O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a a. V. Narbekov dinshunoslik asoslari toshkent


Markaziy Osiyo mutafakkirlarining islom



Yüklə 489,79 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/69
tarix24.10.2023
ölçüsü489,79 Kb.
#160199
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   69
Dinshunoslik

Markaziy Osiyo mutafakkirlarining islom
taraqqiyotiga qo‘shgan hissalari 
Islom dinining Markaziy Osiyo mintaqasida, umuman, jahon miqyo-
sida taraqqiy qilishiga vatandoshlarimiz beqiyos hissa qo‘shganlar. Garchi 
islom dini Arabiston yarimorolida paydo bo‘lgan bo‘lsa-da, madaniy 
jihatdan arab badaviy qabilalaridan ishlab chiqarish kuchlarining 
rivojlanishi darajasi bo‘yicha ancha ustun bo‘lgan Markaziy Osiyo xalqlari 
islom dinining nazariy jihatdan rivojlanishi va hayot ehtiyojlari asosida 
takomillashuviga salmoqli ta’sir ko‘rsatganlar. Buni tasdiqlash uchun 
Imom al-Buxoriy, Abu Mansur al-Moturidiy, Burhoniddin al-Marg‘inoniy, 
Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubro va Bahovuddin Naqshband kabi muta-
fakkirlarni eslash kifoyadir. Ularning nomlari butun islom dunyosida 
chuqur hurmat bilan tilga olinadi. Mustaqillikka erishilgach, O‘zbekiston 
hukumati o‘z ichki siyosatida mustamlakachilik davrida unutilgan, biroq 
xalqimiz tarixida chuqur iz qoldirgan buyuk zotlarning nomlarini tiklash 
va xalq xotirasida abadiylashtirishga qaratilgan benihoya xayrli siyosat 
olib bormoqda. 
Yuqorida tilga olingan allomalar islom dinining taraqqiyotiga 
salmoqli hissa qo‘shganlar. Chunonchi, bizning Vatanimizda butun islom 
dunyosida eng nufuzli manbalar deb tan olingan oltita ishonchli hadislar 
to‘plamining (as-sahih as-sitta) mualliflari yashab ijod qilganlar. Ular: Abu 
Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy (810–870), Imom Muslim ibn 
al-Hajjogi (819–874), Abu Iso Muhammad ibn Iso at-Termiziy (824–892), 
Imom Abu Dovud Sulaymon Sijistoniy (817–880), Imom Ahmad an-
Nasoiy (830–915), Imom Abu Abdulloh Muhammad ibn Yazib ibn Mojja 
(824–886) kabi siymolardir. Bu olti alloma ichida hadis ilmida amir al-
mo‘miniyn degan sharafli nomga sazovor bo‘lgan 
Imom al-Buxoriy 
alohida e’tiborga molik buyuk islomshunos olimdir. 
Imom al-Buxoriyning to‘liq ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn 
Ismoil ibn Ibrohim ibn al-Mug‘iyra ibn Ardazbh al-Juafiy al-Buxoriydir. U 
150


810 yil 20 iyulda Buxoro shahrida tug‘ilib, Samarqand shahri yaqinidagi 
Xartang qishlog‘ida 870 yil 1 sentabrda (60 yoshida) vafot etgan. 
Imom al-Buxoriydan islom olamida juda qadrlanadigan «Al-jome’ as-
sahih», «At-tarix» nomli asarlar meros bo‘lib qolgan. Imom al-Buxoriy 
butun umrini hadislar to‘plashga va ishonchlilarini ajratishga sarflagan. Ilmiy 
manbalarda ta’kidlanishicha, al-Buxoriy 600 mingga yaqin hadisni to‘plagan 
olim va uning shoh asarlari «Al-jome’ as-sahih», «Al-adab al-mufrad» 
kabilar hisoblanadi. Imom al-Buxoriyning xalqimiz madaniy hayoti 
tarixidagi xizmatlari shundan iboratki, u faqat hadislar to‘plash bilan 
cheklanib qolmagan, balki o‘z davrida odamlar orasida mehr-muhabbat
saxiylik, ochiqqo‘llik, ota-ona, ayollar va kattalarga hurmat, yetim-yesirlarga 
muruvvat, faqir-bechoralarga himmat, Vatanga muhabbat, halollik va 
mehnatsevarlik kabi fazilatlarni qaror toptirishga oid yo‘l-yo‘riqlar va 
o‘gitlar ham ishlab chiqqan. 
1998 yil 1 sentabrda buyuk alloma tavalludining 1225 yilligi keng 
nishonlanishi va unga bag‘ishlangan majmuaning yaratilishi bejiz emas. 
Imom al-Buxoriy merosi islom niqobida yuruvchi g‘araz niyatli 
kimsalardan xalqimiz ma’naviyatini qalqon misoli himoyalaydi, 
mustaqilligimizni mustahkamlashga, yosh avlodni ajdodlarimizning ibratli 
hayoti ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi. 
Islom dini taraqqiyotiga katta hissa qo‘shgan yana bir ulug‘ ajdodimiz, 
samarqandlik alloma, kalom ilmining asoschilaridan biri, musulmon 
olamidagi eng yirik sunniylik kalom maktabi – moturidiylik asoschisi 
Abu 
Mansur Muhammad ibn Muhammad al-Hanafiy al-Moturidiydir (870–
944).
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 2000 
yilda Moturidiy tavalludining 1130 yilligi keng nishonlandi. 
Moturidiyning islom dini taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi shundaki, hanafiy 
oqimini al-Moturidiy maktabining izdoshlari tashkil etgan. Qolgan qismini 
esa yana bir mashhur mutakallim alloma al-Ash’ariy (874–935 yoki 941) 
maktabining izdoshlari tashkil etganlar. 
Jahonning eng mashhur olimlari al-Moturidiyni bir ovozdan kalom 
ilmining ulug‘ namoyandalaridan biri sifatida tan olganlar. Al-
Moturidiyning shoh asarlaridan biri «Kitob at-tavhid» (yoki 
«Yakkaxudolilik haqidagi kitob») musulmon ilohiyotshunosligida bilish 
nazariyasi bayon qilingan birinchi asar hisoblanadi. Uning kalom ilmiga 
ta’rif berilgan muqaddimasida bilimning uch manbai, ya’ni hissiy qabul 
qilish, axloqiy tafakkur va inson ishonchli manbalardan olishi mumkin 
bo‘lgan an’anaviy axborot mavjudligi haqida so‘z yuritiladi. 
151


Al-Moturidiy konsepsiyasining ahamiyati shundaki, u sof din 
doirasidan chiqib, aql-idrokni ulug‘laydi va mantiqan asoslangan 
bilimning ahamiyatini ta’kidlaydi. 
Afsuski, Abu Mansur al-Moturidiyning ko‘p asarlari bizgacha yetib 
kelmagan yoki yetib kelganlari ham asosan xorijiy mamlakatlarning 
kutubxona va qo‘lyozma fondlarida saqlanadi. Yuqorida tilga olingan, 
islom olamida juda muhim hisoblangan «Kitob at-tavhid» asari bizgacha 
to‘liq yetib kelgan. Uni 1970 yilda Fatxulloh Xulif Bayrut shahrida nashr 
ettirgan. 
Abu Mansur al-Moturidiy o‘z davrida islomiy ilmlar sohasidagi eng 
yetuk alloma hisoblangan, islom dunyosi olimlari tomonidan tan olingan 
va hozir turli diniy asarlarda zo‘r ehtirom bilan tilga olinadi. Uni ulug‘lab, 
«imom al-xuda» va «imom al-mutakallimin» (yoki «hidoyat yo‘li imomi» 
va «mutakallimlar imomi») kabi nomlar bilan ham ataganlar. 
Al-Moturidiyning nafaqat fiqh va kalom ilmiga, balki boshqa fanlarga 
oid asarlar yozganligi ham ma’lum. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi 
Fanlar akademiyasining Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti fondida 
al-Moturidiyning ovchilikka oid «Risolai jonvor doriy» («Jonivorlarga oid 
risola») asarining qo‘lyozmasi saqlanadi. Bu asarda ovchi qushlarni boqish 
haqida fikr yuritiladi. Hozirgi kunda xorijiy islom olamida al-Moturi-
diyning nomi va ta’limoti yaxshi ma’lum. Deyarli barcha islom 
mamlakatlarida al-Moturidiyning diniy-ma’naviy merosiga bag‘ishlangan 
tadqiqotlar olib boriladi. 
XX asrning 70-yillaridan boshlab Farb olimlarida ham al-Moturidiy 
merosiga kuchli qiziqish paydo bo‘lgan. Al-Moturidiyning shoh asarlari – 
«Kitob at-tavhid» hamda «Ta’vilot ahl as-sunna» («Sunniylik an’analari 
tarixi»)dan saqlanib qolgan qo‘lyozma matnlari nashr qilingan va qisman 
tadqiq etilgan. 
1997 yilda alloma haqidagi birinchi yirik tadqiqot – Gettingem 
universitetining professori Ulrix Rudolfning «Al-Moturidiy va Samarqand 
sunniylik ilohiyotshunosligi» asari nemis tilida nashr etilgan. Bu kabi 
tadqiqotlar islom dini haqidagi bilimlarimizni kengaytiribgina qolmay, 
xalqimizning boy ma’naviy merosi va uning jahon sivilizatsiyasi 
taraqqiyotiga qo‘shgan ulkan hissasini ko‘rsatishga ham xizmat qiladi. 
Markaziy Osiyoning islom dini taraqqiyotiga salmoqli hissa qo‘shgan 
allomalaridan yana biri – 

Yüklə 489,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin