quyidagicha erishiladi. 
Dao ta’limotiga ko‘ra, Dao yo‘liga De kuchi xosdir. De orqali har bir 
kishida Dao namoyon bo‘ladi. De odamlarni maqsadga erishishlarida 
faollikka undamaydi. De ularni tabiat tartiblarini buzishdan saqlaydigan 
faolsizlikka chorlaydi. Odam o‘zligini anglashdan borliqni bilish sari 
boradi. Daoning ideali – tabiat bilan uyg‘unlikda, uning maromiga monand 
yashaydigan kishilar.
Doasizm Qadimgi Xitoy diniy tizimining diniy mistik sohasi 
rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan bo‘lsa, konfutsiylik diniy e’tiqoddagi 
hayotiylik, ijtimoiylik va axloqiylik jihatlarini rivojlantirishda katta 
ahamiyatga ega bo‘lgan. Konfutsiylikning asoschisi Qadimgi Xitoy 
mutafakkiri Kun-sz=dir. 
Konfutsiy qarashlarini shogirdlari bilan o‘zaro suhbatlarda bayon 
qilganligi sababli yozma manbalarni qoldirmagan. Uning g‘oyalarini 
shogirdlari va do‘stlari yozib borgan. Mazkur hujjatlar asosida keyinchalik 
«Lun’-yuy» («suhbat va mulohazalar») nomli kitob chop qilingan. 
O‘sha davrda davlatda o‘zaro urushlar kuchayib, ijtimoiy barqarorlik 
yo‘qolgan. Shu bois Konfutsiy jamiyatni mustahkamlashning diniy-
axloqiy asoslarini ishlab chiqishga, ijtimoiy barqarorlikka esa qadimgi 
e’tiqod va an’analarni qayta tiklash bilan erishishga intilgan. Mutafakkir 
kishilarni osmonga va ajdodlar ruhiga sig‘inishning ilgarigi ahamiyatini 
qayta tiklashga da’vat etgan. 
Qadimgi an’analarga ko‘ra, dunyo tartibli va o‘zaro aloqador abadiy 
ibtido bo‘lib, bir xil qonuniyatlar asosida spiralsimon rivojlanadi. Odam 
o‘zaro aloqador va tartibli olamda o‘z o‘rnini topishi kerak. Buning uchun 
u mukammallikka intilishi zarur. Konfutsiy mukammallikka intiluvchi 
«ideal kishi» to‘g‘risidagi g‘oyani ishlab chiqqan. Olam bilan hamohang 
yashashga qodir bo‘lgan insonni «olijanob er», uning antipodini «past 
kishi» deb atagan. Ideal kishiga quyidagi beshta sifat xos: hissiylik, burch, 
bilim, me’yorni bilish hissi va ishonch.
Olijanob inson burch va qonunga itoat etadi. Past kishi «yog‘li» joyni 
egallashga va ko‘proq foyda olishga intiladi. Birinchisi o‘ziga ikkinchisi 
odamlarga talabchandir. Olijanob inson to‘g‘risida uning mayda ishlariga 
qarab baho berib bo‘lmaydi, lekin katta ishlarni unga ishonib topshirish 
55


mumkin. Past kishiga katta ishlarni ishonib topshirib bo‘lmaydi, uning 
mayda ishlariga qarab xulosa chiqarsa bo‘ladi. Birinchisi odamlar bilan 
kelishib yashaydi, lekin ularga taqlid qilmaydi. Past kishi boshqalarga 
ergashadi, lekin ular bilan kelishib yashay olmaydi. Olijanob insonga 
xizmat qilish oson, lekin uni xursand qilish qiyin, chunki u zaruratdan 
shodlanadi. Ikkinchisini xursand qilish oson, lekin unga xizmat qilish 
qiyin. Olijanob inson insonparvarlik va zarurat sababli o‘limga tik boradi, 
ammo past kishi umrini o‘z joniga qasd qilish bilan yakunlaydi. Olijanob 
inson uch narsadan: Osmon amridan, buyuk insonlardan va aqlli 
so‘zlardan qo‘rqadi. Past kishi Osmon amrini bilmaydi va undan 
qo‘rqmaydi, amali katta aqlli odamlardan nafratlanadi, ularning 
maslahatlariga amal qilmaydi
2

Barqaror jamiyat to‘g‘risidagi g‘oyalar ijtimoiy tartibotning asosiy 
tamoyilini ishlab chiqilishiga asos bo‘lgan. Ota otaligini, farzand 
farzandligini, hukmdor hukmdorligini, xizmatchi xizmatchiligini qilsin, 
ya’ni har bir kishi o‘z vazifasi va huquqini bilsin hamda talab qilingan 
ishni bajarsin. Jamiyat shu asosda yuqori (boshqaruvchi) va past 
(mehnatkash) tabaqalarga ajratilgan. Tabaqalar o‘rtasidagi tafovut nasl-
nasabi, davlati bilan emas, balki bilimi va fazilatlari bilan belgilangan. Bu 
past tabaqa vakillarining iste’dodi va fazilatlari bilan mansab 
shohsupasidan imperatorgacha ko‘tarilishiga imkon bergan. Xitoy tarixida 
past tabaqa vakillarining imperator taxtini egallab, o‘z sulolasiga asos 
solgan yoki davlat boshlig‘i lavozimiga ko‘tarilganligi to‘g‘risida ko‘plab 
misollar keltirish mumkin. 
Konfutsiylikda ajdodlar ruhiga sig‘inish marosimlari asosiy o‘rinni 
egallagan va ularning aniq bajarilishiga katta e’tibor berilgan. Marosim 
orqali har bir kishi koinotning cheksiz oqimida o‘z o‘rnini topadi, deb 
hisoblangan.
Diniy etikada «syao» ta’limoti qabul qilingan. Unga ko‘ra, har bir 
farzand ota-onasini hurmat qilishi va doimo ularga sodiq qolishi talab 
qilinadi. Oqil farzand ota-onasi kim bo‘lmasin, ulardan voz kechishga 
haqli emas. Xitoy diniy rivoyatlarida ota-onasi och qolganda, ularga 
tanasini kesib, undan taom tayyorlab bergan farzandlar to‘g‘risida hikoya 
qilingan.
2
: * $ $: . . . 1. – ., 1972. – 
. 170. 
56


Ajdodlar ruhiga sig‘inish va «syao» ta’limoti oilaviy qadriyatlarning 
jamiyatda mustahkamlanishiga yordam bergan. Oila jamiyatning negizini 
tashkil qilgan va shaxs manfaatlaridan oila manfaatlari ustun qo‘yilgan. 
Oilaviy munosabatlarni tashkil etishda hissiyot, tuyg‘ular muhim emas. 
Muhabbat o‘tkinchidir. Uning yo‘qligi er-xotinning asosiy burchi 
hisoblanuvchi ko‘p farzandli bo‘lish va ularga tarbiya berish vazifasining 
bajarilishiga xalaqit bermasligi lozim.
Ajdodlar ruhiga sig‘inishning muhim jihatlaridan biri – kattalarga 
so‘zsiz bo‘ysunish. Har qanday katta kishiga, ota-ona, davlat xizmatchisi 
yoki hukmdorga kichik, xodim yoki fuqaro so‘zsiz itoat etishi lozim. 
Yoshlarni kattaga ko‘r-ko‘rona bo‘ysunishi fozillik hisoblangan. 
Xulosa sifatida qayd etish lozimki, hozirgi davrda konfusiylik Xitoyda 
oldingi mavqeini yo‘qotgan bo‘lsa-da, diniy e’tiqod sifatidagi ahamiyatini 
saqlab qolgan. 

Yüklə 489,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin