O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Yüklə 11,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/110
tarix24.10.2023
ölçüsü11,99 Mb.
#160378
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   110
MAKTABGACHA TA‘LIM TASHKILOTLARIDA MUSIQA TARBIYASI (1)

Rivojlantiruvchi muhit mazmuni: 
 
maktabgacha ta‘lim
 
muassasasining ko‘rgazmali-rivojlantiruvchi 
muhiti mazmuni madaniy-tarixiy qadriyatlar: milliy va mintaqaviy 
an‘analar; tabiat, iqlimdan kelib chiquvchi xususiyatlarga mos bo‘lishi 
lozim; 
 
muhit mazmuni birlamchi dunyoqarash asoslarini shakllantirish, 
bolaning muvaffaqiyatli ijtimoiy moslashuviga yordam berishi lozim. 
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar 
1. MTMning maqsad va vazifalari nimalardan iborat? 
2.MTM ta‘lim jarayonining maqsad va tamoyillari ? 
3.Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta‘lim berishda kompetensiyaviy 
yondashuv 
4. MTM O‘quv-tarbiyaviy faoliyat mazmuni? 
5. MTMlarda Rivojlantiruvchi muhitni qanday tashkil qilinadi? 
1.3. Musiqa mashg‘ulotini o‘tkazish metodikasi, zamonaviy 
konsepsiyalari va me‘yoriy-huquqiy hujjatlar 
 
Bugungi bolalar qayerda yashashidan qat‘iy nazar, doimiy ravishda 
ijtimoiy, siyosiy, ekologik, ilmiy, texnikaviy va industrial sohalardagi 
o‗zgarishlar bilan to‗qnash kelishlariga to‗g‗ri keladi. Bolaning 
rivojlanishi va o‗sishi uzluksiz davom etadigan jarayondir. Bu davrda 
uning shaxs sifatida shakllanishi, ilk bor olamni atrofidagi ashyo va 
buyumlar orqali anglab, undan o‗zicha ma‘no topishga intilishi, qiziqish 
va hissiyotlari rivojlanishini kuzatamiz. 


25 
Hayotning har bir davri, rivojlanish xususiyatlari va ehtiyojlariga 
ko‗ra o‗ziga xos bosqichlarga ega. Bolaning o‗sib, ulg‗ayishida maktab-
gacha bo‗lgan davrni shular sirasiga kiritish mumkin. Bolalar ohang-
raboli olam hisoblanib, juda tez o‗sish, rivojlanish va o‗zgarishlar ichida 
yashaydilar. Bu farzand tarbiyasida aynan shu palla qanchalik ahami-
yatli ekanining yana bir isbotidir. 
Bolaning rivojlanishi, ruhiyati va ta‘lim-tarbiyasidagi o‗ziga xos 
davrlar, davrlarga monand o‗zgarishlar, muammolar haqida hikoya 
qiladigan ushbu dastur nafaqat tarbiyachilar, balki oilalar va ota-onalar 
uchun eng yaqin maslahatchi va sirdosh bo‗la oladi.
Maktabgacha ta‘lim bola shaxsini sog‗lom va yetuk, shu bilan 
birga maktabga tayyorlagan holda shakllantirish maqsadini ko‗zlaydi. 
O‗zbekiston Respublikasi «Ta‘lim to‗g‗risida»gi Qonunning 11-mod-
dasida: «Bu ta‘lim 6-7 yoshgacha oilada, bolalar bog‗chasida va mulk 
shaklidan qat‘iy nazar, boshqa ta‘lim muassasalarida olib boriladi»,- deb 
ta‘kidlangan. Darhaqiqat, ta‘lim-tarbiya qanchalik erta boshlansa, uning 
samarasi shunchalik erta namoyon bo‗ladi va insonning butun hayot 
tarziga ijobiy ta‘sir qiladi. 
Maktabgacha ta‘lim tizimini takomillashtirish, ta‘lim-tarbiya 
jarayonini tarbiyachilar tomonidan to‗g‗ri tashkil etilishi, mas‘ul shaxs-
lar tomonidan uni nazorat qilinishining afzalligini ta‘minlash, maktab-
gacha yoshdagi bolalar ota-onalarining oilada bola tarbiyasi bilan 
shug‗ullanishi uchun qulaylik yaratish maqsadida "Ilk qadam" tayanch 
dasturi «Ta‘lim to‗g‗risida» gi Qonun, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi, 
Maktabgacha ta‘lim Konsepsiyasi hamda Maktabgacha yoshdagi bola-
larning rivojlanishiga qo‗yiladigan Davlat talablari asosida ishlab 
chiqildi.
Dastur mazmun-mohiyati bilan bolalarning psixofiziologik kamol 
topish tamoyilidan kelib chiqib, ularning atrof-olamdagi voqea-hodisa, 
narsalarga munosabati hamda turli sohalar bilan aloqa qilishlarini 
nazarda tutadi. Dasturda o‗zbek xalq og‗zaki ijodi, xalq o‗yinlari, 
musiqasi, raqslari, amaliy san‘at asarlari va tabiatiga katta ahamiyat 
berilgan. Shu bilan birga dasturda boshqa xalqlarga hurmat hissini 
tarbiyalash nazarda tutilgan va bolalarni mehribonlik, go‗zallik xayri-
xohlikka o‗rgatishga alohida urg‗u beriladi. Dasturni amalga oshirishda 
bolalarning jismoniy va psixik sog‗lig‗ini mustahkamlash, harakat va 
gigiyenik malakalari asoslarini shakllantirish vazifasini bajarish muhim 
hisoblanadi. Dastur bolalarga valeologik ta‘lim berishni nazarda tutadi: 
bolada sog‗lom turmush tarzi haqida tasavvurlar shakllangan bo‗lishi, 


26 
gigiyenik va harakat madaniyatining muhimligini anglashi, salomatlikni 
asrash, organizmni himoya qilish, o‗zi va o‗zgalarga vaqtida zarur 
yordam ko‗rsatishni bilish kabilar bolaning shaxs madaniyati, ijtimoiy
himoyalanganini bildiradi. 

Yüklə 11,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin