I BOB. MA‘RUZA FANLARIDA UTILADIGAN MAVZULAR
1.1 Musiqa san‘atining hayotdagi o‗rni va roli. Maktabgacha ta‘lim
muassasalaridagi musiqa ta‘lim-tarbiyasining maqsad va
vazifalarining ahamiyati
Musiqa madaniy hayotimizda keng o'rin tutgan, inson shaxsiyatini
rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadigan san‘at turidir. Musiqa
tarbiyasi, nafosat tarbiyasining asosiy va murakkab qirralaridan biri
bo‗lib, atrofdagi go‗zal narsalarni to‗g‗ri idrok etishga va qadrlashga
urgatadi. Musiqa insonni yuksak did bilan qurollantiradi va ma‘naviy
dunyoqarashini shakllantiradi. Musiqa inson hissiyotiga kuchli ta‘sir
kursatish imkoniyatiga ega bo‗lib, o‗quvchilarni nafosat olamiga olib
kirish va goyaviy-axloqiy tarbiyalashning muhim vositasidir. Milliy
madaniyatimiz bobokaloni Abu-Nosir al-Forobiy «Bu fan tanning
sogligi uchun foydalidir», degan edi. Bobomiz Shayx Sa‘diy aytgan edi:
«Musiqa odam ruhining yo‗ldoshidir». Musiqa insonga tez ta‘sir etuvchi
emotsional hissiyotni faol rivojlantiruvchi vositadir. Inson musiqa bilan
ona allasi orqali tanishib, umrbod musiqadan zavq topadi va madad
oladi. Musiqa inson ruhiyatining ajralmas qismi bo‗lib hisoblanadi.
Musiqadan turli ozuqa olish uchun inson yuksak madaniyatli, sof qalb
egasi, go‗zallikni his eta oladigan, o‗z kasbiga, ona Vataniga mehr
qo‗ygan bo‗lishi kerak. Shu bois o‗quvchilarda inson ma‘naviyatining
tarkibiy qismi bo‗lgan musiqa madaniyatini tarbiyalash, musiqa
tarbiyasining bosh maqsadi bo‗lib turadi. Bu oliy maqsadni amalga
oshirish uchun musiqa o‗qituvchisining oldiga qo‗yilgan vazifalari
quyidagilardir:
1.
Bolalarda musiqa san‘atiga bo‗lgan qiziqish va muhabbatni
oshirish.
2.
Musiqiy faoliyatlar jarayoni badiiy ijodkorlik va his-tuygularni
rivojlantirish.
3.
Asarlarning badiiy-g‗oyaviy mazmuni vositasida o‗quvchilarni
axloqiy-estetik tarbiyalash.
4.
Musiqa darslarida kasb-hunar va mehnatga nisbatan o‗quvchi-
larda ishtiyoq uyg‗otish kabi ishlarni amalga oshirish kerak.
Mazkur maqsad va vazifalarni amalga oshirish musiqa
mashg‘ulotlarini olib boruvchi mutaxasisning professional va axloqiy
qiyofasiga bog‗liq. Har qanday san‘atkor ham maktabda musiqa
darslarni olib borolmaydi. Buning uchun, musiqa mutaxasis o'z kasbiga
7
va bolalarga mehr qo‗ygan yuksak madaniyatli, keng dunyoqarashga ega
bo‗lgan shaxs bo‗lmog‗i lozim. U pedagogika, psixologiya, bolalar
fiziologiyasi, etika va estetika nazariyasi, musiqa nazariyasinning amaliy
sohalaridan, musiqa o‗qitish metodikasi fanlaridan chuqur bilimga ega
bo‗lmogi kerak. Musiqa o‗qituvchisi musiqa san‘atining nazariy va
amaliy sohalaridan yetarli darajada bilim, ko‗nikma va tajribaga ega
bo‗lishi lozim. Ya‘ni u ham cholg‗uchi, xonanda, xor dirijyori,
jurnavozchi, musiqa nazariyotchisi va amaliyotchisi sifatida ish
ko‗rmogi lozim. Musiqa o‗qituvchisining ijodkorligi shundaki, u
mashg‘ulotlarni olib borish uchun senariy muallifi, uning ijrochisi va
rejissyori sifatida ish tutadi. Shu bois musiqa darsi san‘at darsi deyiladi.
Maktabgacha ta‘lim tashkilotida musiqa tugaragi rahbarining faoliyat
miqyosi kengdir. Mashg‘ulotlardan tashqari musiqa tarbiyasi turlarini
tashkil etish va boshqarish, maktabda musiqa tarbiyasining ommaviy
shakllarini (san‘atkorlar bilan uchrashuvlar, leksiya-konsertlar, shoirlar
bilan uchrashuvlar, ko‗rik tanlovlari, bayramlarni) uyushtirish musiqa
mashg;ulotlari rahbarining zimmasidagi vazifadir. Shu bilan birga,
muassasadan tashqari musiqa tarbiyasi markazlari (bolalar musiqa
maktablari, o‗quvchilar saroylari, bolalar teatri) bilan aloqada bo‗lib,
iqtidorli bolalarni ularga jalb etish va ularning faoliyatini bog‘cha
hayotida qo‗llash ham musiqa rahbarining zimmasidadir.
Bo‗lajak musiqa mutaxassislari yosh avlod ongiga yuksak
tuyg‗ularni singdirish, ularda ona-Vatanga muhabbat, go‗zallikga intilib
yashash, uni asrash va yaratishga bo‗lgan ishtiyoq uyg‗otuvchi kasb
egalari hisoblanadilar. Respublikamiz Birinchi Prezidenti I.A.Karimov
bu noyob kasb egalarining imkoniyatlarini chuqur his qilgan holda, yosh
avlodga musiqiy ta‘lim berish zarurligiga alohida e‘tibor qaratib, ularga
zarur shart-sharoitlar yaratib berish haqida maxsus farmon chiqardi.
Unda ta‘kidlanganidek, «Bolalar musiqa va san‘at maktablarini
zamonaviy o‗quv va musiqa anjomlari bilan ta‘minlash» bugungi kun
talablaridan biri bo‗lib hisoblanadi. Bolalar musiqa va san‘at
maktablarining moddiy va texnik bazasini mustahkamlash, ularning
faoliyatini yanada yaxshilash bo‗yicha 2009–2014 hamda 2016-2021-
yillarga mo‗ljallangan davlat dasturini tayyorlash chora tadbirlari
rejalashtirildi. Bu vazifalarni O‗zbekiston Respublikasi prezidenti
farmoyishidan kelib chiqqan holda amalga oshirish lozimligi ta‘kidlab
o‗tildi. Umumta‘lim hamda MTTda musiqa fani bo‗yicha davlat o‗quv
standartlari va dasturlarini, darslik va metodik, o‗quv qo‗llanmalarini
zamonaviy mezonlar asosida takomillashtirish zarurligi ta‘kidlanadi.
8
Musiqa savodining ahamiyati va vazifalari maktabgacha ta‘lim
muassasasida va oilada olib boriladigan barcha tarbiyaviy ishlar, bu
oliyjanob fazilatlarni yosh avlodda bog‗cha yoshidan boshlab
shakllantirishga bog‗liq. Darhaqiqat, musiqa savodini o‗rganish bog‗cha
yoshidan boshlanadi. Ko‗pgina bolalar maktabgacha tarbiya davrida
bog‗chaga qatnab, bog‗chadagi musiqa mashg‗ulotlarida dastlabki
musiqaviy malakalarni hosil qiladilar. Ko‗pgina qo‗shiqlar va o‗yinlarni
o‗rganib olgan hamda ritm va raqs harakatlari bilan tanishgan bo‗ladilar.
Uyda tarbiyalangan bolalar ham muayyan musiqaviy tasavvurga ega
bo‗ladilar: radio va televideniya orqali eshittiriladigan bir qancha musiqa
asarlari ularga tanish bo‗ladi. Garchi ana shu bilimlar bir tizimga
solinmagan bo‗lsa-da, musiqa o‗qituvchisi bolalarda musiqadan nazariy
tushunchalar hosil qilishda o‗sha bilimlarga ma‘lum darajada suyanib
ish ko‗rishi mumkin. Bolalar muassasalarida musiqa ta‘limiga asos
solinadi, shuning uchun musiqa rahbari ayniqsa o‗qitish metodikasini
yaxshi bilishi, bog‗cha yoshidagi kichik bolalarning yosh va individual
xususiyatlarini, ularning musiqa va qo‗shiqchilik imkoniyatlarini chuqur
bilishi zarur. Musiqa ta‘limini shartli ravishda ikki bosqichga bo‗lish
mumkin. Birinchisi, tayyorlov bosqichi. Bundan ko‗zlanadigan asosiy
maqsad – bolalarning musiqa o‗quvini o‗stirishdir. Shu vaqt mobaynida
bolalar musiqa tovushlarining baland-pastligi va cho‗zimi kabi o‗ziga
xos xusussiyatlarni ajrata bilishga o‗rganishlari va nota yozuvini
o‗rganishga tayyorlanishlari kerak. Ikkinchi bosqichda nota savodi,
ya‘ni bevosita musiqa tovushlarining grafik usulda ifodalanishi – nota
yozuvini o‗rganishga kirishiladi. Musiqa mashg‗ulotlari jarayonida bola
hayotiy voqelikni musiqiy obrazlar orqali idrok etib boradi. Bolalar
yoshiga mos musiqa asarlari kichkintoylarda unutilmas taassurot
qoldiradi, ularning ruhiy dunyosini boyitadi. Bog‗cha sharoitidagi
musiqaviy tarbiya badiiy adabiyot va tasviriy san‘at bilan uzviy
bog‗langan holda amalga oshiriladi. Ashula aytish usuli, janrdagi musiqa
asarlari, xususan, syujetli cholg‗u pyesalarini tinglash, musiqaviy
o‗yinlar bilan shug‗ullanish va raqsga tushish jarayonida musiqa
mashg‗ulotlari ko‗pincha badiiy so‗z bilan belgilanadi. Bola badiiy
obrazlarni yorqin tasavvur etishi va chuqur idrok qila olishi uchun
tasviriy san‘at asarlaridan unumli foydalaniladi. Turli metodlardan
foydalanib o‗tkaziladigan har bir musiqa mashg‗ulotlari kichkintoylarda
badiiy estetik zavq uyg‗otadi, ularning his-tuyg‗ularini rivojlantiradi,
ijodiy fikri va nutqini o‗stiradi. Bundan tashqari, musiqaviy o‗yin va
postanovkalar, raqslar bolalarda ritm tuyg‗usi, chaqqonlik va
9
harakatchanlik malakalarini rivojlantiradi hamda qomatning to‗g‗ri
o‗sishiga yordam beradi. Musiqa uquv qobiliyati asosan quyidagi
musiqa uquv turlaridan iborat bo‗ladi: musiqaviy uquvi, musiqaviy
tovushlarning baland-pastligini his etish qobiliyati, tembr uquvi (musiqa
tovushlarining bir-biridan farq qiladigan, o‗ziga xos jihatlarini ajrata
bilish qobilyati), ritm tuyg‗usi va musiqa xotirasi. Bolalar bog‗chasida
olib boriladigan musiqa tarbiyasining asosiy maqsad va vazifalarini
quyidagicha belgilash mumkin:
1.
Dostları ilə paylaş: |