47
musiqiy xotira, ritmni aniqlash, tekshirish kabi an‘anaviy
usullar bilan
bir qatorda musiqa psixologiyasida musiqiy zehn, musiqiy iste‘dod,
qobiliyatlarni aniqlash, asarlarni o‘rganish
va ular ustida ishlash,
konsertlarda chiqish uchun tayyorgarlik ko‘rish, bolalar va konsert
jamoasi bilan o‘zaro munosabatlar bolalar bilan ishlashning aniq
usullarini topishga yordam beradi.
Shu bilan birga o‘yinli texnologiyalardan
foydalanishda bir qator
psixologik xususiyatlar ham namoyon bo‘ladiki, buning oqibatida har
bir bola o‘zining shaxsiy imkoniyatlarini namoyish eta oladi.
Ijtimoiy xayotda o‘zi egallagan o‘rinni barqarorlashtiradi. O‘z–
o‘zini boshqarish ko‘nikmalarini hosil qiladi. O‘yinli texnologiyalar
nafaqat nazariy bilimlarini mustahkamlash, ularning amaliy ko‘nikma va
malakalarga aylanishni ta‘minlabgina qolmay, balki bolalarda muayyan
ahloqiy, irodaviy sifatlarini ham tarbiyalashga yordam beradi.
Pedagog va psixolog olimlar D.N.Uznadze, L.S.Vigotskiy,
A.N.Leontyev, S.A.Shmokov, G.K.Selevko, P.Ya.Galperin, I.Olloyorov,
A.Verbiskiy va boshqalar o‘yinlarga asoslanuvchi faoliyatning mohiyati,
ularning o‘ziga
xos xususiyatlarini, imkoniyatlari borasida tadqiqot
ishlarini olib borganlar.
Ayni vaqtda biz bu borada zarur nazariy va amaliy ma‘lumotlarga
egamiz. O‘yinlarni tashkil etishda quyidagi maqsadlar ko‘zda tutiladi.
1.
Ta‘limiy (didaktik) maqsad.
2.
Tarbiyaviy maqsad
3.
Faoliyatni rivojlantirishga yo‘naltiruvchi maqsad
4.
Ijtimoiy maqsad
Dostları ilə paylaş: