53
uning ma‘naviy ehtiyojini barcha davrlarda qondirgan va har
doim hamdard bo‘lgan, beminnat xizmat kilgan. Zero, bugungi
mustaqillik davrimizda ham o‘zining ma‘naviy burchini
muqaddas bilib, xalqimizga xizmat kilmokda. Shuning uchun
ham musiqa madaniyatimiz
bugungi kunning ulkan ijod
maydoniga aylandi.
Shu boisdan musiqiy tarbiyani oila, maktabgacha ta‘lim
muasasalari hamda boshlang‘ich sinfdan boshlab bolalarning mustaqil
musiqiy faoliyatlarini hisobga olgan holda tizimli tarzda olib borish
maqsadga muvofiqdir.
Mustaqil musiqiy faoliyat, bolalarning o‘zlaricha hirgoyi qilishda,
o‘zlaricha mustaqil musiqa tinglashlarida, o‘zlaricha cholg‘u
asboblarining biror turi bilan shug‘ullanishida aktyorlar, xonandalar,
qiziqchilar
qiliqlari, ovozlariga taqlid qilishlarida ko‘rinadi. Ular
o‘zlaricha turli o‘zlariga yoqqan qo‘shiqlarni hirgoyi qilib kuylaydilar,
o‘sha ashula ijrosining ohangiga, ovoziga va qiliqlariga o‘xshatib
harakat qilishga intiladilar. O‘zlaricha radio, televizor yoki pleyerlarda
turli musiqalarni tinglaydilar. Ba‘zi bolalar cholg‘u asboblari chalishga,
agar cholg‘u asboblari bo‘lmay qolsa, shu cholg‘u asbobini chalib
ko‘rsatishga intiladilar. O‘zlari yoqtirgan aktyor yoki qiziqchilar so‘zlari
tahlidan harakatlar bajaradi va hakozo. Shunday holatlar mustaqil
musiqiy faoliyat ko‘rinishlari hisoblanadi.
Bolalar mustaqil faoliyatini qayerdan o‘rganadilar. Bunday faoliyat
manbalari qayerda mustaqil musiqiy faoliyat
manbalarini uch toifaga
bo‘lish mumkin.
1.
Maktabdan oladigan musiqiy manbalar.
2.
Oiladan oladigan.
3.
Maktab va oiladan tashqari oladigan musiqiy manbalar.
Maktab, MTMda mashg‘ulot, musiqa to‘garagi, musiqiy tadbirlar
mustaqil musiqiy faoliyat manbalari hisoblanadi. Bolalar o‘sha
jarayonlarda eshitgan va ko‘rganlariga taqlid qiladilar. Oilada radio
eshitishi, televizor, video konsertlar ko‘rishi mumkin. Maktab va oiladan
tashqari bolalar ko‘cha-kuyda, teatr, kinoteatr,
ommaviy sayllar, bozor
va boshqa joylarda, to‘y va marosim bo‘lishi va u jarayonda eshitgan va
ko‘rgan musiqiy chiqishlarga taqlid qilishi mumkin. Mustaqil musiqiy
faoliyatning bolalar qiziqishlaridan paydo bo‘lishiga e‘tiborni
qaratishimiz lozim. Demak bolalar musiqiy faoliyatning u yoki bu turiga
qiziqar ekanlarki, shu ko‘rgan va eshitgan musiqiy jarayonini
54
xotiralarida saqlab qolayaptilar. Biz pedagoglar bolalar mustaqil musiqiy
faoliyatini qanday baholamog‘imiz lozim.
Albatta mustaqil musiqiy faoliyatga ijobiy baho bermoq lozim.
Zero bu faoliyat bolalarni imkon qadar mustaqil bo‘lishga o‘rgatadi.
Tasavvur qiling biror ishni o‘zi fikrlab, bajara olmaydigan,
qachon
tepasida turib buyruq berib tursangiz biror ish qiladi aks holda o‘zicha
bir ish qilolmaydigan shaxslarning voyaga yetishganidan na ota-ona va
na jamiyat manfaatdor. Jamiyatga o‘zlaricha tashabbus ko‘rsatuvchi
yangiliklar yaratuvchi iftixorlar, kashfiyotlar qiluvchi sog‘lom,
harakatchan fuqarolar kerak. Shunday ekan mustaqil musiqiy faoliyat
pedagogdan kuzatuvchanlikni, sezgirlikni talab qiladi. Zero pedagoglar
mustaqil musiqiy faoliyatini ijobiy
baholashi bunday faoliyat
ko‘rsatayotgan bolalarga to‘g‘ri munosabatda bo‘lishib ularni turli
yo‘llar bilan rag‘batlantirib boshqalarga namuna qilib ko‘rsatishi
bolaning bunday foliyat turi bilan shug‘ullanishdan manfaatdor
ekanliklarini anglatishi kelajakda ulardan buyuk ijodkorlar va san‘atning
ko‘zga ko‘ringan namoyondalari chiqishi mumkinligiga ishontira olishi
lozimdir. Darhaqiqat, bola qanchalar musiqiy tushunchani mustaqil
fikrlab, amalda bajarishga harakat qilsa,
musiqiy qobiliyatining
rivojlanishi ham shunchalar muvoffaqiyatli bo‘ladi.
Bola va uning qobiliyatlarining o‘sishi katta kishi tomonidan
uyushtiriladigan faoliyatda: qo‘shiq, ritmika, muzika tinglash va muziqa
asboblarini chalishda sodir bo‘ladi. Bolalar o‘zlarining musiqa eshitish
tajribalari asosida o‘z tasavvurlarini qo‘shiq, o‘yin, raqs ijodida
namoyon qilishga va mus
iqa savodining oddiy elemantlarini egallashga
qodirdir. Shu bilan birga faoliyatining
har bir turi umuman musiqa
qobilyatlarining o‘sishiga, maxsus qobiliya
tlarning shakllanishiga,
masalan: ashula aytish, ashulachilik ovozi va kuy qobiliyatining tarkib
topishiga yordam beradi.
Bularning barchasi turli tashkiliy shakllarda: mashg‘ulotlarda,
o‘qishdan tashqari ishlarda (bolalar bog‘chasi turmushida musiqa) va
mustaqil faoliyatlarida bo‘lib o‘tadi.
Dostları ilə paylaş: