3
KIRISH
Har bir mamlakatning iqtisodiy qudrati, ijtimoiy-ma‘naviy hayot
darajasining yuksalishi ta‘lim tizimining raqobatbardoshligi, ilm-fan
taraqqiyoti bilan belgilanadi.
Shu bois, O‗zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish
bo‗yicha
Harakatlar
strategiyasida
ta‘lim
sohasini
tubdan
takomillashtirish, ta‘lim sifatini oshirish, intellektual salohiyatli,
jismoniy barkamol
avlodni shakllantirish, aniq fanlarni chuqurlashtirib
o‗qitish va iqtisodiyotning turli sohalari uchun malakali kadrlarni
tayyorlash
ustuvor
vazifalar
sifatida
belgilangan
bo‗lib,
pirovardida bugungi davr talabiga javob bera oladigan ta‘lim tizimni
yaratish ko‗zda tutildi.
Sohadagi islohotlar natijasida maktabgacha ta‘lim tizimida
boshqaruv mexanizmi tubdan takomillashtirildi, nodavlat ta‘lim
xizmatlari ko‗rsatish tizimi isloh qilindi, o‗rta maxsus, kasb-hunar ta‘lim
tizimi qayta ko‗rib chiqildi, oliy ma‘lumotli mutaxassislar tayyorlash
sifatini oshirish
choralari kuchaytirildi, oliy o‗quv yurtidan keyingi
ta‘limning ikki pog‗onali tizimi joriy etildi.
Hozirgi vaqtda respublikada 10000 dan ortiq davlat hamda
xususiy ta‘lim muassasasi faoliyat olib olib borayapti. Maktabgacha
ta‘lim sohasi uzluksiz ta‘lim tizimining birlamchi bug‘ini hisoblanib u
har tomonlama sog‘lom va barkamol bola shaxsini tarbiyalash va
maktabga tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada
davlatimiz tomonidan qabul qilingan qator farmon,
qaror va
farmoyishlar maktabgacha ta‘lim tizimini tubdan isloh qilishga
yo‗naltirilganligi barchaning e‘tiboridadir.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 maydagi PQ-
4312-sonli ―O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta‘lim tizimini 2030
yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi‖, 2016 yil 29 dekabrdagi ―2017-
2021 yillarda maktabgacha ta‘lim tizimini yanada takomillashtirish
chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi PQ-2707-sonli, 2017 yil 30 sentabrdagi
―Maktabgacha ta‘lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish
chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi PF-5198-sonli Farmoni, 2017 yil 9
sentabrdagi «Maktabgacha ta‘lim tizimini tubdan takomillashtirish
chora-tadbirlari to‗g‗risida»gi PQ-3261-sonli qarori, shuningdek,
Maktabgacha ta‘lim vazirligining 2018 yil 18 iyundagi 1-mh sonli ―Ilk
va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‗yiladigan
davlat
talablari
5
‖ hamda ―Ilk qadam‖ maktabgacha ta‘lim muassasasining
4
Davlat o‗quv dasturini amalda joriy etish kabi davlat hujjatlarida bu
sohaga oid masalalarini hal etish nazarda tutilgan
Ushbu qaror va farmoishlar maktabgacha ta‘lim tizimini yanada
takomillashtirish, samarali davlat boshqaruv tizimini
yaratish,
maktabgacha ta‘lim muassasalari davlat nodavlat tarmog‘ini
kengaytirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni malakali
pedagog kadrlar bilan ta‘minlash, maktabgacha ta‘lim
muassasalariga
bolalarni qamrab olishni keskin oshirish, ta‘lim-tarbiya jarayonlariga
zamonaviy ta‘lim dasturlari va texnologiyalarni tadbiq etish oraqli
bolalarni har tomonlama intelektual, ma‘naviy-estetik jismoniy
rivojlantirish hamda ularni maktabga tayyorlsh sifatini tubdan
yaxshialsh maqsadida qabul qilindi.
Maktabgacha ta‘lim muassasalarida musiqa mashg‘ulotlarinig
ahamiyati beqiyosdir. Bo‗lajak musiqa mutaxassislari yosh avlod ongiga
yuksak tuyg‗ularni singdirish,
ularda Ona Vatanga muhabbat,
go‗zallikka intilib yashash, uni asrash va yaratishga bo‗lgan ishtiyoq
uyg‗otuvchi kasb egalari hisoblanadilar.
MTTda musiqa mashg‘ulotlari bo‗yicha davlat o‗quv standartlari va
dasturlarini, darslik va metodik, o‗quv qo‗llanmalarini zamonaviy
mezonlar asosida takomillashtirish zarurligi ta‘kidlanadi. Musiqiy
ta‘limning oliy maqsadi: yosh avlodni milliy musiqa merosimizga
vorislik qila oladigan hamda musiqa boyligini idrok eta oladigan, yetuk,
barkamol,
madaniyatli, nafaqat o‗z milliy an‘analarini, balki boshqa
millatlar madaniyatidan boxabar va bu an‘ana, madaniyatlarini hurmat
qiladigan qilib voyaga yetkazishdan iboratdir. Bunda nafosat
tarbiyasining ahamiyati benihoya kattadir. Nafosat tarbiyasining
mazmuni serqirra bo‗lib, musiqa tarbiya eng asosiy o‗rinni egallaydi.
Xalq pedagogikasi o‗sib, rivojlanib borayotgan bir davrda xalq musiqiy
namunalarini o‗rganish atoqli san‘atkorlar ijodidan mashg‘ulot
jarayonida keng foydalanish musiqa tugaragi rahbari oldida turgan
dolzarb vazifalardan biri ekanligi ta‘kidlanadi. Mazkur tavsiyada mavjud
pedagogik vazifalar saqlangan holda, O‗zbekistonga
xos milliy
qadriyatlar, an‘analar, xalq ijodi, musiqani bolalarning idrok etish
qobiliyati darajasiga bosqichma-bosqich tatbiq etish nazarda tutiladi.
Uslubiy qo‗llanmadagi tavsiya etilayotgan ko‗rsarmalar, musiqa
repertuari jonajon vatanga muhabbat, mehnatsevarlik, tabiatni e‘zozlash,
do‗stlik, hamjihatlik, rahm-shavqat kabi hislar musiqiy obrazlar orqali
idrok etishga qaratilgan va mashg‗ulot jarayonida quyidagi ijrochilik
malakalarini shakllantirish zarur. Tovushni to‗g‗ri ohangda ijro etish,
5
musiqa ostida ritmik harakatlarni
ifodali bajara olish, cholg‗u
asboblarining tovushiga ko‗ra ajrata olish va ularni aniq uslublarda,
bolalar cholg‗u asboblarida chalishga o‗rgatishdan iborat.
Zamonamizdagi
ma‘naiviy,
madaniy,
siyosiy,
iqtisodiy
o‗zgarishlar,
zamonaviy
pedagogik
texnologiyalar,
axborot
texnologiyalarining ta‘lim jarayoniga kirib kelishi bo‗lajak «Musiqa
ta‘limi" yo‗nalishi bo‗yicha tahsil olayotgan talabalarga nisbatan yuqori
talablarni qo‗ymoqda. Ushbu darslikda biz asosan, oliy o`quv yurtlari va
o`rta maxsus kasb-hunar kollejlari musiqa
yo‗nalishida tahsil olayotgan
talabalar hamda «MTT da musiqa tarbiyasi» o‗quv fani bo‗yicha
ma‘ruza o‗qiyotgan, maktabgacha ta‘lim muassasalarida musiqiy
mashg‗ulotlar olib borayotgan musiqiy rahbarlar uchun musiqa
ta‘limining boshlang‗ich bosqichlarida qo‗llashlari kerak bo‗lgan
nazariy-amaliy, psixologik hamda pedagogik bilimlarini oshirish hamda
musiqa rahbarlari, o‗qituvchilarini kasblariga yo‗naltirish maqsadida
metodik tavsiyalar, badiiy asarlar berishga harakat qildik