45
1.
Musiqani tushunish-anglash, ritmni his qilish qobiliyatlarini
rivojlantirish, atrofdagi hodisalar mohiyatini teran idrok etish, go‘zal
tasavvurlarni tuyishlarini ta‘minlash orqali bolaning musiqaga bo‘lgan
qiziqishini o‘stirish.
2.
Emosional hozirjavoblik va harakatlar ifodaliligini o‘stirish.
3.
Bolalarga mos ijodiy faoliyat turlarida ularning ijodiy faolligini
rivojlantirish: ijro orqali obrazlar xarakterini yaratib bera olish;
o‘zlashtirgan raqs harakatlarini ifodalay bilish, o‘zi mutaqil tarzda yangi
harakatlar uyg‘unligini kashf etish, kichik hajmdagi qo‘shiq yoki
naqoratlarni improvizasiya qilish.
4.
Mustaqilligini
shakllantirish,
tashabbuskorlik,
kundalik
hayotlarida o‘zlashtirilgan ko‘nikmalarini amaliyotda qo‘llash, kuy ijro
etish, raqsga tushish, hisoblash va ijodiy tafakkur yuritish.
Integrallashgan jarayon shakllari pedagog, tarbiyalanuvchilar hamda
ota-onalar o‘zaro yangi munosabatlari va vazifalarida aks etadigan
yakuniy mahsulot bilan xarakterlanadi. MTMdagi bunday integrativ
shakllar sifatida hamkorlikdagi ijodiy loyihalar, eksperimentlar,
ekskursiyalar, syujetli-rolli o‘yinlarni sanab o‘tish joiz. Ularni amalga
oshirish bir qator muammolarni hal qilish g‘oyasini ilgari suradi:
uzluksiz ta‘lim tizimidaga barcha umumiy o‘rta ta‘lim maktab
o‘qituvchilari ishtirok etishi mumkin bo‘lgan hamkorlikdagi innovasion
ijodiy loyihalarni ishlab chiqish;
metodik qo‘llanmalar va yo‘riqnomalar majmuasini ishlab chiqish;
yetakchi mutaxassislarning o‘zaro tajriba almashishlarini tashkil
qilish.
Musiqa ta‘limida tashkil etilgan integrallashgan mashg‘ulotlar
bolalarning
ijodiy
qobiliyatlarini
rivojlantirishning
istiqbolli
yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Ularni samarali tashkil qilish esa ko‘p
jihatdan maktagacha ta‘lim jarayonida ishtirok etadigan pedagog,
musiqa rahbarining bilimi, tajribasi, talanti, jonbozligi, tashabbuskorligi,
qobiliyati va bolajonligiga bog‘liq.
Dostları ilə paylaş: