Hozirgi davrda iudaizm Isroil davlatida asosiy din bo‘lsa-da, davlat
dini maqomiga ega emas. Shunga qaramasdan, u davlatning madadiga
tayanadi. Uning ijtimoiy hayotga ta’siri juda kuchli.
Diniy jamoalar
rahbarlari ravvinlar davlat xizmatchisi maqomiga ega. Ravvinlar fuqarolik
holatini rasmiylashtiradilar. Qurolli kuchlarda tarbiyaviy ishlarni olib
boradilar, diniy marosimlarga rahbarlik qiladilar.
Iudaizm diniy jamoalari Isroildan tashqari jahonning juda ko‘p
davlatlarida faoliyat olib boradi. Jumladan, O‘zbekistonda ham rasmiy
diniy konfessiya sifatida tan olingan.
Xulosa
sifatida qayd etish lozimki, Iudaizm yakkaxudolikka
asoslangan eng qadimgi dinlardan biri, rivojlangan diniy marosimga ega,
xalqning ma’naviy dunyosini boyitishga xizmat qiluvchi milliy dindir.
Asrlar davomida takomillashtirib kelgan mazkur diniy ta’limot va
marosimlar tizimi jahon dini maqomida
xalqaro munosabatlarda faol
ishtirok etib kelayotgan xristianlik va islom aqidalarining shakllanishga
beqiyos hissa qo‘shgan.
Dostları ilə paylaş: